Zararli odatlar. Kompyuter va uyali telefonlarni organizmga salbiy ta`siri


Download 308.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.02.2023
Hajmi308.78 Kb.
#1171528
  1   2
Bog'liq
Zararli odatlar. 9-mavzu



Zararli odatlar. Kompyuter va uyali telefonlarni organizmga salbiy ta`siri 
Bugungi kunga kelib kompyuter nafaqat ish deganlaridek, kompyuterdan 
notoʼgʼri foydalanish sogʼliq bilan bogʼliq turli muammolar sabab boʼlishi 
mumkin. Kompyuterning odamga taʼsir qiladigan zararli tomonlari bir qancha: 
uzoq vaqt oʼtirib ishlash, monitordan taralayotgan elektromagnit nurlanish, 
koʼzlarning toliqib qolishi, koʼrish kobiliyati va kaft boʼgʼimlarining zoʼriqishi; 
maʼlumot yoʼqotilishi natijasida stress va hokazo. Odam kompyuter oldida erkin 
oʼtirganday tuyiladi, lekin u organizm uchuy majburiy va yoqimsiz boʼladi: 
boʼyin, bosh, qoʼl va yelka mushaklari taranglashib, osteoxondroz, bolalarda esa 
skolioz kelib chiqadi. Koʼp oʼtiradigan odamlarda stul oʼrindigʼi va tana 
oraligʼida issiq kompress vujudga kelib, tos aʼzolarida qon aylanishi buzilishiga 
olib keladi. Oqibatda prostatit va bavosil kelib chiqadi. Ularni uzoq payt 
davolashga toʼgʼri keladi. Bundan tashqari, kamharakatlik koʼpincha semirishga 
olib keladi. Kompyuter- elektromagnit nurlanish manbai. Zamonaviy monitorlar 
odam salomatligi uchun ancha xavfsiz qilib yaratilmoqda. Ular elektromagnit 
nurlanishdan ancha-muncha saqlagani bilan, butunlay asramaydi. Shuning 
uchun kompyuter oldida oʼtkazilgan vaqtni chegaralash lozim. Аyniqsa, bolalar 
borasida eʼtiborliroq boʼlish kerak. Eski monitorlardan, yaxshisi, uzoqroq 
yurganingiz maʼqul. Koʼzmatn va tasvirdagi juda mayda tebranishlarni ham 
qayd etadi. Monitor miltillishini gapirmasa ham boʼladi. Koʼzlarning zoʼriqishi 
koʼz oʼtkirligining yoʼqolishiga olib keladi. Notoʼgʼri tanlangan rang, shrift, 
dasturlarda qoʼl laniladigan oynalarning joy lashtirilishi, ekranning notoʼgʼri 
turishi 
ham 
koʼrish 
qobiliyatiga 
yomon 
taʼsir 
qiladi. 
Barmoq 
doʼmboqchalaridagi nerv uchlari klavishlarga urilavergach shikastlanadi, 
uvishish, darmonsizlik paydo boʼladi. Bu boʼgʼim va panjalarning bogʼlovchi 
apparatiga zarar yetkazadi. Oqibatda panja kasalligi surunkali turga oʼtadi. 
Monitordagi matnni oʼqiyotganda koʼz mushaklarining xaddan tashqari toliqib 
qolishi xamda uzoqni yaxshi koʼra olmaslikning rivojlanishini oldini olish 
maqsadida koʼz va monitor oraligʼidagi masofa kamida 60 sm boʼlishi lozim 
(uzatilgan qoʼl masofasida). Kompyuterda ishlaganda xar 60-80 daqiqada 5-10 
daqiqa, har 2-3 soatda esa 15-20 daqiqa tanaffus qiling. Tanaffus paytida koʼz 
va qoʼl kaftlarini shugʼullantirish foydali. Har 20-25 daqiqada, albatta, 
nigohingizni uzoqrodagi birorta buyumga qarating yoki, yaxshisi, derazadan 
tashqariga qarang. Koʼzlarning qurib qolish hissidan xalos boʼlish uchun 
koʼzlarni tez-tez yumib-ochib, 5-6 soniyaga yuming. Matnni terayotganda 
monitorga iloji boricha kamroq qarab, nigohingiz klaviaturada boʼlsin.

Download 308.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling