Zamonaviy televizion studiya
Reflektorlarning qo‘llanish sohalari, ularning turlari va vazifalari
Download 188.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy televizion studiya
4.
Reflektorlarning qo‘llanish sohalari, ularning turlari va vazifalari. Binolardan aks etgan signallarga qarshi kurashish uchun o‘tkir yo‘nalma antennalar – reflektorli yoki reflektor-detektorli antennalar ishlatiladi, shuningdek, antenna fazoda foydali signallarning darajasi yetarli bo‘lgan holda xalaqitlarni eng kam qabul qiladigan vaziyatga keltiriladi. Reflektor (lot. refl ecto — bukaman, qaytaraman) — 1) yorugʻlik, tovush, issik/shk toʻlqinlari, gidrostatik, elektromagnit energiya oqimlari yoʻnalishi va jadalligini, shuningdek, qayishqoqlik xossasiga ega bulgan kattik, jismlar harakati yunalishini oʻzgartirish uchun moʻljallangan qaytargich qurilma; R.ning qaytaruvchi sirti bir yoki bir necha koʻzgudan iborat. Toʻlqinlar yoki oqimlarni tuplash uchun R. sirti botik, (sferik, paraboloidal va boshqalar) boʻlishi lozim. R. akustika, radiotexnika (antenna), uyroʻzgʻorda ishlatiladi; 2) astronomiya da — koʻzguli obyektiv bilan jixrzlangan teleskop. R.da tasvir okulyar orqali kuzatiladi, boshqa yorugʻlik qabul qiluvchi qurilma bilan suratga olinadi yoki qayd qilinadi. R.da asosiy koʻzgudan tashqari abberatsiya hodisasini kamaytiradigan qoʻshimcha koʻzgu yoki linza ham boʻlishi mumkin. R.da yulduzlar, sayyoralar, Quyosh va boshqalarning tasviri asosiy botiq koʻzguda va qoʻshimcha qavariq yoki yassi koʻzgularda hosil boʻladi. R.ning Nyuton, Kassegren, Gregori va boshqa tizimli turlari bor (racmga k,.). Dunyodagi eng katta R. asosiy koʻzgusining diametri 6 m (Rossiya). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutidagi R. koʻzgusining diametri 1,5 m. 5. Televideniyeda qo‘llaniladigan kameralar va ularning turlari. Televizion kamera, telekamera —obʼyektning optik tasvirini tasvirning uzoqqa uzatish mumkin boʻlgan elektr signallari (videosignallar)ga aylantirib beradigan apparat. Televizion koʻrsatuvlar (telestudiya va telestudiyadan tashqaridan uzatiladigan, diktorlik va boshqalar) hamda sanoat (shu jumladan, suv osti) Televizion kameralari farq qilinadi. Oqqrra varangli televideniye uchun moʻljallangan Televizion kameralar bor. Televizion kameraning asosiy qismi fotoelektron oʻzgartirgich, yaʼni uzatuvchi televizion trubka. Videosignallar ana shu trubkada shakllanadi. Televizion kameraning boshqa qismlari: obyektiv, videokuchaytirgich va satrlarni yoyish generatori. Televizion koʻrsatuvlar uchun moʻljallangan Televizion kamera kineskopli videoqidirgich kurilma bilan taʼminlanadi. Bu qurilma teleoperatorning obʼyektni koʻrib turishi va nazorat qilishiga imkon beradi. Rangli televideniye uchun moʻljallangan Televizion kamerada yorugʻlik oqimi maxsus prizmalar yoki koʻzgular bilan turli sohalarga ajratiladi. Telestudiyada yoki Kuchma televizion styada, odatda, bir nechta Televizion kamera boʻladi. Telerejissyor televizion koʻrsatuv ssenariysiga moye ravishda ularni uzatuvchi kameraga galmagal ulab turadi. Studiya telekamerasi (STK) televizion markazlarning apparatlar va studiyalar birlashmasida (ASB), ko‘chma televizion stansiyalarda (KTS) qo‘llaniladi, hajmi va og‘irligi, murakkabligi, sifatining yuqoriligi, ishlatilgan optikaning katta imkoniyati bilan boshqa turlardan farq qiladi. Studiyadan tashqarida tasvir ishlab chiqaruvchi telekamera (STVTK) yengil, u bilan ko‘chma telestansiyalar jihozlanadi. Ular shtativga o‘rnatilib yoki operator yelkasiga qo‘yilib ishlatilishi mumkin. Bu kameralar STK turdagidan sifat jihatidan qolishmaydi, yengilligi va ixchamligi bilan ulardan ajralib turadi. Videojurnalistlar telekamerasi (VJTK), asosan, tasvir magnitofon bilan birlashtirilgan va olingan mahsulot telemarkaz bilan bog‘langan holda magnit tasmalarga tushiriladi. Ular avtonom holda ishlatilishi va olib yurilishi hamda ishlatilishining qulayligi bilan ajralib turadi. Olinayotgan tasvir yuqori sifatli. Telekino va telediokameralar (TKK, TDK), bunday kameralar kino va fototasvirlarni uzatish uchun qo‘llaniladi. Ulardan olinayotgan tasvir yuqori sifatli. Download 188.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling