Zamonaviy usullar orqali yangi ta’lim sari annotatsiya


Kalit so’zlar: pedagogika


Download 367.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi367.53 Kb.
#217710
1   2   3
Bog'liq
ZAMONAVIY USULLAR

Kalit so’zlar: pedagogika, zamonaviy ta’lim, zamonaviy pedagogik usullar, 

metodlar. 

Shu kungacha yosh avlodni tarbiyalashda ularga ta’lim berishda foydalanish 

uchun  juda  ko’plab  innovatsion  texnologiyalar  yaratilmoqda,  lekin  bularning 

hammasi ham birdek natija bermay qolayapdi. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun 

uzluksiz ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta’lim jarayoniga tabaqalashtirilgan 

yondashuv,  o’quvchilarni  turli  kasb-xunar  kollejlari,  akademik  litseylarda  taxsil 

olishlarini  ta’minlash  zamonaviy  pedagogika  fani  oldiga  yuksak  vazifalarni 

qo’ymoqda. 

O’quv-tarbiya  jarayonlarini  tashkil  etishda  ham  an’anaviy  usullardan  farqli 

o’laroq,  yangicha  pedagogik  yondashuvlarni  o’zlashtirish  va  ta’lim  jarayonida 

qo’llash  zamon  talabidir.  Milliy  dasturda  bu  masalaga  alohida  e’tibor  berilgan. 

Albatta, ilg’or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. 

Aslida esa ta’limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik xorijiy 

davlatlard  bundan  30-yillar  muqaddam  paydo  bo’lgan  va  ular  bu  sohada  katta 

yutuqlarni  qo’lga  kiritgan.  Bugungi  kunda  biz  pedagogika  sohasidagi  ilg’or 

texnologiyalarni kengroq  va chuqurroq o’zlashtirishimiz, ularni o’z  mintaqamizga 

mos  holda  qayta  ishlab  chiqishimiz  kerak  bo’ladi.  Pedagogik  texnologiya 

tushunchasiga hozirgi kunda turlicha ta’riflar berilmoqda. Muhimi shuki, pedagogik 

texnologiya ko’zlagan maqsadga kafolatlangan natija sifatida erishishni ifodalovchi 

jarayondir.   




Zamonaviy  ta’lim  jarayoni  zamonaviy  pedagogik  usullarning  qo’llanilishini 

talab etar ekan, quyida bir nechta ta’lim usullari bilan tanishib chiqamiz. 



Sinkveyn (axborotni yig’ish) usuli. Metodni qo’llash jarayonida talabalardagi 

tarqoq  axborotli  jarayonlar  astasekin  bosqichma-bosqich  yo’naltirilgan  axborotli 

jarayonga  aylantirib  boriladi.  Ya’ni,  o’rganilmagan  bilimlar  mavzuni  o’rganish 

davomida o’rganiladi, muayyan ob’ektiv voqelik to’g’risida yakdil fikrga kelinadi. 

Buning  uchun  talabalarda  besh  imkoniyat  mavjud  bo’ladi.  Ya’ni  sinkveyn  besh 

qatordan  iborat o’ziga  xos “oq she’r” (qofiyasiz) bo’lib, o’rganilayotgan  mavzuga 

oid tushunchalar (hodisa, jarayon,  voqea)  qat’iyan ketma-ketlikda  yozib chiqiladi. 

Sinkveyn  orqali  talabalar  o’z  fikrlarini  to’plash,  ularni  ixcham  ifodalash,  turli 

mulohazalarni sintezlash va mavzu bo’yicha to’g’ri xulosalarni takomillashtirishga 

o’rganishadi.  J.Still,  K.Meredis,  Ch.Templning  “O’qish  va  yozish  tanqidiy 

fikrlashni rivojlantirish uchun” dasturida o’quvchi va talabalar faolligini oshiruvchi, 

ularning  tanqidiy  fikrlashini  o’stiruvchi  qator  usullar  kursatib  utilgan.  Shulardan 

ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.  

Sinkveyn 

– 

fransuz 


tilida 

«5 


qator» 

ma’nosini 

bildiradi. 

Sinkveynma’lumotlarni  sintezlash  (bir  butunga  keltirish)ga  yordam  beradigan 

qofiyalanmagan  she’r  bo’lib,  unda  o’rganilayotgan  tushuncha(hodisa,  voqea, 

mavzu) to’g’risidagi axborot yig’ilgan holda, o’quvchi so’zi bilan turli variantlarda 

va turldi nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish- murakkab g’oya, sezgi va 

hissiyotlarni bir nechagina so’zlar bilan ifodalash uchun muhim bo’lgan malakadir. 

Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.  

Sinkveyn tuzish qoidalari:  

1-qator: Mavzu bir so’z bilan ifodalanadi (odatda ot tanlanadi).  

2-qator: Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi).  

3-qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so’z bilan ifodalanadi (3 ta 

fe’l yoki ravishdosh yoziladi). 

4-qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to’rtta so’zdan iborat 

bo’lgan fikr yoziladi (4 ta so’zdan iborat jumla yoziladi).  




5-qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin bo’lgan bitta 

so’z yoziladi (mavzuga sinonim so’z yoziladi).  

Sinkveynlar quyidagi hollarda juda foydali bo’ladi:  

  murakkab axborotni sintezlash uchun vosita sifatida;  



  o’quvchilar tushunchalarining yig’indisini baholash vositasi sifatida;  

  ijodni taqdim etilishining vositasi sifatida. 




Download 367.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling