"Zarbulmasal" asari tahlili
“Zarbulmasal” ning g`oyaviy mazmuni va obrazlari
Download 24.33 Kb.
|
Zarbulmasal asari tahlili
“Zarbulmasal” ning g`oyaviy mazmuni va obrazlari
xususida nimalarni bilasiz? “Zarbulmasal” majoziy asar bo`lishiga qaramay, unda XIX asr muhiti voqealari tasvirlanadi. Yozuvchi bu asarida o`zaro o`sha davrda bo`lib o`tayotgan urushlarning dahshatli oqibatlarini ochib tashlaydi. Asarda bu kabi urushlarning el-yurtga keltirgan qashshoqlik va xarobaliklari xarakterli tafsilot va imo-ishoralarda yorqin aks ettirilgan. Yapaloqqush o`zaro to`qnashuvlarda boyligi qo`ldan ketgan, qo`rg`oni buzilgan, Gulxaniy aytganidek, «oti ulug`, suprasi quruq»
boylarning kinoyaviy obrazidir. Buni biz dastlab uning xatti- harakatlarida va atrofdagilar bilan munosabatida kuzatamiz, chunonchi, u o`g`liga Kulonkir sulton deb balandparvoz nom qo`yadi. Yoki Boyo`g`liga quda bo`lmoqchi bo`ladi, o`zini katta tutib “Har qanchalik qalin bo`lsa topilur”, deb maqtanadi. Yapaloqqushning tushkunlikka uchragan “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” boylarning kinoyaviy obrazi ekanligi, atrofdagilar, jumladan, unga qarshi qo`yilgan Ko`rqush bilan muomalasida ham yaqqol ko`rinadi: Ko`rqush sovchilikka ketayotganida Yapaloqning maqtanchoqliga qarshi “Bor maqtansa – topilur, yo`q maqtansa – chopilur”, “Chumchuq semirsa botmon bo`lurmi?” kabi maqollarni keltiradi. Yapaloqqush “…bolamning asbobi kulonkirligi minqori bilan changalidan ma`lum va ravshan emasdurmu?” degan so`zlar bilan o`ziga o`xshash boylarning zo`ravonligiga ishora qiladi. Lekin bu o`rinda ham Ko`rqush Yapaloqning quruqligini fosh etib, “Chuchvarani xom sanabsan”, “Halvo degan birla og`iz chuchimas”, “Oti ulug`-suprasi quruq”, “Uyida chaksa uni yo`q, tom boshida qo`sh tandir”, “Sichqon sig`mas iniga, g`alvir bog`lar dumiga” degan iboralar senga mos keladi, deydi. Shunday qilib, Yapaloqqush misolida o`sha davrdagi boylarning shuhratparastligi, ochko`zligi, maqtanchoqligi ochib tashlanadi. “Zarbulmasal” xalq orasida “Yapaloqqush hikoyasi” nomi bilan mashhur bo`lib, qissaxonlik kechalarida uni eshitgan shinavandalar asarning chuqur hayotiy mazmuniga qoyil qolishgan. Uning qisqacha mazmuni quyidagicha: Farg`ona iqlimida Qayqubod degan podshohdan qolgan bir vayrona bor edi. Unda yashovchi Boyo`g`lining Gunashbonu ismli qizi bo`ladi. Shu atrofda manzil tutgan Yapaloqqush uni o`g`li Kulonkir sultonga olib bermoqchi bo`lib, Ko`rqushni sovchilikka yuboradi. Ko`rqush yo`lda Hudhudga duch kelib, o`zaro munozara qiladi. Keyin Kulonkir sulton bilan gaplashib oladi. Boyo`g`linikiga kelsa, u qarindoshlari bilan kengashib, so`ng javob bermoqchi bo`ladi. Buni yaxshilikka yo`ygan Yapaloqqush do`sti Sho`ranul degan qarg`a orqali qushlar shohi Malikshohindan suyunchi oladi.
Malikshohin o`zining pahlavoni bo`lmish Kulonkir sultonning to`yini podshohlik hisobidan o`tkazib bermoqchi bo`lib, o`z xazinachisi Kordonni to`y xarajatlarini aniqlash uchun Boyo`g`linikiga jo`natadi. Boyo`g`li qizining qaliniga mingta vayrona so`raydi. Kordon Umarxon davrida mamlakat obod bo`lib, vayronalar kamaygani, shuning uchun uning sonini 600 taga tushirishni so`raydi. Boyo`g`li ko`nmagach, ortiga qaytib ketadi. Uni eshitgan Ko`rqush oting Kordon – ishbilarmon bo`lsa-da, aslida qo`lingdan hech ish kelmas ekan deb, o`zi Boyo`g`lining yoniga kelib, Qo`qondan topilmasa ham, mingta vayronani Buxoro muzofotidan topib berishga va`da beradi. Shundan keyin dabdabali to`y qilib, kelin-kuyov murod-maqsadlariga etadilar. Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, mazkur to`y bo`lishidan oldin Ko`rqush sovchilikka borgan edi. U sovchilikka keta turib yo`lda Hudhud (popishak) ga duch keladi. Ko`rqushning Boyo`g`lining qiziga sovchilikka boryotganini fahmlagan Hudhud unga: “…qo`lidan kelmas ishga uringan… maymunga o`xshab rasvo bo`lma”, - deydi. Shu o`rinda Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” masalini voqeaga bog`lab keltiradi. “Hunar-zar” deb, Najjorning ishini davom ettirmoqchi bo`lgan Maymunning dumi yog`ochning orasiga qisilib qoladi, qutulmoqning ilojini topolmay sharmanda bo`ladi: Ketdi hunar shavqi bila g`ussasi, Tushdi yag`och ayrisig`a dumchasi. Bal keynidin bo`ldi tutulmoqlig`i, Mumkin emas o`ldi qutulmoqlig`i. Odami jinsida yo`q qissasi, Qoldi aning dumchasining hissasi. Gulxaniy kishilarni bilim va hunar o`rganishga, o`z kasbini to`liq egallashga chaqiradi: Aydi: «Ulus ichra bu bir kasbdur, Kasbni boshina kiysang nasbdur».
Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” masalida hunar va hunar ahlini ulug`laydi, qo`lingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi bo`lma, ko`r-ko`rona birovga taqlid qilib falokatga yo`liqma, degan fikrni maymunning qismati orqali ko`rsatadi. Najjor juda aqlli va mohir hunarmand sifatida tasvirlanadi. U ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug`ullanishni har narsadan yuqori qo`yadi. Gulxaniy Najjor va uning mehnatini, duradgorlik mahoratini tasvirlar ekan, hattoki, Maymun ham mehnatga muhabbat bilan qaraydi, hunarga va hunar egasiga uning havasi keladi, degan fikrni olg`a suradi. O`z navbatida, Ko`rqush ham Yapaloqqush uni majbur qilib sovchilikka yuborayotganini ta`kidlamoqchi bo`lib, “Sen tevaning bo`tasi onasi birla munozara qilganidan bexabarga o`xsharsan”, deydi va “Tuya bilan Bo`taloq” masalini hikoya qiladi. Download 24.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling