Zamonaviy traktor va qishloq xo`jaligi mashinalariga texnik servis xizmati ko`rsatish va tashxislash turlari usullari va vositalarini o`rganish
Download 38.79 Kb.
|
Zamonaviy traktor va qishloq xo`jaligi mashinalariga texnik servis xizmati ko`rsatish va tashxislash turlari usullari va vositalarini o`rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiq saqlash usuli.
- Aralash saqlash usuli.
- Texnik xizmat korsatish.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Yopiq saqlash usuli. Mashinalar va mexanizmlarni saroyda, garajda, omborda saqlash usuli boshqa usullarga nisbatan saqlash bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarishga mehnat sarfini kamaytirishga imkon beradi. Mashinalardan echib olinadigan agregatlar, uzellar va detallarni saqlash uchun zarur bo’ladigan ombor binolarini kamaytirishga imkon beradi. Bunda mashinalar qor-yomg’irlardan, quyosh nuridan puxta saqlanadi, mashinalar qismlarga ajratilmagan holda saqlanadi. Lekin yopiq saqlash usuli binolar qurishga ko’p mablag’ talab etadi.
Ochiq saqlash usuli. Tajribalarning ko’rsatishicha, ochiq saqlashda maydonchalar zarur uskunalar bilan jihozlanib, mashinalar saqlashga to’g’ri tayyorlansa, ularning puxta saqlanishiga erishish mumkin. Mashinalarni saqlash joylari mashinalarning konstruktsiyasiga, ish, TS va ta’mirlash joyidan uzoq-yaqinligiga, shuningdek ularni tashish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning oz-ko’pligiga qarab tanlanadi. Mashinalarni saqlash hovli-joylari, markaziy qishloqdagi saqlash joylari va TS punktlari ta’mirlash ustaxonalariga bevosita yaqinda joylashtiriladi. Markaziy qishloqda TS punktida, bo’limlar va brigadalarda saqlanadigan mashinalar ro’yxati bosh injener tomonidan belgilanadi. Aralash saqlash usuli. Bu usulda murakkab va qimmatbaho mashinalar, shuningdek rezinato’qima, yog’och va oson shikastlanadigan materiallardan tayyorlangan detallari bor bo’lgan mashinalar yopiq binolarda saqlanadi, oddiy mashinalar (pluglar, tirmalar, shataklagichlar va boshqalar) esa ochiq maydonchalarda saqlanadi. Ochiq va yopiq usullarda saqlanadigan mashinalarning o’zaro nisbati mahalliy iqlim sharoitlariga, yopiq binolarning yoki ularni qurish uchun kerakli vositalarning bor-yo’qligiga bog’liq. Texnik xizmat ko'rsatish. Texnik xizmat ko'rsatish jihozlardan foydalanish va ularni saqlash chog'ida ularni soz holatda tutib turish uchun bajariladigan ishlar majmuidir. Bu ishlar buzilishini oldini olish xarakteriga ega bo'lib, jihozdan foydalanish butun davri mobaynida davriy ravishda amalga oshiriladi. Texnik xizmat ko'rsatish yuvish, tozalash, nazorat qilish, diagnostika, rostlash, moylash, suyuqlik bilan to'ldirish, mahkamlash, montaj-demontaj qilish, saqlashga tayyorlash ishlarini o'z ichiga oladi. Texnik xizmat ko'rsatishda mashinaning ayrim tarkibiy qismlari almashtirilishi mumkin. Mashinalarga texnik xizmat ko'rsatishning turlari quyidagicha: Har smenada texnik xizmat ko'rsatish; Texnik xizmat ko'rsatishning raqamli turlari (1,2,3-TXK); Mavsumiy texnik xizmat ko'rsatish; Alohida sharoitlarda foydalanishda texnik xizmat ko'rsatish; Ishlatib ko'rishda texnik xizmat ko'rsatish; Saqlash chog'ida texnik xizmat ko'rsatish. Ta`mirlash - ishlash qobiliyatini tiklash maqsadida mashinaning nuqsonlarini bartaraf etish ishlari majmuidir. Mashinalarni ta`mirlash bu – texnik xizmat ko`rsatish korxonalarida ta`mirlanadi. Bu korxona mashinasozlik korxonasining bir turi bo'lib, unda mashinaning yaxshi ishlash qobiliyatini yo'qotgan, ammo hali ta`mirlashga yaroqli bo'lgan hamda ushbu ishlab chiqarish uchun asosiy detallar vazifasini bajaradigan qismlari texnik shartlarga muvofiq tarzlarda ta`mirlanadi Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.Solihov Traktor va avtomobillar. Toshkent “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” 2012yil, (lotin alifbosida). 2. S.Aliqulov, M.R.Djiyanov Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun uslubiy qo‘llanma Tosh DAU, 2017yil. 3. M.Toshboltaev “Paxtachilik va g‘allachilik mashinalarini rostlash va samarali ishlatish” . T.. “Fan”, 2012. Download 38.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling