Zaruriy Mudofaa Va Oxirgi Zarurat
Download 25.37 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZARURIY MUDOFAA
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sudlar zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha dastlabki tergov sifatiga nisbatan talabchanlikni kuchaytirishlari, jinoiy tajovuzga daxldor barcha shaxslar javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligini aniqlashlari va asoslar mavjud bo‘lganda, ularni javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun bu haqda prokurorga xabar berishlari (JPK 417-moddasi) lozim. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda) 14. Sudlarning e’tibori shunga jalb etilsinki, zaruriy mudofaa holatida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqmay yetkazilgan zarar Fuqarolik kodeksining 987-moddasiga ko‘ra undirilmaydi. Zaruriy mudofaa chegarasidan chiqish natijasida yetkazilgan zararni undirish vaqtida ish holatlariga, mudofaalanuvchi va tajovuz qiluvchi shaxslarning ayb darajasiga e’tibor berilgan holda zarar miqdori kamaytirilishi yoki uni undirish haqidagi talab rad etilishi mumkin. Jinoyat kodeksining 100, 107-moddalari bilan sudlangan shaxslardan, ularni davolashga sarflangan mablag‘larni undirish qonunda ko‘rsatilmagan. Bunday shaxslarni davolash harakatdagi qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi zaruriy mudofaa haqidagi qonunlarni sud faoliyatida qo‘llanishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar. (15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda) 16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi «Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida»gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 1996-yil 20-dekabr, 39-son
Начало формы Конец формы ZARURIY MUDOFAAZARURIY MUDOFAA — jinoyat huquqida hujumdan qonuniy tarzda himoyalanish. Odatda, qonunda Zaruriy mudofaa holatida qilingan va tajovuzchiga shikayet va zarar yetkazgan harakat, agar u Z. m. chegarasidan chiqmagan, yaʼni himoya xavfxatar xarakteriga moye boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi, ijtimoiy xavfli va huquqqa xilof qilmish sanalmaydi, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. OʻzR Konstitutsiyasining 20 va 27moddalarida, Oʻzbekiston JK 37moddasida har bir fuqaroning oʻzini va b. shaxslarni, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini faol himoya qilish huquqi ifodalangan. Download 25.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling