Zamonaviy turarjoy majmuasning loyihalashda milliylikni ahamiyati


Download 3.23 Mb.
bet12/21
Sana10.07.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1659537
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Shamsuddinova diplom

Turar-joy binolarining xillari:

1 - qishloq tipidagi hovlili uylar;

10 - qariyalar uyi;

2 - shahar tipidagi hovlili uylar;

11 - kommunal mehmonxonalar;

3 - kam qavatli uylar;

12 - turistlar mehmonxonasi;

4 - o‘rta qavatli uylar;

13 - tranzit mehmonxonalar;

5 - ko‘p qavatli uylar;

14 - yil bo‘yi dam olish uylari;

6 - baland qavatli uylar;

15 - mavsumiy dam olish uylari;

7 - bolalar internati;

16 - kundalik dam olish uylari;

8 - yoshlar yotoqxonasi;

17 - pansionatlar.

9 - yosh oilalar yotoqxonasi;




A) Aholini joylashtirish usuliga qarab uy-joylar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Xonadonlarga bo‘lingan uy - joylar - bular oilalarni alohida xonadonlarga joylashtirishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

  2. Xonalarga bo‘lingan turar - uy joylar esa asosan yolg‘iz kishilarni alohida xonalarga joylashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy maishiy xizmat bo‘limlaridan foydalanadilar.

Bu turar-joylarda yolg‘iz ishchilar, talabalar, hunar-texnika bilim yurtlari va maktab - internatlar o‘quvchilari yashaydilar. Bundan tashqari, mehmonxona va dam olish uylarida esa musofirlar, sayohatchilar va dam oluvchilar yashaydilar. Ikkita guruhga taalluqli binolar o‘zlarining me’moriy tarxiy xususiyatlariga ko‘ra bir-biriga o‘xshab ketadigan tomonlari borki, ularning vazifalari, funksiyalarining o‘xshashligi hamda yashovchilarning talablari bir xilligi bilan ajralib turadi. Eng ko‘p tarqalgan xonadonli turar-joy binolari shahar va qishloqlarning asosiy yashash fondini tashkil etadi.
B) Yerdan foydalanish usuliga qarab xonadonli uylar quyidagilarga bo‘linadi:
1. Hovlili turar - joy binolarida uy yoki xonadon egasi uy hovlisining ham egasi hisoblanadi. Hovlili turar-joylar bir xonadonli va tutashtirilgan hovlili, ya’ni ikki yoki ko‘proq xonadon blokli bo‘lib, har bir xonadonning alohida hovlisi bo‘ladi.
2. Yer sathi umumiy bo‘lgan turar-joy binolari, bu ko‘p xonadonli va asosan ko‘p qavatli umumiy kommunal tipdagi shaharlarda quriladigan turar-joy binolardir.
Yer sathidan hamma xonadonlar yoki bir guruh xonadonlarda yashovchilar foydalanadilar. Bu xilga xonama-xona bo‘lingan uylar kiradi.
V) Qavatlari bo‘yicha turar-joy binolari ikkita asosiy guruhlarga bo‘linadi: liftsiz (1-5 qavatli) va liftli (6 -16 qavatli va undan yuqori) turar-joy uylari.
1. Past qavatli uylar 1-2 qavatli bo‘lib, bu uylar asosan qishloq joylarda tarqalgan bo‘ladi. Bu xildagi uylar nafaqat qishloqlarda, balki hozirgi paytda shaharlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
2. O‘rta qavatli uylar 3-5 qavatli bo‘lib, umumiy zinapoyadan foydalaniladi, lekin liftsiz turar-joydan iborat. Bunday turar-joylar shaharlarda juda ko‘p tarqalgan, ular qurilishda iqtisodiy jihatdan foydali deb topilgan. Bundan tashqari, bu xildagi uylarni qurish aholini nisbatan zichroq joylashtirish imkoniyatiga ega. Ammo yirik shaharlarda eng asosiy narsa yer sathini iqtisod qilish masalasi bo‘lib, aholini zich joylashtirish maqsadida o‘rta qavatli uylar qurilishi kamaytirilib, ularning o‘rniga ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurish kundan-kunga oshib bormoqda. Tabobat mutaxassislarining tekshirishlaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bizning tabiat va issiq iqlim sharoitida besh qavatli uylarga zinapoyadan chiqib borish yoshi o‘tib qolgan odamlarning sog‘ligiga zarar yetkazar ekan.
Shuning uchun O‘zbekiston sharoitida o‘rta qavatli liftsiz uylarning balandligi to‘rt qavatdan oshmasligi kerak.
3. Ko‘p qavatli uylar 6-9 qavatli bo‘lib, umumiy foydalaniladigan zinapoyadan tashqari tik vertikal bog‘lanishlari uchun liftlar qurilmasi ham bo‘lishi kerak. Qurilish iqtisodiyoti nuqtai nazaridan qaralsa, uylar o‘rta qavatli uylardan qimmatroqqa tushadi, ammo yer sathida ko‘proq aholini joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun bu xildagi uylar katta shaharlar uchun asosiy turar-joy binolari hisoblanadi.
4. Baland qavatli uylar 10 va undan ortiq qavatlardan iborat bo‘lib, binolarning kiraverish qismida, ya’ni podyezdida umumiy zinapoyadan tashqari ikki xil lift (aholi va yuk tashiydigan liftlar) bo‘lishi kerak. Aholini yong‘in yoki zilzila paytida binodan tez chiqarib yuborish yoki evakuatsiya qilish uchun xonadonlar bilan yozgi xonalar orqali uzviy bog‘langan bo‘lishi va dimiqmaydigan evakuatsiya zinapoyalari orqali bog‘lanishni ta’minlash kerak. Yuqorida ko‘rib chiqilgan turar uylarning xususiyatlari va xillariga ko‘ra turarjoy binolari quyidagicha tasniflanadi.


Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling