Zamonaviy va ommaviy qirg’in qurollari. Aholini oqq dan himoya qilishni tashkillashtirish
Download 331.33 Kb.
|
1 2
Bog'liqZAMONAVIY VA OMMAVIY QIRG’IN QUROLLARI -Rasulova S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- (hatto 40—50 mln. t gacha)
Yadro snaryadlarining quvvati trotil ekvivalenti bilan tonna, kilotonna (1 kt — 1000 t) yoki megatonna (1 Mt— 1 mln. t) larda oʻlchanadi . Yadro quroli quvvatiga qarab, kichik quvvatli (15 kt gacha); oʻrtacha quvvatli (15—100 kt), katta quvvatli (100—500 kt), juda katta quvvatli (500 kt dan yuqori) qurollarga boʻlinadi . Yadro quroli havoda, yer (suv) ustida, yer (suv) ostida portlashi mumkin (yana qarang Yadro portlashi). Yadro quroli taktik va strategik jihatdan farklanadi . Taktik qurollarga turli masofaga uchuvchi boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar (raketalar), samolyotlar, suv osti kemalari, shuningdek, yadro zaryadi tashuvchi yirik kalibrli stvolli artilleriya kiradi. Taktik va strategik qurollar oʻrtasida keskin chegara yoʻq, baʼzi sharoitlarda taktik maqsadlar uchun moʻljallagan yadro zaryadlari strategik jahatdan ham qoʻllanilishi mumkin. Yirik strategik nishonlarni shikastlantirish uchun moʻljallangan yadroning jangovar qismlari 1—5 mln. t (hatto 40—50 mln. t gacha) trotil ekvivalentiga ega boʻlishi mumkin.VVBAKTERIOLOGIK QUROLLAR Shikast yetkazish taʼsiri odamlar, hayvonlar va oʼsimliklarning halok boʼlishiga sabab boʼladigan turli jonli organizm yoki zaharli biologik mahsulotlarning qoʼllanilishiga asoslangan ommaviy qirgʼin qurol (OQQ). Bakteriologik qurol oʼz ichiga jangovar biologik vositalar hamda ularni eltadigan, sochadigan, sepadigan yoki purkaydigan vositalarni mujassam etadi. Jangovar biologik vositalar jumlasiga kasallik tugʼdiradigan viruslar, bakteriyalar, zamburugʼlar , rikketsiyalar va bir hujayrali mikroorganizmlar kiradi. Bunday vositalar aerozolь (tutun, chang, tuman) koʼrinishida qoʼllanilishi yoki havoga suyuq yoxud qattiq reza zarralar koʼrinishida purkalishi, ularni eltish vositalari sifatida esa raketalarning jangovar kallaklari, snaryadlar, aviatsion konteynerlar va shu kabilar xizmat qilishi mumkin. Bakteriologik (biologik) qurol sifatida kasallik tashuvchi hasharotlar, mayda hayvonlar, parazitlar yoki ochiq suv oqimlari qoʼllaniladi . Jangovar biologik vositalar inson organizmiga ovqat hazm qilish tizimi (ovqat yoki suv bilan birga), nafas olish tizimi , hasharot va joʼlaklar chaqqan, kemiruvchi tishlagan joylar orqali singib kiradi.Bakteriologik qurol, biologik qurol — odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarda kasalliklar qoʻzgʻatuvchi, sunʼiy koʻpaytirilgan mikroorganizmlar, hasharotlardan iborat ommaviy qirgʻin vositasi. B.q. asosan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar (bakteriya, virus, zamburugʻ va b.) yuqtirilgan pashsha, chivin, kemiruvchi hayvonlardan yoki suspenziya va kukunlardan iborat. Chet el harbiy mutaxassislari odamlarga shikast yetkazadigan bakterial vositalarga toun, chin chechak, kuydirgi, tulyaremiya, manqa, sariq, isitma, brutsellyoz, vabo va b. kasallik qoʻzgʻatuvchilarini; hayvonlarga shikast yetkazuvchi bakterial vositalarga oqsil kasalligi, oʻlat, choʻchqalarning afrika chumasi kasalligi, brutsellyoz va b.ning qoʻzgʻatuvchilarini; oʻsimliklarni zararlantiruvchi bakterial vositalarga bugʻdoy zang kasalligi, kartoshka fitoftorasi, sholi pirikulyariozi va b. kasallik qoʻzgʻatuvchilarini kiritadi. B.q. mikroblari aviabomba, raketa, snaryad va b. qurollar orqali tarqatiladi. B.q.larning bir guruhi odamlarda, baʼzilari esa hayvonlarda yuqumli kasalliklar tarqatadi, oʻsimliklarni zaharlab quritadi. Odamlarda kasallik tarqatishda vabo, chechak, kuydirgi mikroblari, hayvonlarda esa manqa melioidoz kasalligini tarqatuvchi mikroblar va ularning zaharli moddalari qoʻllaniladi. Bu mikroblar quyosh nurlariga, kimyoviy moddalar taʼsiriga chidamli boʻlib, odamlar va hayvonlar orasida qisqa vaqt ichida kasallik tarqatadi. Tezda qarshi chora koʻrilmasa, epidemiya boshlanib, aholi va hayvonlarni nobud qilishi mumkin. Zamonaviy tibbiyot B.q.lar qoʻzgʻatadigan kasalliklarning oldini olishga qodir. Har qanday yuqumli kasallikning xususiyatlarini oʻrganib, ularga qarshi doridarmonlar tayyorlanadi. Organizmda yuqumli kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilish uchun butun aholi ichida, harbiy qismlarda har yili emlash tadbirlari oʻtkaziladi. Yuqumli kasalliklarni davolash uchun antibiotiklar ham ishlatiladi. Germaniya Birinchi jahon urushi (1914 — 18)da rus, fransuz frontlarida har xil kasallik mikroblarini tarqatgan edi. Xabarovskdagi sud (1949)dan maʼlum boʻlishicha, Yaponiya B.q.ni Xitoy va Mongoliya xalqlari orasida sinab koʻrgan. Amerika ham Vyetnamdagi urushi(1966 — 68)da B.Q.ning ayrim turlarini (mas, sholini quritish uchun) ishlatgan. B.q. 1925-yil Jeneva protokoli va 1972-yil BMT Konvensiyasi bilan taʼqiqlangan. B.q. mikroblari aviabomba, raketa, snaryad va b. qurollar orqali tarqatiladi. B.q.larning bir guruhi odamlarda, baʼzilari esa hayvonlarda yuqumli kasalliklar tarqatadi, oʻsimliklarni zaharlab quritadi. Odamlarda kasallik tarqatishda vabo, chechak, kuydirgi mikroblari, hayvonlarda esa manqa melioidoz kasalligini tarqatuvchi mikroblar va ularning zaharli moddalari qoʻllaniladi. Bu mikroblar quyosh nurlariga, kimyoviy moddalar taʼsiriga chidamli boʻlib, odamlar va hayvonlar orasida qisqa vaqt ichida kasallik tarqatadi. Tezda qarshi chora koʻrilmasa, epidemiya boshlanib, aholi va hayvonlarni nobud qilishi mumkin. Zamonaviy tibbiyot B.q.lar qoʻzgʻatadigan kasalliklarning oldini olishga qodir. Har qanday yuqumli kasallikning xususiyatlarini oʻrganib, ularga qarshi doridarmonlar tayyorlanadi. Organizmda yuqumli kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilish uchun butun aholi ichida, harbiy qismlarda har yili emlash tadbirlari oʻtkaziladi. Yuqumli kasalliklarni davolash uchun antibiotiklar ham ishlatiladi. Germaniya Birinchi jahon urushi (1914 — 18)da rus, fransuz frontlarida har xil kasallik mikroblarini tarqatgan edi. Xabarovskdagi sud (1949)dan maʼlum boʻlishicha, Yaponiya B.q.ni Xitoy va Mongoliya xalqlari orasida sinab koʻrgan. Amerika ham Vyetnamdagi urushi(1966 — 68)da B.Q.ning ayrim turlarini (mas, sholini quritish uchun) ishlatgan. B.q. 1925-yil Jeneva protokoli va 1972-yil BMT Konvensiyasi bilan taʼqiqlangan. Shuningdek, kimyoviy qurollar ommaviy qirgʻin qurollari turlaridan biri. Shikastlash taʼsiri kimyoviy zaharlovchi moddalar (ZM) ning zaharlash xossalariga asoslangan. Asosiy tarkibiy qismlari — jangovar kimyoviy moddalar (zarin, Y-gazlar va boshqalar) hamda ularni qoʻllash vositalari — raqstalarning ZM toʻldirilgan jangovar qismlari, artilleriya snaryadlari, minalar, aviatsiya bombalari, kassetalar, fugaslar, granatalar va boshqalar. Ular aviatsiya, turli moslamalar, purkagich va aerozol generatorlar yordamida ham tarqalishi mumkin. Shikastlovchi taʼsiri qancha vaqt saqlanishiga qarab, Kimyoviy qurollar turgʻun (bir necha soat, sutka, hafta, oylab saqlanadigan) va noturgʻun (bir necha minut saqlanadigan) turlarga boʻlinadi. Kimyoviy qurollar, asosan, dushmanning jonli kuchlari (qoʻshin)ga qarshi ishlatish uchun moʻljallanadi, lekin tinch aholiga, hayvonot dunyosiga ham xavf tugʻdiradi, atrof-muhitni zaharlaydi, ekinzorlarni nobud qiladi.[1] Hozirda jahon boʻyicha barcha hududlarda kimyoviy ommaviy qirgʻin qurollari maxsus xalqaro rezolyutsiyalar bilan taʼqiqlangan. Urush harakatlarida har qanday turdagi kimyoviy quroldan foydalanish 1993-yildagi xalqaro kelishuvga koʻra qatʼiy toʻxtatilgan. Biroq, shunga qaramay, soʻnggi vaqtlarda taʼqiqlangan kimyoviy qurollarning jang harakatlarida qoʻllanilayotganligi haqidagi xabarlar gʼarb OAVlari boshchiligida, tobora koʻp tarqatilmoqda. Xususan, 2011-yilda boshlangan „Arab bahori“ inqilobiy toʻlqini taʼsirida, Suriya mamlakatida avj olgan ichki qurolli mojaro jahon afkor ommasining diqqat eʼtiborida boʻlib turibdi. Hukumat kuchlari va qurollngan jangarilar ortasida muttasil davom etayotgan harbiy toʻqnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qoʻllagani nomaʼlum boʻlsa-da, janglarda kimyoviy qurol — Zarin gazidan foydalanilgan. Kimyoviy qurollar quyidagi xususiyatlariga koʻra farqlanadi: zaharlovchi moddaning odam fiziologiyasiga taʼsiri; taktik maqsadi; taʼsir qilish tezligi; zaharllovchi taʼsirning davomiyligi; Zahrlovchi moddalarning taʼsir turi ham keng: halok qiluvchi — dushman harbiy kuchlarida maksimal sondagi yoʻqotishlar keltirib chiqarishga yoʻnaltiriladi. Bunda asosan markaziy nerv tizimnini ishdan chiqaruvchi Zarin, Zoman, Tabun va V-Gaz kabilar ishlatiladi. Teri qavatlari va koʻzga kuchli toksik taʼsir qiluvchi kimyoviy qurollar esa, terida chuqur tsitologik oʻzgarishlar (yiringlar, yaralar, oʻsmalar) keltirib chiqarish va koʻrish qobiliyatidan mosuvo qilishga qaratiladi. Bunday kimyoviy qurollarga Iprit, Lyuzit gazlari misol boʻla oladi. Umumiy zaharlovchi moddalarga asoslangan kimyovviy qurollarda esa, ularning organizmga taʼsir koʻrsata boshlashi natijasida, qonda kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. Bunday moddalarga sinil kislotasi va xlortsian kiradi. Boʻguvchi kimyoviy qurollar birinchi navbatda yuqori nafas yoʻllari va oʻpkani zaharlaydi. — Fosgen va difosgen shunday xususiyatga ega. Shuningdek, yana psixokimyoviy qurollar ham mavjud boʻlib, ular, odamni oʻlimga olib kelmay, balki, vaqtinchalik psixik oʻzgarishlar, masalan behushlik, uyquchanlik, eshitish qobiliyatining yoʻqolishi, vasvasa, vaqtinchalik koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bunday kimyoviy qurollardan koʻpincha gʻarb mamlakatlari politsiyasi ichki tartibsizliklarni tinchitishda foydalanadi. Bunday moddalar turkumiga xinuklid-3-benzilat (BZ) va lizergin kislotasi dietilamidi kiradi. Kimyoviy qurollar quyidagi xususiyatlariga koʻra farqlanadi: zaharlovchi moddaning odam fiziologiyasiga taʼsiri; taktik maqsadi; taʼsir qilish tezligi; zaharllovchi taʼsirning davomiyligi; Zahrlovchi moddalarning taʼsir turi ham keng: halok qiluvchi — dushman harbiy kuchlarida maksimal sondagi yoʻqotishlar keltirib chiqarishga yoʻnaltiriladi. Bunda asosan markaziy nerv tizimnini ishdan chiqaruvchi Zarin, Zoman, Tabun va V-Gaz kabilar ishlatiladi. Teri qavatlari va koʻzga kuchli toksik taʼsir qiluvchi kimyoviy qurollar esa, terida chuqur tsitologik oʻzgarishlar (yiringlar, yaralar, oʻsmalar) keltirib chiqarish va koʻrish qobiliyatidan mosuvo qilishga qaratiladi. Bunday kimyoviy qurollarga Iprit, Lyuzit gazlari misol boʻla oladi. Umumiy zaharlovchi moddalarga asoslangan kimyovviy qurollarda esa, ularning organizmga taʼsir koʻrsata boshlashi natijasida, qonda kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. Bunday moddalarga sinil kislotasi va xlortsian kiradi. Boʻguvchi kimyoviy qurollar birinchi navbatda yuqori nafas yoʻllari va oʻpkani zaharlaydi. — Fosgen va difosgen shunday xususiyatga ega. Shuningdek, yana psixokimyoviy qurollar ham mavjud boʻlib, ular, odamni oʻlimga olib kelmay, balki, vaqtinchalik psixik oʻzgarishlar, masalan behushlik, uyquchanlik, eshitish qobiliyatining yoʻqolishi, vasvasa, vaqtinchalik koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bunday kimyoviy qurollardan koʻpincha gʻarb mamlakatlari politsiyasi ichki tartibsizliklarni tinchitishda foydalanadi. Bunday moddalar turkumiga xinuklid-3-benzilat (BZ) va lizergin kislotasi dietilamidi kiradi. Download 331.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling