Zangiota ziyoratgohi haqida


Download 304.6 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi304.6 Kb.
#1602133
  1   2
Bog'liq
Zangiota ziyoratgohi haqid





Zangiota ziyoratgohi haqida”


Zangiota (asl ismi Oyxoʻja ibn Toshxoʻja) (7—1258) — avliyo, tasavvning taniqli vakili.
Arslonbobning avlodi (avarasi). Toshkent sh.ning Samarqand darvoza koʻchasidagi Zangiota mahallasida tugʻilib oʻsgan degan taxmin bor. Arab naslidan, qora tanli boʻlganligi uchun zangi (zanji), hurmat yuzasidan va oliy himmatligi uchun Zangibobo Himmatiy deb atashgan. 3. yoshligida otasidan taʼlim oldi. Otasi vafotidan keyin Ahmad Yassaviynpnt xalifasi va shogirdi boʻlmish Hakim ota (Sulaymon Boqirgʻoniy) huzuriga bordi. Bir necha yil uning mulozamatida boʻlib, undan yassaviylik tariqati sirasrorlari, odobini oʻrgandi va bu tariqatning yetuk namoyandasi boʻlib yetishdi. Soʻng oʻz vatani — Shosh viloyatiga qaytib kelib, aholini ilohiy-axloqiy, tasavvufiy yoʻlyoʻriklar bilan tarbiyalashga kirishdi, koʻplab mutasavviflar tayyorladi. Z.ning butun hayoti Movarounnahr xalqlarining ogʻir va dahshatli davriga toʻgʻri keldi. Moʻgʻul istilochilari mamlakatni xonavayron qilib, xalq ommasini kullik iskanjasiga solgan bir paytda 3. va uning izdoshlari xalq orasida vatanparvarlik, mehnatsevarlik, adlu insof, poklik, yaxshilik, mehrshafqat, xudojoʻylik kabi umuminsoniy gʻoyalarni targʻib qildi. Z.ning murid va shogirdlari, xususan, Uzun Hasanota, Sayyidota, Sadrota va Badrota Dashti Qipchoq oʻzbeklari, Volgaboʻyi va Ural togi etaklaridagi tatar va boshqirdlar orasida islom dinining yoyilishiga hissa qoʻshdi. 3. podachilik qilib, halol rizq topib hayot kechirgan. Namoz va zikrni kanda qilmagan. Z.ning karomatlari va fazilatlarini Xoʻja Ahror, shoirlar Maxtumquli, Kamiy Toshkandiy va b. tilga olib, sheʼr va xotiralar yozib qoldirganlar, xalq rivoyatlar toʻqigan. Baʼzi manbalarga koʻra, 3. ustozi Hakim ota vafotidan soʻng uning xotini Anbar bibini nikohiga olib, undan bir necha farzand koʻradi. Farzandlar ham 3. kabi eʼtiqodli, insofli kishilar boʻlib yetishadilar, xalqni haqiqat yoʻliga boshlashda rahnamolik qiladilar. 3. va Anbar bibining qabri Zangiota tumanidati Zangiota qishlogʻida. 3. dafn etilgan mozor yonida masjid va Madrasa qad koʻtargan. Bu joy ziyoratgoh hisoblanadi.


Download 304.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling