Zаryadni elеktr mаydоndа ko’chirishdа bаjаrilgаn ish


O‘zgaruvchan tok zanjirida induktiv va sig‘im qarshiliklar


Download 107.92 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi107.92 Kb.
#1507478
1   2   3   4
Bog'liq
kamolov3

O‘zgaruvchan tok zanjirida induktiv va sig‘im qarshiliklar


Avvalgi paragrafda ko‘rganimizdek, O‘zgaruvchan tok ham o‘zgarmas tok kabi issiqlik ta’siriga ega. Biroq tokning kattaligi va yo‘nalishi tez o‘zgarib turishi natijasida, o‘zgaruvchan tok o‘zgarmas tokdan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, o‘zgaruvchan tokdan texnikada qo‘llaniladigan elektroliz uchun foydalanib bo‘lmaydi. Ammo o‘zgaruvchan tok zanjiriga kondensatorlar batareyasini ulash mumkin va hokazo. O‘zgaruvchan tok zanjiriga g‘altak yoki kondensator ulanmagan holda tokning barcha energiyasi aktiv yoki omik qarshilikda sarflanadi. Bunda Ueff kuchlanishli zanjir qismida Ieff tokning quvvati

ga teng bo‘ladi. Agar o‘zgaruvchan tok zanjirida kondensator yoki induktivlik g‘altagi bo‘lsa, zanjirdan o‘tayotgan tok kuchi faqat kuchlanish va qarshilikkagina emas, shu bilan birga kondensatorning sig‘imi va g‘altakning induktivligi kabi kattaliklarga ham bog‘liq bo‘ladi va formula murakkablashadi. Buni quyidagi tajribada ko‘rish mumkin.
O‘zgarmas tok zanjiriga g‘altak va ampermetr ulaylik (1- rasm). Ampermetrga qarab tok kuchini belgilab olamiz. Endi g‘altak ichiga temir o‘zak kiritamiz. Òok o‘zgarmaydi. Agar g‘altakni o‘zgarmas tok kuchlanishiga teng kuchlanishli o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulasak, g‘altakdagi tok kuchi kamayib qoladi. G‘altak ichiga temir o‘zak kiritganimizda esa tok yanada ko‘proq kamayadi.

Shunday qilib, o‘zgaruvchan tok zanjirining induktivligi tokni kamaytiradi, bundan zanjirda induktiv g‘altak bo‘lishi zanjirning qarshiligini oshiradi, degan xulosaga kelish mumkin. Buning sababi shuki, zanjirdan o‘zgaruvchan tok o‘tganida unda induksiya EYK hosil bo‘lib, u hamma vaqt tashqi EYK ga qaramaqarshi yo‘nalgan bo‘ladi va tokning ortishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun o‘zinduksiya bo‘lganda zanjirda o‘zgaruvchan tok kuchi o‘zinduksiya bo‘lmagandagidan kichik bo‘ladi. G‘altakdagi tokning o‘zgarish tezligi va g‘altakning induktivligi qancha katta bo‘lsa, induksion tok shuncha katta bo‘ladi. O‘zgaruvchan tokning chastotasi qancha katta bo‘lsa, tokning son jihatdan o‘zgarish tezligi ham shuncha katta bo‘ladi. Zanjirda induktivlik mavjudligi tufayli vujudga keladigan qarshilik induktiv qarshilik
Download 107.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling