Zamonaviy turarjoy majmuasning loyihalashda milliylikni ahamiyati
Turli xil xonadonlardan iborat turar uyining tarhiy yechimi
Download 3.23 Mb.
|
Shamsuddinova diplom
Turli xil xonadonlardan iborat turar uyining tarhiy yechimi.
Turli xil sathda joylashgan xonadondagi xonalarning tuzilmasi: 1-xonadonga kirish qismi asosiy xonalar jylashgan sathdan yuqori yoki past qavatlarda tashkil etilgan; 2-ikkiyoki uch sathli xonadon; 3-ichki zinapoya joylashgan ikki qavatli xonadon. Liftsiz uylarning tarhiy elementlari. Yo‘lakli tarhiy tuzilmaga ega bo‘lgan. Turar-joy binolari kam xonali xonadonlarda qo‘llaniladi. Bu tuzilmadagi uylar iqtisodiy tomondan tejamli hisoblanib, zinapoyalar sonini kamayishiga olib keladi. Yo‘lakning kengligi 1,4 metrdan kam bo‘lmasligi, kirish eshigidan esa eng uzoq joylashgan xonadonning uzoqlik masofasi zinapoya lift tugunidan 25 metrdan oshmasligi, bu esa eng uzun yo‘lakli uy - joy blokining uzunligi 50 metrdan oshmasligiga olib keladi. Yo‘laklarni yon tarafga joylashgan darchalar orqali tabiiy yorug‘lik bilan yoritish kerak. Yo‘laklarning uzunligi kichikroq bo‘lsa, ular zinapoya, lift tuguni orqali yoritilishi mumkin. Albatta yo‘lakni tabiiy shamollatish kerak, eng yaxshi shamollatishga yon tomonga ochiladigan derazalarni o‘rnatish orqali erishish mumkin. Umumiy foydalaniladigan yo‘laklarning pollari yengil yuviladigan va bo‘yoqlari o‘chmaydigan bo‘lishi kerak. Bu talabga keramik plitkalar qoniqarli javob bera oladilar. Umumiy bo‘lgan yo‘laklarga ham xuddi zinapoyalar tuguniga qo‘yiladigan talablar qo‘yiladi, ya’ni yer qimirlashiga qarshi talablar, yong‘inga qarshi talablar, shuning uchun ularni yonmaydigan materiallardan qurish va ular tutun to‘plamaydigan, yer qimirlashiga chidamli bo‘lib, ular aholini qiyin, ekstremal holatlarda tez uydan chiqib ketishlariga (evakuatsiyaga) xizmat qilishi kerak. Xonadon ichiga joylashtirilgan zinapoyalar. Bunday zinapoyalar ikki qavatli xonadonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning kengligi 0.9 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Og‘ish burchagi esa 1:1,75 dan 1:1,5 zina sathlari esa 28x16 santimetrdan 27x17 santimetrgacha bo‘ladi. Bu xil zinapoyalarda burchakdagi aylanali zinapoyalar ham ishlatiladi, lekin bular mebel va boshqa jihozlarni olib chiqishda, bolalar va qariyalarning chiqib tushishida noqulaylik tug‘diradi. Zinapoyaarni dahliz, yo‘laklarda yoki umumiy xonada joylashtirish mumkin. Zinapoya umumiy xonaga joylashtirilgan bo‘lsa, u xona ichini estetik boyitishga yordam beradi, ammo umumiy xonani yurib o‘tadigan xonaga aylantirib ancha noqulaylik tug‘dirish mumkin. Zinapoyalarni yotoqxona yoki oshxonaga joylashtirish man etiladi. Xonadon ichidagi zinapoyalarning parametrlari quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling