Zaxira tushunchasi, zahira turlari. Zahiralarni boshqarish. Zahirani yaratishning asosiy sabablari


Zahiralar bilan ishlash yo‘nalishlari va zahirani maksimallashtirish


Download 71.69 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi71.69 Kb.
#1586635
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 ZAXIRA LOGISTIKASI

Zahiralar bilan ishlash yo‘nalishlari va zahirani maksimallashtirish

Zahiralarga nisbatan u yoki bu munosabatning mumkin bo‘lgan oqibatlarini baholash uchun mazkur masala bo‘yicha tarixiy tajribani umumlashtirishga, shuningdek ularda zahiralarning biznesdagi rolini qabul qilingan baholashga bog‘liq ravishda turlicha rol o‘ynaydigan korxonalarda ishning tashkil qilinishini zamonaviy misollariga murojaat qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tarix sahnasida zahiralarga nisbatan ustuvor munosabatning uchta bosqichini ajratish mumkin:

  • zahirani maksimallashtirish;

  • zahirani optimallashtirish;

  • zahirani minimallashtirish.

Zahiralarni boshqarishga nisbatan tarixda birinchi yondashuv zahiralar darajasini maksimallashtirish konsepsiyasi hisoblanadi. XX asrning boshlarigacha zahiralar yuqori darajasining bo‘lishi korxonaning boyligi va to‘kisligini bildirgan. Sovetlar davridagi iqtisodiyotda tashkilotlarda zahiralarni maksimallashtirishni rahbariyat ma’qullamagan, biroq bu narsa o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, chunki bunday zarurat etkazib beruvchilar, iste’molchilar va yondosh korxonalarga bevosita qaramlikni kamaytirish zarurligi bilan chaqirilgan. Birinchi jahon urushiga tayyorgarlik ko‘rish ko‘pgina iqtisodiy kashfiyotlarga, jumladan, zahiralarning yuqori darajasi kattagina kapital quyilmalarni talab qiladi degan xulosaga olib kelgan. XX asrning boshlaridan boshlab zahiralar darajasini zahirani yaratishga ketadigan jamlanma xarajatlarni minimallashtirish mezoni bo‘yicha optimallashtirish nazariyasi rivojlana boshlagan. Bunda, umuman olganda, zahiralarga nisbatan ijobiy munosabat saqlanib qolgan. Zahiralarni boshqarishga nisbatan yangicha yondashuv tashkil topgan. Zahiralar darajasini optimallashtirish bo‘yicha ishlar zahiraning o‘lchamini optimallashtirishning uslubiy bazasini rivojlanishiga, zahiralarni boshqarish nazariyasining klassik apparatini ishlab chiqilishiga, zahiralar bilan ishlash texnikasining rivojlanishiga olib kelgan. Mamlakatimizda zahiralar darajasini optimallashtirish masalasi ko‘pgina korxonalarda hozirgi kungacha ham hal qilinmasdan qolmoqda. Tarixda zahiralarni boshqarishga uchinchi yondashuvning boshlanishi biznesda logistikaning oyoqqa turishi va o‘ziga xos yapon menejmentining rivojlanishi bilan bog‘lanadi. «Toyota» korporatsiyasining mutaxassislari zahiraga nisbatan yangicha qaray boshlaganlar va zahira har doim zahirani to‘ldiradigan etkazib berishlarning tavsiflarini kelishmovchiliklarini, va zahiralardan foydalanishni talab qiladigan iste’mol qilish tavsiflarining kelishmovchiliklarini tekislaydigan bufer bo‘lib hisoblanishini qayd qilganlar. Zahira — bu korxonaga zahiraning paydo bo‘lishiga olib keladigan muammolarni hal qilmasdan faoliyat ko‘rsatish imkonini beradigan voqe’likdir. Biroq korxonaning raqobardoshliligining maqsadi shumi? Zamonaviy korxona o‘zining muammolarini hal qilishdan manfaatdor bo‘ladi, va shundan kelib chiqqan holda, bu muammolar bilan shartlangan zahiralarni qisqartirishdan manfaatdor bo‘ladi. Zahiralarni minimallashtirish «Toyota» kompaniyasining, so‘ngra esa butun jahon iqtisodiy hamjamiyatining shioriga aylangan. Zahiralarni minimallashtirish zahiralarga nisbatan salbiy nuqtai-nazarni yaqqol aks ettiradi.
Zahiralarni minimallashtirish yondashuvini amalga oshirish optimallashtirish bilan olinadigan zahiralar darajasi miqdoriga olib kelishi mumkin. Buning ustiga, zahiraning darajasini hisoblash apparati har ikkala holatda ham bitta bo‘lishi mumkin.
Zahirlar darajasini minimallashtirish va optimallashtirishning prinsipial farqlari quyidagilardan iborat.
1. Zahiraning darajasini optimallashtirish — zahiraga nisbatan ijobiy nuqtai-nazarning ifodalanishidir: u tovar-moddiy boyliklarning harakatlanish zanjirida qo‘shni zvenolarga bevosita qaramlikni kamaytiradi. Zahiraning darajasini minimallashtirish — zahiraga nisbatan salbiy nuqtai-nazarning ifodalanishidir: u biznes zanjirdagi zvenolarni bir-biridan ajratadi, logistika zanjirini integratsiyalashga to‘sqinlik qiladi.
2. Zahirani optimallashtirish zahiralar bilan ishlashning hisob-kitob masalalariga e’tiborni qaratadi, zahirani yaratish va ushlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan jamlanma xarajatlarning minimallashuviga olib keladigan eng tejamkor darajani aniqlashga intiladi. Zahirani minimallashtirish avvalambor ko‘rib chiqilyotgan zahira bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy oqimning harakatlanish zanjirini integratsiyalash bo‘yicha ishlarga, ya’ni bevosita zahiralarni boshqarish jarayoni bilan ishlashga e’tiborni qaratadi. Zahiralarga nisbatan yangicha yondashuvlarning paydo bo‘lishi oldingi nuqtai-nazarlardn voz kechishga olib kelmagan. Zahiralarni maksimallashtirish zahirani optimallashtirish nazariyasida rivojlanishga ega bo‘lgan, biroq bunda nomenkltura yoki asssortimentning alohida guruhlari bilan ishlashda muqobil echim sifatida saqlanib qolgan. Zahiraga nisbatan qarama-qarshi (salbiy) nuqtai-nazarning paydo bo‘lishi va tashkilotda zahirani minimallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yondashuvning rivojlanishi avvalgi tajribani inkor qilmagan, biroq biznes amaliyotida echimlarni tanlash imkoniyatini kengaytirgan.
Hozirgi kunda zahiralarni boshqarishga nisbatan uchta yondshuvning qaysi biridan foydalanish quyidagilar bilan belgilanadi:

  • ichki va tashqi menejment muhitining shart-sharoitlari;

  • tashkilotda ishlab chqilgan strategiyaning tanlangan missiyasi va maqsadlari;

  • rahbariyatning pozitsiyasi.

Korxonalar, shuningdek logistika tizimlari va etkazib berishlar zanjirlarida ishni zahiralardan foydalanish bilan mumkin bo‘lgan rejalashtirish va tashkil qilishga nisbatan ikkita yondashuvni ko‘rib chiqamiz. Birinchi yondashuv tovar-moddiy boyliklarni ko‘chirish va ishlov berish bilan shug‘ullanadigan korxonaning faoliyatini tashkil qilish tajribasini umumlashtirish bilan bog‘lanadi, ikkinchisi esa — tashkilotning operatsion faoliyatini rejalashtirish amaliyotini umumlashtirish bilan bog‘lanadi.
Kompaniyaning umumiy ishlashini tashkil qilish pozitsiyasidan to‘rtta bazaviy model ajratiladi, ularning har biri kompaniyaning, shuningdek uning logistika tizimi va etkazib berishlar zanjirining alohida zvenolarining faoliyat yuritishini ta’minlashda zahiralarning mos keluvchi roliga tayanadi:

  • Kirish va chiqishda zahiralar bilan ishlash modeli.

  • CHiqishda zahiralar bilan ishlash modeli.

  • Kirishda zahiralar bilan ishlash modeli.

  • Zahiralarsiz ishlash modeli.


Download 71.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling