Zamonaviy turarjoy majmuasning loyihalashda milliylikni ahamiyati


XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Yevropada turar joy majmuasining rivojlanishi


Download 3.23 Mb.
bet10/21
Sana10.07.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1659537
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Shamsuddinova diplom

1.3 XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Yevropada turar joy majmuasining rivojlanishi


XIX asr oxiri — XX asr boshlarida rivojlangan Angliya turar joylari boshqa Yevropa mamlakatlaridagi turar joy qurilishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Unda F. Uebb, N.Shou va Ch. Voysi kabi meʼmorlar loyihasi maʼlum bir oila ehtiyojini puxta oʻrgangan holda, uning atrofmuhitini, iqlim sharotini va uyning joylanish oʻrnini, foydalaniladigan qurilish materiallarini namoyish etib, xususiyatini ochib berdi. AQSH, Kanada kabi sanoati rivojlangan mamlakatlarda turar joy sanoatida ishlab chiqarilgan bir xil andozadagi yigʻma yogʻoch uylardan foydalanish katta imkoniyatlar yaratib berdi. Yevropadagi ishchilar uyi qator yaxlit umumiy maishiy ehtiyojni oqilona hisobga olishni aniq misollarda namoyon etdi. Alohida oilalarning turli ehtiyojlarini hisobga olgan holda bunyod etilgan Angliya kottejpari, koʻpxonadonli oilalarda zamonaviy qulayliklar yaratilgan daromadli uylar meʼmorlarning qurilishda toʻplagan imkoniyat va uslublarini zamonaviy turar joy turini yaratishida muhim rol oʻynadi.
XX asrdan rivojlangan Yevropa mamlakatlarida yangi kurilish materiallari (metall, temirbeton, oyna va boshqalar) zamonaviy turar joy qurilishiga tadbiq etildi. Shaharlarda aholi sonining keskin oshishi natijasida daromad keltiradigan uylarning koʻplab qurilishiga eʼtibor berildi. Turar joylar kurilishida zamonaviy kulayliklar (vodoprovod, kanalizatsiya, gaz, lift va boshqalar) ga ega boʻlgan, bir-biri bilan tutashgan seksiyalar, qavatmaqavat takrorlanuvchi xonalar guruhidan iborat koʻp kavatli uymajmualar keng tarqaldi. Oʻzbekistondagi dastlabki turar joy qoldiqlari Zamonbobo, Jarqoʻton, Jonbosqalʼa, Dalvarzintepa, Termiz, Tuproqqalʼa kabi shaharqurgʻonlar, qalʼalardan topilgan. Kurilishda yogʻoch, loy, paxsa, guvaladan foydalanilgan. Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa va boshqalardagi saroy devorlari rayem, haykal va boʻrtma bezaklar bilan pardozlangan. VI—VIII asrlardagi Kesh, Sugʻd, Tohariston, Chagʻoniyon, Shosh kabi manzillardagi turar joylar, asosan, sugʻoriladigan sersuv yerlarda bunyod etilgan. Shahar atrofidagi mavzelarda xunarmand, dehqonlar yashagan. Qadim Turkiston yaylovlarida yashagan turkiy aholi yengil koʻchma uylarning ajoyib tur va shakllarini yaratgan (utov, yurt, chodir, xirgoh, kapa, olachuq va boshqalar). Koʻchmanchilarning 2 yoki 4 gʻildirakli aravalarga o‘rnatilgan qamish uylari haqida sayyoh va elchilar Marko Polo, Plono SHL Karpini va boshqalarning Y.A sayohatnomalarida yozilgan. Xorazmshoh Abulgʻoziy Bahodirxon aytishiga koʻra qangʻli arava (kuchma uy)ni dastlab kashf etgan turkiy qavm keyinroq Qangʻli nomi bilan mashhur boʻlgan. Qangʻli uylar mil.av. IV asrda ham keng tarqalgan. Koʻchmanchilar oʻtroq hayotga oʻtganda ham chodir, oʻtov kabilar yogʻoch qurilmalar va namat, julxirslar asosida bunyod etilgan. Shular qatori ulkan paxsa devorli, xom gʻishtdan terilgan baland devorli qalʼaqoʻrgʻonlar, shahar devorlari tiklangan.
Amir Temur hukmronligi davrida qurilgan turar joy meʼmorligi oʻzining hashamatliligi, muhandislik ilmining yuksakligi, serhasham bezaklarga boyligi bilan ajralib turadi ( Amir Temur bogʻlari, Oqsaroy). Tarixiy manbalarda saroy, chorbogʻ va boshqa haqida qiziqarli maʼlumotlar saqlangan.
Amir temur bogʻlari — Amir Temur Samarqand atrofida bunyod ettirgan bogʻlar. Amir Temur bogʻlari xususidagi dastlabki maʼlumotlar oʻtmish tarixchilari, shoirlari, sayyohlari asarlarida uchraydi. Shuningdek, Amir Temur bogʻlari Oʻrta asrlar rassomlari miniatyuralarida ham tasvirlangan.
Amir Temur bogʻlari tuzilishiga koʻra 2 turga boʻlingan: 1) chorbogʻlar — geometrik (toʻrtburchak, toʻgʻri toʻrtburchak) shaklda boʻlib, har tomoni taxminan 1 km masofaga choʻzilgan. Sahnidan oʻtgan ariqlar ularni teng 4 qismga ajratib turgan. Atrofidagi baland paxsa devorlarning har burchagida minora boʻlgan. Markazda saroy joylashgan. Bunday bogʻlarning darvozalari shahar tarafga qaratib qurilgan; 2) tuzilishi geometrik shaklda boʻlmagan, tabiiy daraxtzor va chakalaklar bagʻrida barpo etilgan bogʻlar. Bunday bogʻlar hukmdor shikor (ov) qilishi uchun moʻljallangan boʻlib, asosiy qismi tabiiy, qoʻl tekkizilmagan holda saqlangan. Ularning kichik bir qismigagina dam olish uchun saroy, koʻshk va chodirlar qurilgan, hovuzlar qazilib, favvoralar oʻrnatilgan. Bu turdagi bogʻlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy boʻlgan.
Amir Temur bogʻlaridan eng mashhurlari quyidagilar; Bogʻi Baland. Amir Temur Samarqandning shimolidagi Choʻponota maqbarasi yaqinida nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Uni barpo qilishda Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar bogʻchilik sanʼati ustalari hamda meʼmorlari qatnashgan. Bogʻ oʻrtasida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli qasr boʻlib, uning atrofidagi uzumzor, anjirzor va olmazorlar boqqa goʻzal bir tarovat baxsh etib turgan.
Bogʻi Behisht. Amir Temur Samarqandning gʻarbida suyukli xotini Tuman ogʻa (Xayrunniso)ga atab qurdirgan (1378). Yozma manbalarda ‘Bogʻi Jannat“ nomi bilan ataladi. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, bogʻ oʻrtasidagi atrofi xandak bilan muhofaza etilgan sunʼiy tepalik ustida Tabriz oq marmaridan kurilgan hashamatli saroy boʻlgan. Saroyga bir necha koʻtarma koʻpriklar orqali kirilgan. Saroyning bir tarafida hayvonot bogʻchasi ham boʻlgan.
Bogʻi Davlatobod. Amir Temurga Hindiston yurishidan qaytgan kuni (1399 yil 22-aprel) hadya kilingan. Arxeologik tadkikotlar (I. A. Suxarev, 1936 va Oʻ. Alimov, 1967)ga koʻra, u Samarqanddan 13 km janubida, Katta Oʻzbekiston traktining chap tomonida boʻlgan. Amir Temur bu bogʻda zafarli yurishlardan qaytgach, dam olgan, tantanali marosimlar oʻtkazgan, elchilarni kabul qilgan. Arxeologik kazishlar natijasida bogʻning 1350x900 m maydonini egallagani, atrofi baland paxsa devor bilan oʻralgani va unda ariqlar, 4 hovuz (biri 62x28 m, ikkitasi 25X25 m, yana biri 32x32 m) hamda saroy (poydevori 70x70 m) boʻlgani aniqlandi. Saroy sunʼiy tepa (bal. 12 m) ustiga qurilgan, atrofi xandaq (eni 20 m) bilan oʻralgan. Unga 2 ta koʻtarma koʻprik orqali kirilgan.
Bogʻi Dilkusho (Koʻngil ochuvchi bogʻ). Amir Temur xotinlaridan biri — Toʻqalxonim sharafiga qurdirgan (1397). Samarqanddan 5 km sharqda, Panjakent yoʻlining oʻng tomonida (qadimgi Hinduvon qishlogʻi oʻrnida) joylashgan. Har tarafi 900 m uzunlikdagi baland paxsa devor bilan oʻralgan, 4 darvozasi, markazida hashamatli saroy boʻlgan. Saroy uch qavatli boʻlib, har qavatida favvora otilib turgan. Saroy devorlariga Amir Temur olib borgan urushlardan lavhalar chizib qoʻyilgan. Amir Temur Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixoni ana shu bogʻda qabul qilgan. Bu bogʻ oʻrnida hozir Dilkusho qishlogʻi joylashgan.
Bogʻi Jahonnamo (Jahon koʻzgusi). Amir Temur Samarqanddan 7 farsax (42 km) narida, Zarafshon togʻi etagida qurdirgan (1398). Unda saroy va qalʼa boʻlgan. ‘Zafarnoma“da yozilishicha, bu bogʻning hududi benihoyat katta boʻlib, yoʻqolib qolgan ot 6 oydan soʻng topilgan ekan.
Bogʻi Maydon. Amir Temur Samarqandning shimolida, Choʻponota tepaligi etagida qurdirgan. Tarixiy manbalarga Karaganda, bogʻda hashamatli bir ayvon (koʻshk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt boʻlgan. Mirzo Ulugʻbek bu bogni yanada obod qilgan. Bobur shu haqda bunday deb yozadi: ‘Bu bogʻning oʻrtasida (Ulugʻbek) bir oliy imorat qilibdur. Chil(qirq) sutun derlar, du (ikki) oshyona (kavat), sutunlari tamomi toshdin. Bu imoratning toʻrt burchida toʻrt manordek burjlar qoʻporibturlarkim, yuqorigʻa chiqar yoʻllar bu toʻrt burjdindur. Oʻzga tamom yerlarda toshdin sutunlardir. Baʼzini morpech xiyora (burama, koʻpqirrali) qilibturlar. Yuqorigi oshyonaning toʻrt tarafi ayvondir, sutunlari toshdan. Oʻrtasi chordora uydir. Imorat kursisini tamom toshdan farsh qilibdirlar“. Bu bogʻ oʻrni hozir ham Bogʻi Maydon deb ataladi.
Bogʻi Nav (Yangi bogʻ). Amir Temur Samarqandning janubida qurdirgan (1404). Lolazor qishlogʻi oʻrnida joylashgan. Bu bogʻ toʻrtburchak shaklda boʻlib, atrofi baland paxsa devor bilan oʻralgan, har burchagida minora qad koʻtarib turgan. Markazida boshqa bogʻlardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida hovuz boʻlgan.
Bogʻi Chinor. Amir Temur Samarqandning sharqida (Konigilning janubi-gʻarb tarafida, hozirgi “Qoʻsh tamgalik” tepaligi oʻrnida) barpo qildirgan (1404). Unda chinorlar koʻp boʻlgan. Markazida xochsimon tarxli saroy joylashgan.
Bogʻi Shamol. Amir Temur 1397 yil nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Samarqandning gʻarbida boʻlgan. Undagi saroy toʻrtburchak shaklda boʻlib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yogʻoch va fil suyagidan ishlangan. Bu bog joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham “Bogʻi Shamol” deb ataladi.
Samarqand atrofida bulardan tashqari yana bir qancha bogʻlar boʻlgan. Chunonchi, Bogʻi Boʻldu, Bogʻi Zogʻon, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Amirzoda Shohrux, Bogʻcha, Bogʻi Dilafroʻz, Bogʻi Sheron, Gulbogʻ, Lolazor, Bedana qoʻrugʻi, Chumchuqlik, Gʻozxona va boshqa shular jumlasidandir. Amir Temurning bogʻ qurish anʼanasini temuriylardan Shohrux, Ulugʻbek, Bobur va boshqa ham davom ettirishgan.[6]
Shahar markazlarida mahapla va guzarlar shakllanib, ularda xunarmand va savdogarlar koʻplab doʻkonlar (chorsu, tim, toqilar) katorida oʻzlarining hashamatli turar joylarini ham qurganlar. Turar joylar ichkari va shashqari hovlili boʻlib, xonadon egasining mavqeiga karab jihozlangan. Mehmonxonalar oʻziga xos milliy bezaklar (tokcha, taxmonli, shipi vassaln, hovuzashm, devorlari namoyonli naqshlar) bilan bezatilgan. Gilam, choyshab, soʻzana, sandh, kuti, xontaxta kabi uyroʻzgʻor buyumlari bilan jihozlangan.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qoʻqon, Toshkent kabi koʻhna shaharlarda, asosan, XVIII—XIX asrlarga oid turar joy namunalari sakdangan, ularda oʻziga xos shaklu shamoyil, pastbalandliklardagi mutanosiblik, mahalliy qurilish ashyolaridan foydalanish, quyoshning jazirama issigʻini toʻsuvchi usullarning hammasi hisobga olingan. Uylarning fayzi hovlilar orkali namoyon boʻlgan, koʻcha tomondan faqat oʻymakor eshik va darvoza oldidagi ayvoncha koʻzga tashlanadi. Turar joylarni hovli va ayvonsiz tasavvur qilib boʻlmaydi (Toshhovli, Sitorssh Mohi Xosa, Nurullaboy saroyi va b.).
Chor Rossiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgach, anʼanaviy turar joylar bilan bir qatorda Toshkent, Samarqand, Kogon, Andijon, Skobelev (Fargʻona), Qoʻqon va boshqa shaharlarda 1—2 qavatli uylar yevropacha uslubda qurila boshlandi. Bu binolarning meʼmoriy qiyofalari mahalliy sharoitga dastlab begona koʻringan. 20-asr boshlarida ishchilar uchun yangi arzon,oddiy turar joylar Toshkentdagi Temir yoʻl koʻchasi (sobiq Tezikov bog‘i) dagi ishchilar shaharchasida qurila boshlandi. Boy va savdogarlar turar joylari — Toshkentdagi Romanov saroyi, A.Polovsev uyi, Qoʻqondagi akauka Simxoyevlar uylari, Knaab uyi, Samarqandda Kalontarov uyi va boshqalarni rus harbiy muhandislari I.A.Markevich, G.M.Svarichevskiy, V.S.Geynselman va boshqa mahalliy xalq ustalari bilan hamkorlikda qurganlar. 1937-yildan uyjoy boshqarmalariga qarashli 4—5 qavatli turar joy binolari, keyinchalik 9 qavatli (1966-yildan) yigʻma temirbeton turar joylar qurilishi avj oldi. Qishloq meʼmorligida R.Abdurasulov, A.Mahkamov, V.Kolomenskiy kabi meʼmorlar loyihasi asosida 2 qavatli kottejlar bunyod etiddi. Qishloklarda 3—4 qavatli uylarning joriy etilishi aholiga ancha noqulayliklar keltirib chiqardi. 70-yillardan loyiha intlari tomonidan bir xil andozadagi loyihalarning yangi turlari yaratildi. 80-yillardan 16 qavatli va undan baland eksperimental turar joylar bunyod etildi. Shaharlarda aholining keskin koʻpayishi natijasida yirik Turar joy massivlari (Chilonzor, Sergeli, Yunusobod, Yalangʻoch, Sebzor va boshqalar)dagi turar joy binolari qurilishida 76, 146, 148, 176 turkumdagi loyihalardan foydalanildi. Ammo bu loyihalar ancha qulayliklarga ega boʻlish bilan birga, yashovchilarning mahalliy extiyoj va talablarini toʻla qondira olmas edi. Bu ehtiyoj va talablar, asosan, 1—2 qavatli shaxsiy Turar joylarda amalga oshirildi.
Turar joylar meʼmorligi hozirgi vaqtda turli jihatlarga koʻra tasniflanadi, jumladan, qurilish ashyolari boʻyicha (gʻishtli, betonli), qurilish texnologiyasi boʻyicha (yirik blokli, panelli), oʻzaro birikuvi boʻyicha (bloklangan, alohida qurilgan), loyihalarini amalga oshirish qirralari boʻyicha (individual, takroriytipik), qavatlari boʻyicha (kam qavatli, koʻp qavatli), xonadon (kvartira)larning oʻzaro birikuvi boʻyicha (galereyali, seksiyali kabi), egalik boʻyicha (shaxsiy, shirkatga qarashli, davlat mulki), hovlining mavjudligi va yana b. jihatlari boʻyicha ajratiladi. Shahardan tashqaridagi turar joylar soddaroq koʻrinishi bilan farqlangan.
Turar joyning eng muhim sifatlari uning qulayligi va koʻrkamligidir. Ular koʻiroq meʼmoriy yechim (xilmaxil, baʼzan qaramaqarshi talablarni oʻzaro uygʻunlashtiruvchi reja, qurilish ashyolarining konstruktiv va badiiy sifatlarini toʻla ochish va boshqalar) bilan taʼminlanadi. Mahalliy aholi turar joylarida naqqoshlik, oʻymakorlik kabi bezaklar keng qoʻllanadi. Turar joylarda jihoz (xonumon), jumladan, hoz, vaqtda muhandislik taʼminoti (issiq, sovuq suvlar, gaz, elektr quvvati), oqova (kanalizatsiya), shamollatish, konditsionerlash va boshqa katta ahamiyatga ega. Turli mebellar (xontaxta, kursi, yumshoq mebel kabilar) xonalarga shinamlik baxsh etadi. Maishiy texnika buyumlari (sovutqich, televizor, kompyuter) isteʼmoli kengayib bormoqda. Koʻpgina jihoz buyumlarini yaratish sanʼat darajasiga koʻtarilgan (kulollik, kandakorlik, gilamchilik, kashtachilik va boshqalar).
Oʻzbek uyjoylarida koʻkalamzorlashtirishga va suv inshootlariga katta eʼtibor beriladi. Hovlining bir qismidan yoki alohida joydan bog ajratiladi. Ularda, asosan, mevali, qisman manzarali daraxtlar oʻstiriladi. Hovli sahnida gulzor tashkil etilib unga rayhon, shoyigul kabilar ekiladi. Ilgari deyarli har bir uyning arigʻidan toza, ichimlik suvi oqib oʻtgan. Hozirgi baʼzi hovlilarda suv havzasi (hovuz), favvoralar qurilmoqda.
Oʻzbek turar joylarida asrlar mobaynida shakllanib kelgan qoʻshnichilik, mahallachilik urfodatlari oʻz aksini topgan: uy egasi tom nishabini hamisha oʻzining hovlisiga qaratgan, qoʻshni devoriga tutash boʻlgan biror qurilma koʻtarish niyatida boʻlsa qurilmaning balandligini qoʻshnisining roziligi bilan amalga oshirgan va h.k. Bulardan tashqari, qoʻshnichilik munosabatlarini “obraha”, “haqraha”, “shafiq” kabi odatlar belgilagan.
Mustaqillikdan keyin turar joy meʼmorligida yangi qurilish mezonlari va qoidalari qabul qilindi. Davlat tomonidan moliyalanadigan koʻp qavatli va kottej turar joylari bilan bir qatorda yakka tartibdagi shaxsiy uylar, jumladan, hashamatli (“elita”) uylar qurish keng tarqaldi. Turar joylarda milliy va “evropa” uslublari uygʻunlashib, yangi qurilish texnologiyasi va bezash ashyolari keng qoʻllanmoqda.



Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling