- Pragmalingvistika va sotsiolingvistika yo‘nalishlarining uchrashuv nuqtalari shunchalik ko‘p, shuningdek, bu sohalar shu darajada yaqinki, hatto ayrimlar pragmatikani hozirgacha sotsiolingvistikaning alohida bir qismi sifatida ta'riflab kelmoqdalar. Shuning bilan birgalikda, pragmalingvistikaning tadqiq huquqiga ega ekanligi, bu tadqiqotlarda alohida maqsad va vazifalar ko‘zlanishini hyech kim inkor etmaydi. Mustaqillik huquqiga erishgan pragmatika sotsiolingvistika bilan qarindoshchilik rishtalarini uzgani yo‘q va bu rishtalar yangi shakllanayotgan yo‘nalishlar – sotsiopragmatika va etnosotsiopragmatikani oziqlantirib turishibdi. Albatta, hozirgi risolaning xotima qismida bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarning vazifalari haqida batafsil ma'lumot berishning imkoni yo‘q (qarang: Safarov 1990; Safarov 1991; Safarov, Toirova 2007), biroq muloqot tizimining ba'zi ijtimoiy-madaniy belgilariga qisqagina to‘xtalmaslikning ham iloji yo‘qdek.
Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya - Voqyelik bilan munosabatga kirishayotgan, uni idrok etayotgan shaxs ongida ma'lum miqdordagi axborotning oldindan mavjud bo‘lishini ham unutmasligimiz kerak. Shu sababli har bir inson «shaxsiy kognitiv maydon»ga ega bo‘lish va shu asosda «jamoa («milliy» desak ma'qul bo‘lar edi –Sh.S) kognitiv maydoni» hamda «kognitiv bazasi» shakllanadi (Krasnыx 2002: 163).
- Kognitiv baza, so‘zsiz, etnik, milliy ko‘rinishga ega. Ammo bu xususiyatlar kognitiv maydonda qanday harakatda bo‘ladi-yu, muloqot faoliyatining qaysi jihatlariga bevosita ta'sir o‘tkazadi? Bu savol ko‘pdan buyon psixolingvistlar diqqatini tark etmayotgan bo‘lsa, endilikda u kognitolog va pragmalingvistlar uchun ham dolzarblashdi.
Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya - Ma'lumki, kommunikatsiya – axborot almashinuvi faoliyati va bu faoliyatni ta'minlovchi asosiy vosita–lisoniy belgilardir. Kommunikatsiyaning samaradorligi esa qo‘llanishdagi (lisoniy) belgilarning barcha uchun umumiyligi bilan ta'minlanadi. Lekin bu umumiylik qanday yuzaga kelishi mumkin va qanday o‘zgarishlarga duchor bo‘lishi kutiladi? Bu borada Anna Vejbitska qo‘llagan «semantik primitiv» tushunchasini eslaylik. «Semantik primitiv»lar voqyea-predmetlar idrokining ibtidosi bo‘lib (shu sababli bu atamani o‘zbek tiliga «ibtidoiy ma'no bo‘laklari» deb tarjima qilish mumkin.), ularning birikishi natijasida elementar (oddiy) va murakkab konseptlar hosil bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |