Zarmed universiteti
Download 110.19 Kb.
|
Buksangiz qayrilaman,
Oyoqdan ayrilaman. Mayli o`ynang erta-kech, Lekin ozor bermang hech. Shukur Sa’dulla bolalarning o`yin mashg’ulotlari haqida ham ko`pgina chiroyli, ta’sirchan she’rlar yozgan. Bolalar o`yini bilan bog’langan she’r bolalar uchun qimmatli asardir. Bu yerda shu narsani ham ta’kidlab aytish kerakki, o`yinlar bola uchun jiddiy ishdir. “Tulki va g’ozlar” she’rida birlari tulki, qolganlari g’oz bo`lib tulkiga tutqich bermay uning ustidan kulib qochsalar, “Mehmondorchilik” she’rida qizchalar “G’ivirlashib hovlida” tut terib shinni pishiradilar va qo`g’irchoqlarni ziyofat qiladilar. Qo`g’irchoqlar ziyofatga qaramagach tovuq va mushukni taklif qiladilar. Ular hamma yoqni to`zitib, to`kib ketadilar. Shu bilan “mehmondorchilik odosh” bo`ladi. Bu she’rlarda shoirning izlanishi, bolalarga ma’qul o`yinlar topishi va uni bolaga moslab berishga intilishi ko`rinib turibdi. Shu bilan birga bu she’rlarning yana bir muvaffaqiyati shundaki, u umumiylikdan, quruq ritorikadan uzoq bo`lgan syujetli va voqeaband she’rlardir. Ma’lumki, voqeabandlik ayniqsa, bolalar asari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday she’r bolani zeriktirmaydi. U xuddi hikoya yoki ertak kabi bola ongiga, xotirasiga oson singadi. Shoir ijodida yumoristik she’rlar ham bir talay: “Shalabbo”, “Aniqov”, “Injiq”, “Ivirsiq”, “Bizning oyi” kabi asarlarida shoir dangasa, o`z ustida ko`p ishlamaydigan, o`qish, izlanishni yoqtirmaydigan, injiq, ivirsiq bolalar ustidan qattiq kuladi. Daftari ochiq-sochiq Qolgan vazifa chala. Soat yurar: chiq-chiq-chiq, Echilmagan masala. “Ivirsiq”da shoir o`yinqaroq, kun bo`yi koptok o`ynab, uyga berilgan vazifani bajarish, o`z vaqtida uyqudan turish o`rniga qotib uxlab darsdan kech qolgan Siddiq ismli bolaning maktab o`quvchilariga xos bo`lmagan qiliqlarini fosh qiladi: Yana jaranglab soat, To`qqizga zang uradi. “Ivirsiqjon” betoqat – Endi shoshib turadi. Shukur Sa’dulla xalq og’zaki ijodini sevgan va undan ijodiy foydalangan shoirlardan biri edi. U “Yoriltosh”, “No`xatpolvon”, “Laqma it”, “Ayyor chumchuq”, “Chol bilan bo`ri” kabi o`nlab asarlarini ertaklar asosida yaratdi. Xalq ertaklarini jo`ngina she’rga solib qo`ya qolmadi. Bolki unga ijodiy yondashdi. Davrimizga, bolalarning istak-armonlariga moslashtirdi. Shukur Sa’dullaning “Komandirning boshidan kechirganlari”, “Kachal polvon”, “Aziz qishlog’im”, “Ism qo`yilmagan xat” qissalari o`zbek bolalar nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Shukur Sa`dulla – shoir, dramaturg, nosir, tarjimon va noshir, kichkintoylarning ruhiy olami va yosh xususiyatlarini chuqur bilgan, insonning kelajak taqdiriga, hayot yo`liga ko`p hollarda bolalagidayoq tamal toshi qo`yilishi dolzarb masala ekanligini uqtira olgan va bolalar adabiyotining jamiyat ma`naviy hayoti va vatan istiqbolidagi roli beqiyos ulug’ ekanligini o`z asarlalarida aks etirgan noyob qalb egasidir. Download 110.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling