I BOB. ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA KOREYS TILINI O‘QITISH - Ta’lim tizimining hozirgi holatida noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining roli ortib borayapti. Talabalar tomonida bunday texnologiyalarning yordami bilan bilimlarni o‘zlashtirish an’anaviy texnologiyalarga qaraganada ancha tezdir. Shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalanish kompyuterning o‘quv qurli sifatidagi ulkan imkoniyatlarni ochib beradi. Kompyuterga asoslangan o‘quv darsliklar hamda qo‘llanmalar an’anaviy o‘qitish usullariga qaraganda ko‘proq afzalliklarga ega. Ular talabalarga nutq faoliyatining har xil turlarini o‘rgatish va ularni turli kombinatsiyalarda birlashtirish imkonini beradi.
- til o‘rganish davomida olgan bilimlar va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash;
- o‘quvchining til va nutq harakatlarinin avtomatlashtirish.
- Bugungi kunda til o‘qitishda turli xil metodlar va zamonaviy texnologiyalardan keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. O‘qituvchilar zamonaviy texnologiyalar yordamida darsda qo‘yilgan o‘quv maqsadlariga qisqa vaqt ichida eng yuqori samaradorlikka erishib kelmoqda. O‘quv jarayonida kompyuter taqdimotlaridan foydalanish talabalar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirishini faollashtirish va darslarni sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish, multimedia proyektorida yoki har bir talaba uchun shaxsiy kompyuterda kompyuter ekranidan slayd filmlardan foydalanishga imkon beradi. O‘quv materialining o‘quvchilarga ta’sirining samaradorligi ko‘p jihatdan materialning illyustratsiya darajasiga bog‘liq. O‘quv materialining vizual to‘yinganligi,uni yorqin, ishonchli qiladi va uni o‘zlashtirish jarayonini faollashtirshga yordam beradi. Kompyuter taqdimotlari talabalarga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning muhim nuqtalariga e’tibor qaratish va illyustratsiyalar, diagrammalar, grafik kompozitsiyalar va boshqalar ko‘ringan paytda vizual ajoyib tasvirlarni yaratishga imkon beradi.
O‘quv jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan AKT vositalariga quyidagilar kiradi: - O‘quv jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan AKT vositalariga quyidagilar kiradi:
- kompyuter va multimedia proyektorlari yordamida namoyish etilgan elektron darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari;
- elektron ensiklopediyalar va ma’lumotnomalar;
- simulyator va sinov dasturlari;
- Internetdagi ta’lim resurslari;
- Rasmlar va illyustratsiyalar bilan DVD va kompakt disklar;
- Video va audio uskunalar;
- Tatqiqot ishlari va loyihalar.
- Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |