Zangori, havo rang, Caesium, Cs Mendeleyev davriy sistemasining


Download 62.9 Kb.
bet1/2
Sana09.05.2023
Hajmi62.9 Kb.
#1449117
  1   2
Bog'liq
Seziy


Seziy

Seziy (lotincha: caesius — zangori, havo rang, Caesium), Cs — Mendeleyev davriy sistemasining I gurux 68davr 8 qatoriga manub kimyoviy element; tartib rakami 55, atom massasi 132,9054. Tabiiy Seziy 1 ta izotop 133Cs dan iborat. Uning 15 dan ortiq sunʼiy radioaktiv izotoplari olingan. Bular ichida eng barqarori l37Cs (T|/2 = ZZy.).
Seziy dastlab 1860-yilda Seziy Bunzen va Seziy Kirxgof tomonidan Germaniyaning Dyurkteym mineral suvlarini spektral usudsa tekshirish natijasida kashf qilingan. Metall Seziyni dastlab Seziy Setterberg 1882-yilda suyuqlantirilgan seziy sianidni elektrolizlab olgan. Seziyning spektrida 2 zangori chiziq mavjud.
Seziy nodir element. Yer poʻstining massa jihatidan 7-10~4 % ini tashkil etadi. Seziy pollutsit nomli mineral (alyumosilikat) hosil qiladi. Seziy birikmalari mineral suvlar tarkibida va tirik organizmlarda boʻladi. Seziy oz miqdorda bazalt, granit, diabaz kabi togʻ jinslari tarkibida uchraydi. Lepidolit (yoki pollutsitdan) litiy, kaliy, rubidiy va kaltsiy ajratilganidan keyin Seziy birikmalari olinadi. Sof Seziy olish uchun Seziy galogenidlar kaltsiy bilan kaytariladi.
Seziy sargʻish-pushti rangli, yengil, juda yumshoq ishqoriy metall. Suyuqlanish temperaturasi 28,5°, qaynash temperaturasi 705°, zichligi 1,90 g/sm3 (20°da). Seziyning yoruglikka sezgirligi barcha me-tallarnikidan yuqori.
U juda faol metall, havoda oʻz-oʻzidan alangalanadi, hatto vakuumdan ham oʻziga kislorodni tortib oladi. Seziy parafin moyida saklanadi. Seziy suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, seziy gidroksid CsOH hosil qiladi; bunda vodorod ham ajralib chiqadi va portlash yuz beradi. Seziy galogenlar bilan alanga hosil qilib, shiddatli reaksiyaga kirishadi. Seziyning oltingugurt bilan reaksiyasi ham shu tarzda boradi. Seziy kuchli qaytaruvchi. 300° dayoq SiO2 dan kremniyni qaytaradi. Seziy fotoelementlar i.ch.da, baʼzi birikmalari tibbiyotda, Csl, CsBe dan tayyorlangan prizmalar infraqizil spektroskopiyada ishlatiladi. Seziy birikmalaridan katalizda ham foydalaniladi.




Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.




Download 62.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling