Zаryadni elеktr mаydоndа ko’chirishdа bаjаrilgаn ish


Download 107.92 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi107.92 Kb.
#1507478
1   2   3   4
Bog'liq
kamolov3

(RL,) deb atalib, u tokning chastotasiga va induktivlikka proporsional bo‘ladi:
bu yerda ω — o‘zgaruvchan tokning doiraviy chastotasi. Bu induktiv qarshilikni ham Ω larda ifodalanishini ko‘rsatishimiz mumkin, ya’ni

Endi kondensator ulangan o‘zgaruvchan tok zanjirini ko‘raylik. O‘zgarmas tok manbayiga kondensatorli zanjirni ulaganimizda undan tok o‘tmaydi. Chunki kondensator qoplamalari bir-biridan dielektrik bilan ajratilganligidan qarshiligi cheksiz katta bo‘ladi. Endi shu zanjirning o‘zini o‘zgaruvchan tok manbayiga ulasak, zanjirda mavjud bo‘lgan elektr lampochka yonadi(2-rasm)

Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Kondensator o‘zgaruvchan tok manbayiga ulanganda uning qoplamalari navbat bilan zaryadlanib va razryadlanib turadi. Shu tufayli kondensator va o‘zgaruvchan tok manbayi bo‘lgan zanjirda hamma vaqt kondensatorning zaryadlanishi va razryadlanishi tokning dam bir, dam ikkinchi yo‘nalishda o‘tib turishini ta’minlaydi. Shuning uchun o‘zgaruvchan tokni „kondensator orqali o‘tadi“ deyish mumkinki, bunda, albatta, tokning kondensatordan o‘tishi emas, zanjir simlarida tokning bo‘lishi nazarda tutiladi. Agar kondensatorni zanjirdan ajratib qo‘ysak, lampochka ravshanroq yonadi. Demak, o‘zgaruvchan tok zanjirida kondensator bo‘lishi zanjirning qarshiligini oshiradi.
Zanjirda sig‘im mavjudligi tufayli vujudga keladigan qarshilik s i g ‘ i m q a r s h i l i k (RC ) deb ataladi. Sig‘im qarshilikning kattaligi zanjirning sig‘imiga va tokning o‘zgarish chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Buni shunday tushuntirish mumkin. Kondensator qoplamalaridagi zaryad sig‘imga proporsional bo‘lganidan, kondensatorning sig‘imi qancha katta bo‘lsa, zanjir bo‘ylab shuncha ko‘p zaryad ko‘chadi. Chastota qancha katta bo‘lsa, kondensator shuncha tez zaryadlanadi va razryadlanadi, demak, zanjir bo‘ylab vaqt birligi davomida, shuncha ko‘p zaryad o‘tadi. Shuning uchun
Download 107.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling