Zangiota ziyoratgohi haqida


Download 304.6 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi304.6 Kb.
#1602133
1   2
Bog'liq
Zangiota ziyoratgohi haqid

Zangiota majmuasi - Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (1520-asrlar). 3. m. Zangiota, Anbar bibi maqbarasidarvozaxonaMadrasamasjidxonaqohshiyponminora va hovuzdan iborat. Anbar bibi maqbarasi, hovuz, shiypon va darvozaxona alohidaalohida qilib qurilgan. Zangiota maqbarasi esa madrasa va masjid bilan yonmayon tushgan boʻlib, hovliga shim.sharq va shim,gʻarbdagi darvozalar orqali oʻtiladi. Minora ham shu hovlining oʻrtarogʻi Zangiota maqbarasiga, masjid va maqbaraga yaqinroq qilib qurilgan. 3. m.ga ikki tomoni terakzorli xiyobon orqali boriladi. Majmuaga jan.dan qad. qabriston tutashgan, uning atrofi devor bilan oʻralgan. Zangiota maqbarasi peshtoqi hovliga qaragan, qolgan uch tomoni esa qabristonga yondosh qilib qurilgan.
Zangiota maqbarasi dastlab 4 xonali (ziyoratxonagoʻrxona va uning ikki yonida kichik xona qodiqlari saklangan), bezaksiz boʻlgan. Ichki xona devorlari ravokli chorsi asosdan, burchaklaridagi bagʻal sakkiz qirrali, gumbazlari har xil. Darcha va tobadonlar ishlangan. Goʻrxonadagi oq marmar qabrtoshiga nafis oʻyma naqsh va arabiy xatlar bitilgan. Keyinchalik maqbara oldiga peshtoq qurilib koshinkori bezak berilgan. Peshtoq va xonalar tashqi devori, ziyoratxona va goʻrxona poygumbazi sayqallangan Zangiota majmuasidagi minora gʻishtchalaroʻymakor rangbarang koshinlar bilan bezatilgan. Ichki xona izorasi parchinlimehrobiga "P" shaklida koshin va arabiy yozuv bitilgan. Gumbaz osti bezaklari ustiga zarhal berilgan. Peshtogʻidagi namoyon hoshiyalari sopol, sirkor gʻisht va yigʻma koshin terilib, unga sakkiz burchakli turunjlar ishlangan. Maqbara Amir Temur tomonidan qurilganligi (14-asr 80y.lari) va Ulugʻbek davrida (15-asrning 20y.lari) bezak ishlari bajarilganligi aniklangan. 1617-asrlarda peshtoq va gumbazlari taʼmirlangan. Maqbara yoniga bir qavatli Madrasa va namozgoh masjidi qurilgan (1832). Madrasa bir qavatli qator hujra, 2 darvozaxona va 3 yirikroq xona (darsxona)dan iborat. 1870 y.da 3. m. taʼmirlanib, namozgoh masjidining peshayvoni qurilgan. Qoʻqonlik usta hoji Muhammad bezagan. Majmua atrofi obodonlashtirilib, tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.






Download 304.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling