Zararlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun ishlatiladigan tibbiy muhofaza vositalari Reja


Download 18.61 Kb.
bet2/3
Sana26.06.2023
Hajmi18.61 Kb.
#1655906
1   2   3
Bog'liq
5. Zararlanganlar

Shaxsiy bog‘lov paketa (PPI). Ommaviy shikastlanishlarda dala sharoitida birlamchi bog‘lam sifatida shaxsiy bog‘lov paketi keng qo‘llaniladi. Paket ikkita 17-32 sm li steril paxta-dokali yostiqchalardan iborat bo‘lib, eni 10 sm, uzunligi 7 metr bo‘lgan bintga bog‘langan. Yostiqchalarning biri qattiq mahkamlangan, ikkinchisi esa qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi. Yostiqchaning bir tarafi rangli ip bilan tikilgan, bog‘lov qo‘yadigan vaqtda shu tarafidan ushlansa bo‘ladi. Bog‘lov materiali oq qog‘ozga o‘rab qo‘yilgan va u ustidan rezinali materialdan tayyorlangan qobiq bilan germetik qilib berkitilgan. Oq qog‘oz ichiga bint oxirini mahkamlash uchun tutnog‘ich solib qo‘yilgan. Maket steril holatda ishlab chiqariladi.
Shaxsiy bog‘lov paketidan foydalanish qoidalari: rezinalangan qobiq yirtib ochiladi.Vositalardan himoyalash va formali kiyim- kechaklar, aslaha-anjomlar, qurolning zararlanishini kamaytirish uchun mo‘ljallangan.Plyonkali himoya kostyumi vaqti-vaqti balan qo‘llaniladigan vosita hisoblanadi. Zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan zararlanganda maxsus sanitariya ishlovchi o‘tkazmasdan yo‘qotiladi, radioaktiv moddalardan zararlanganda dezaktivatsiya o‘tkaziladi va qayta ishlatiladi.
Plyonkali himoya kostyumi himoya plashchi va himoya paypoqdan iborat bo‘lib, polimer plyonkali materialdan tayyorlangan.
Himoya kombinezoni rezina qo‘shilgan materialdan tayyorlangan bo‘ladi. Kombinezon yaxlit qilib tikilgan kurtka, shim va kapishondan iborat. Kombinezon rezina etik, himoya qo‘l qopi bilan birga komplekt holida qo‘llaniladi.
Himoya fartugi rezina qo‘shilgan materialdan tayyorlanadi, undan himoyalovchi paypoq, himoya qo‘lqopi bilan birgalikda foydalaniladi. Transport, qurol-yaroqlarni dezaktivakiya, degazatsiya va dezinfeksiya qilishda undan foydalaniladi. Fartukning og‘irligi 400 g.
FM tizimida filtrlovchi vosita sifatida ZFO -58 kostyum qo‘llaniladi. Ushbu kostyum ip gazlamadan tayyorlangan kombinezon, ichki kiyim, podshlemnik va ikki juft paytavadan iborat. ZFO - 58 kostyumini shimdirish uchun sintetik yuvish vositalari asosida tayyorlangan OP-7 yoki OP- 10, sovun -yog‘ emulsiyasi ishlatiladi. Bir komplekt kostyumni shimdirish uchun ikki xil suyuqlik tayyorlash kerak bo‘ladi: birinchi suyuqlik 2,5 l miqdorida tayyorlanadi, buning uchun 40- 50°S gacha istilgan 2 litr suvda OP - 7 yoki OP -10 moddalari eritiladi. So‘ngra ikkinchi shoklik tayyorlanadi. Buning uchun 60-70°S gacha isitilgan 2 litr issiq, suvda 200-300 g maydalangan kir sovun eritiladi va unga 0,5 g o‘simlik yog‘i yoki mineral yog‘ qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan suyuqliklarga kostyum navbati bilan shimdiriladi va quritiladi.
Terini himoya qilishda zaharli har qanday vositalardan keng foydalanishi mumkin. Bunda suv o‘tmaydigan gazmoldan tikilgan nakidka, plash, paxtali kurtka va shim, sport kostyumlari, ish kambinzonlari, charmdan tikilgan kurtka va plashlar, qattiq gazmoldan tikilgan kapyushonkalardan foydalanish mumkin.
Oyoqda rezina charm etik, kalish kiyish kerak. Qo‘lga charm yoki rezina qo`lqop kiyiladi. Bo‘yin va boshni himoya qilish uchun qalin gazmoldan kapyushon tikib olinadi. Sport kastyumiga, kombinizonga yoki boshqa kostyumlarga sovun yog‘ emulsiyasini yoki yuvuvchi moddalar eritmasini shimdirish mumkin.
Tibbiy muhofaza vositalari. Etakchi NATO davlatlari tomonidan ko‘pdan ko‘p ommaviy zarar etkazuvchi qurollar yaratilganligiga qaramasdan yaratilgan qurollariing samaradorligini oshirish va ularni olish uchun qo‘llaniladigan II-6 preparati sariq penalga solingan holda quyilmoqda. Ushbu ziddi-zahar boshliq buyrug‘i asosida, fosfororganik zaharlovchi moddalar bilan zararlangan joyga kirishdan 30 daqiqa oldin 2 tadan ichiladi yoki dushman tomonidan fosfororganik zaharlovchi moddani qo‘llash ehtimoli paydo bo‘lganda shu preparatdan foydalaniladi.
Kerak bo‘lganda ushbu preparat qayta 5-6 soat o‘tgandan so‘ng ichilishi mumkin.
-aptechkaning 3-uyasiga shprits-tyubik holatida chiqarilgav og‘riqni qoldiradigan vosita promedol yoki morfin preparata joylanadi.
Shikastlangan kishiga kuchli og‘riqning oldini olish yoki shunday og‘riq boshlangan vaqtda uni to‘xtatish maqsadida qo‘llanadi. Shprits tyubik oq qopqoq bilan berkitilgan.
Radiatsiyadan himoyalanish vositasi aptechkaning 4-uyasiga solib quyiladi. Ushbu himoya vositasi gistamin (RS-1) ning 0,2 g li 12 ta tabletkasi ikkita pushti rang penalga solingan. Ayrim hollarda bu preparat o‘rinda dietilstilbestrol (DES) 25 mg dan tabletka holida chiqarilishi mumkin.
Sistamin preparati zararlangan joylarda harakat qilish kerak bo‘lgan vaqtda yoki himoya vositalaridan (yashirinish joylari, jangovor texnika va boshqalar) foydalanilganda ularni himoya qilish xususiyati o‘tib kiruvchi nurlanishdan himoya qila olmasligiga shubha qilinganda shu joyga kirishdan oldin (20-30 da sikl oldin) 6 ta tabletkasi birdaniga ichiladi. Sistamin preparati o‘z ta’sirini organizmda 4-5 soat mobaynida saqlaydi. Kerak bo‘lganda preparat 6 soat o‘tgach yana qabul qilinishi mumkin.
Dietnlstnlbestrol (DES) preparati zararlanish joyiga kirishdan oldin (1-2 sutka oldin) I tabletkadan (25mg) ichiladi, preparat o‘z ta’sirini organizmda 10 kun mobaynida saqlashi mumkin. Agar shu vaqt ichida gistamin preparati qo‘shimcha qilib ichilsa, unda DES preparatining ta’siri yanada kuchayadi:
- aptechkaning 5- uyasiga dushman tomonidan qo‘llanilgan bakterial usitalarga qarshi ikkita oq penalga solingan xlorteratsiklining 100000 TB li 10 ta tabletkasi joylanadi. Yarador bo‘lgan vaqtda, kuyish vaqtida yoki ipfeksiyanipg oldini olish uchun preparat 5 tabletkadan ichiladi, kerak bo‘lsa preparatning qolgan 6-8 soat o‘tgandan so‘ng qabul qilinadi.
- aptechkaning 6- uyasi zahira holda qoldirilgan.
Kuyishga qarshi vosita hisoblangan etaperazip aptechkaning 7- uyasiga havo rang penalga solib quyilgan. Penalda etaperaziping 0,006 g li tabletkasi 5 tadan joylangan. Nurlanishning dastlabki reaksiyasi paydo bo‘lgan paytida, shuningdek boshni qattiq olgan hollarda, ko‘ngil ainiy boshlangan paytda bir tabletkadan ichiladi. Keyingi vaqtlarda bu preparat o‘rniga dimetkarb preparati ishlatilmoqda.
Shaxsiy universal bog‘lov paketi (PPU)-shaxsiy tarkibga PPI tomoniga berilishi mumkin. PPI bog‘lovidan farqli o`laroq yostiqchaning bir tomoniga metallangan material qo‘yilgan, bu material yarada chiqayotgan suyuqliklarni o‘ziga shimib olish xususiyatiga ega va yaraga yopishib qolmaydi. Paketdan foydalanish qoidalar xuddi PPI gao‘xshaydi.
Tibbiy yoping‘ich (NM)-kishilarni sovuq vaqtlarda sovqotishdan, issiq vaqtlarda esa qizib ketishdan himoya qilishga mo‘ljallangan. Yoping‘ichdan foydalanish qoidasi:
- sovuq vaqtlarda tibbiy yoping‘ichning metallangan qavati ichkariga qilib solinadi va unga jarohatlangan kishi qo‘yiladi;
- yoping‘ichning chekka qismlari qaytarilib oyoqlari va tanasi o‘rab chiqiladi;
- havo buzuq vaqtlarda (namgarchilik, yog‘ingarchilik) kishining boshi ham yopib qo‘yilishi mumkin;
- yopqich ochilib ketmasligi uchun bir mecha joyidan bint yordamida mahkamlanadi.
Issiq vaqtlarda o‘ta qizib ketmaslik uchun yopqichning metallangan qavati yuqoriga qaratilib, jarohatlangan kishi uning tagiga yotqiziladi, bunda kishi yopig‘ichga o‘ralmaydi.

Download 18.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling