Zarafshon shahar 1-Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi Davlat tili fani o’qituvchisi Rahmatova Gavhar Abdullayevnaning


Download 1.37 Mb.
bet6/6
Sana08.01.2022
Hajmi1.37 Mb.
#236859
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mashhur ki

Darsning bosqichlari

vaqti

1

Tashkiliy qisim,

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

2 daqiqa

3

Yangi mavzu

Mashhur kishilar (Hajm-o`lchov sifatlari)



15 daqiqa

4

Mavzuni mustahkamlash

a)Guruhlarni tanishtirish

b) Mashhur kishilar haqida ma`lumotlar, hikmatlar, ruboiylar, gazallar.

v)“Tez yurar” oyini

g) “Bu so`z bizniki” o`yini

d) Boshqotirma



20 daqiqa

5

Baholash

3 daqiqa

Darsimiz qiziqarli bolishi uchun sinf oquvchilarini 2 ta guruhga bolib olaman va quyudagicha shunday nomlayman .

Alisher Navoiy Zahiriddin Muhammad Bobur



1.Guruhlarni tanishtirish:

2.Mashhur shoirlar ijodidan namunalar:

3.Hikmatlar:

4.Tezyurar o`yini:

5. “Bu so`z bizniki” o`yini:

6.Nazm gulshani:
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy (taxalluslari; asl ismi Nizomiddin Mir Alisher)(1441.9.2.-Hirot-1501.3.1)-buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi.Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan ko‘kaldosh (emikdosh) bo‘lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo‘lgan. Otasi G‘iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo‘lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she’rlarni o‘qib, yod ola boshlagan.



Tig‘i ishqing yorasidur butmagan,

Dardini har kimga aytib butmagan.

Hajr sahrosidur ohim o‘tidan,

Anda gul yoxud giyohe butmagan.
Zahiriddin Muhammad Bobur

Bоburning hayot yo`li juda murakkabdir. U 12 yoshida Andijоn taхtiga o`tirganidan bоshlab 1530-yilgacha – vafоtigacha mashaqqatli va murakkab hayot yo`lini bоsib o`tdi. 1498-, 1500-, 1512-yillarda оta taхti Samarqandni egalladi. Ammо Mоvarоunnahrda markazlashgan davlat tuzish оrzusi amalga оshmadi. Shundan so`ng u Qоbulni pоytaхt qilib, Afg`оnistоnda o`z saltanatini qurishga muvaffaq bo`ldi. 1525-yilda esa Hindistоnga muvaffaqqiyatli yurish qilib, Ibrоhim Lоdini yеngadi va hоzirgacha buyuk mo`g`ullar impеriyasi nоmi bilan mashhur bo`lgan impеriya tuzdi. Bu impеriya salkam 500 yil o`z mavqеyini saqlab turdi. U asоs sоlgan impеriya Afg`оnistоn va Hindistоnning siyosiy iqtisоdiy va madaniy taraqqiyotda muhim rоl o`ynadi.



Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,

Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,

Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.

(Bobur. Devon, 72-bet).

Abdulla Avloniy

O'zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri.

Abdulla Avloniy 1878-yilda Toshkent shahrida tug'ildi. Avloniy xalqni ilm-fandan bahramand qilishni o'zining burchi deb bildi. 1904- yilda o'zi yashab turgan joyda kichik maktab ochdi. U o'z maktabini yozuv taxtasi, parta va o'quv qurollari bilan jihozladi. Uning o'quvchilarining ko'pchiligi kambag'al oiladan edi. Muallim badavlat do'stlari yordamida „Jamiyati xayriya" tashkil etdi. Bu bilan u o'quvchilari uchun kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam bepul bo'lishini ta'minladi. Abdulla Avloniy to'rt qismdan iborat katta darslik yaratdi. Darsligida xalqni ma'rifat va madaniyatga chorladi. O'sha davr xalq pedagogi kasida Abdulla Avloniyning „Birinchi muallim" — „Alifbe", „Ikkinchi muallim" — „O'qish kitobi" darsliklari katta o'rin egalladi.

Abdulla Avloniy” matnidan foydalanib, nuqtalar o`rnini to`ldiring.



Abdulla Avloniy … … boshlab she`rlar yoza boshladi. … o`zi yashab turgan joyda kichik maktab ochdi. Abdulla Avloniy to`rt qismdan iborat “Birinchi muallim” – “Alifbe”, “Ikkinchi muallim” – “O`qish kitobi” … yaratdi. Darsliklardagi … ko`pini Avloniyning o`zi yozdi.

Mirzo Ulug`bek

Ulug`bekning bolalik va yoshlik yillari

Ulug`bek Sohib Qiron Amir Temurning nabirasi, Shoxruhning to`ng`ich o`g`li bo`lib, onasi Gavharishod og`a  nufuzli qipchoq amirlaridan Qiyosiddin tarxonning qizi edi. U jahongir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan harbiy yurishi vaqtida 1394 yil 22 martda Sultoniya shahrida tug`iladi.

Temurning hohishi bilan bolaga Muhammad Tarag`ay deb nom qo`yadilar. Lekin u yirik olim va fan arbobi bo`lgani tufayli ko`prok Ulug`bek ismi bilan mashxur bo`ldi.

Temur saroyida hukm surgan an'anaga binoan, shahzodalar bobosining katta xotini Saroymulkxonim tarbiyasiga topshiriladi. U yoshligidan o`tkir zehnli, kuchli xotirali, teran fikrli, qat'iyatli bo`lib yetishdi.

Ulug`bek bilimdon va tajribali murabbiylar ya'ni astronomiya ilmining bilimdoni Salohiddin Muso ibn Mahmud qozizoda Rumiy raqnamoligida fan asoslarini ayniqsa astranomiya ilmini puxta o`rgandi. Ular Ulug`bekni  diniy va dunyoviy ilmlarning asosi bilan yaqindan tanishtirdilar. Bir qator manbalarda keltirilishicha, 1397-98 yiliyoq, kelajakda katta shoir  va olim bo`lib yetishgan shayx Orif Ozariy ham Ulug`bekning murabbiysi qilib tayinlangan edi.

Temur Ulug`bekni ko`pincha bu yurishlarda o`zi bilan birga olib yurdi. Masalan, 1398 yili Hindistonga, 1399-1404 yili Turkiyaga, 1404 yili Xitoyga qilgan yurishlarida Ulug`bek bobosi yonida bo`ldi.



Darsni mustahkamlash.

Bilimingizni sinab ko`ring!

Navoiy Husayn Boyqaroga bag‘ishlab qanday qasida yozgan?- “Hiloliya”

Navoiyning otasining ismi kim edi?- G`iyosiddin Muhammad

Navoiy necha tilda ijod qilgan ? - Turkiy, Fors

Navoiy forscha she’rlariga qaysi taxallusni qo‘llaydi?- “Foniy”

Navoiyning “Xamsa” asari necha dostondan iborat?- 5 ta dostondan iborat

Lug`atlar:

Buyuk-великий

Mutafakkir-мыслителъ

Davlat arbobi-государсвенный

Docton-поэма

Asar-произведение

Turkiy til-тюрский язык

Shaxs yoki narsalarning hajm-olchovini ifodalashda quyidagi so‘zlar faol qollanadi: katta, kichik, uzun, qisqa, tor, enli, ingichka, qalin kabi.
2- mashq. Hajm-o‘lchovni bildiruvchi sifatlarni to‘g‘ri joylashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
baland, o‘rta, past ozg‘in, tola keng, tor, uzun
N a m u n a : Botir ozg'in, baland bo‘y!i. Bahrom esa o‘rta bo‘yli.
3 -mashq. Hajm-o‘lchovni bildiruvchi so'zlar ishtirok etgan 4 -5 ta gap tuzing.
Uyga vazifa.

Mashur kishilardan yana kimlarni bilasiz? Ma`lumot yozib kelish. 110bet.



Alisher Navoiyning gazallaridan yod olish.
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling