Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti
Download 485.48 Kb. Pdf ko'rish
|
ingliz va ozbek tillarida qoshma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari
Supertaksema (supertaxeme) – tarkibida to’rtta monotaksema mavjud bo’ladi. Ularning ikkitasi bog’langan, ikkitasi ergash gap bo’ladi.
bo’lib, tarkibida beshta monotaksema mavjud bo’ladi, ulardan uchtasi ergashgan va ikkitasi bog’langan bo’ladi yoki aksincha.
bo’lib, tarkibida oltita monotaksema bo’ladi. Ulardan uchtasi ergashgan, uchtasi esa bog’langan bo’ladi yoki aksincha.
Qo’shma gap komponentlari asosan bog’lovchilar, bog’lovchi vositasidagi so’zlar yordamida birikadi. 1. Bog’langan qo’shma gaplar quyidagi bog’lovchi vositalari yordamida bog’lanadi: A) Coordinating conjunctions (and, or, else, but)
19
B) Conjunctive adverbs (otherwise, yet, still, therefore) For example: The darkness was thinking, but the street was still dimply lighted. He knew there were excuses for his father, yet he felt sick out heart. 2. Bog’lovchi vositalarsiz bog’langan qo’shma gaplar: The rain fell softly, the house was quit (Collins) The month was July, the morning fine, the glass–door stood ajar, through it played afresh breeze. (CH. Bronte) Ingliz tilida komponentlarning bog’lanish xususiyatiga qarab gaplar quyidagi turlarga bo’linadi: 1. The Compound sentence (Bog’langan qo’shma gap) 2. The Complex sentence (Ergashgan qo’shma gap) Ammo professor G’.M. Hoshimov qo’shma gaplarni 3 turga bo’lgan. 1. The Compound sentence (Bog’langan qo’shma gap) 2. The Com;plex sentence (Ergashgan qo’shma gap) 3. The Mixed sentence (Aralash qo’shma gap) Turli bog'lovchi vositalar yordami bilan o'zaro bog'langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligi murakkab qo'shma gap sanaladi.Murakkab qo'shma gaplar to'rt guruhga bo'linadi: 1) bir necha ergash gapli murakkab qo'shma gaplar; 2) bir necha bosh gapli murakkab qo'shma gaplar; 3) aralash murakkab qo shma gapiar; 4) qismlari uyushgan murakkab qo'shma gapiar. Masalan:
BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR Tarkibida ikki va undan ortiq ergash gaplari mavjud bo'lgan gaplar bir necha ergash gapli murakkab qo'shma gap sanaladi.
20
himoya qilishni bilsa, demokratik jamiyatga erishgan bo'lamiz. 2. Agar siz yoqtirgan odam sizga mehr-muruvvatini ayamasa, e'tibor bilan qarasa, bu olam-olam quvonch bag'ishlaydi. (Qamchibek Kenja) 4. Kun shu qadar isidiki, chumchuqlarning ham ovozi chiqmay qoldi, hamma o'zini salqinga oldi. (M.Pirmatov)
BIR NECHA BOSH GAPLI MURAKKAB QO’SHMA GAPLAR Tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo'lgan qo'shma gaplar bir necha bosh gapli murakkab qo'shma gap hisoblanadi.
ARALASH MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR Tarkibida ergashgan, bog’langan yoki bog’lovchisiz qo'shma gaplar mavjud bo’lgan gaplar aralash murakkab qo'shma gaplar hisoblanadi. 1.Qiz avval qo'rqdi, otasi uning Sidiqjon bilan so'zlashib turganini emas, boqqa
QISMLARI UYUSHGAN MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR Bir turdagi uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan gaplar qismlari uyushgan murakkab qo'shma qaplar deyiladi. 1.Umr o'tar, vaqt o'tar, Xonlar o'tar, taxt o'tar, Omad o'tar, baxt o'tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan, Sening yurishlaring, sening kulishlaring. (Omon Matjon) 21
2.Ayol — tig', toshlarni mumdek tilguvchi, Ayol — nur, qalblarni yoqib ketguvchi, Quyoshga bas kelar bitta kulgichi, Ayol omon bo'lsa, dunyo go'zaldir. Ko’rib turganimizdek, shunga guvoh bo’ldikki ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplarning hajm jihatdam murakkab (complex) turlari mavjud ekan.
Ikkinchi bob. Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va tarjimasi masalalari. 2.1. Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili………………………………………………………… Biz yuqorida bir nechta misollar yordamida, ingliz tilidagi qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjima qilish masalalarini ko’rib chiqdik. Ko’rinadiki, ingliz tilidan tarjima qilingan qo’shma gaplar o’zbek tilida sodda yoyiq gaplarga ham aylanishi mumkin. Ya’ni ergsh gap hususiyatini yo’qotishi mumkin ekan.
Shuningdek, ingliz tilida kesim ergash gaplar vergul bilan ajratilmaydi, o’zbek tilida esa kesim ergash gap bosh gapdan albatta vergul bilan ajratiladi. Bu holat ularning o’zaro farqli jihati hisoblanadi.Quyda ingliz tilida mavjud qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjima qilish usullarini ko’rib o’tamiz.
My mother and I went to the village, but the people there did not want to help us. [ ] (subject, predicate, adverbial modifier of place, conjunction, subject2, attribute, predicate2, dir.object,indir.obj. )
(ega, o’rin holi, kesim, bog’lovchi, aniqlovchi, ega, to’ldiruvchi,to’ldiruvchi kesim) Ushbu qo’shma gap komponentlari har ikkala tilda ham bir hil, o’zgarishsiz qolmoqda.
(adv.mod. of time, subject, predicate, object, conjunction, predicate, adv.mod. of time) U yigirma to’rt soat davomida istimaladiva uch kundan so’ng vafot etdi. ( ega, payt holi, kesim, bog’lovchi , payt holi, kesim) 22
Bu qo’shma gap tarkibidagi ―was attacked by a fever‖ birikmasi o’zbek tilida ―istimaladi‖ so’ziga to’g’ri kelyapti, va ingliz tilidagi ―object‖ tushib qolyapti. Ingliz tilidagi qo’shma gapning birinchi qismi biroz qisqardi I was so angry, I left the house immediately [ ] (subject, predicate, subject, predicate, object, adv.mod) Jahlim chiqdi, xonani darhol tark etdim. (kesim, to’ldiruvchi, hol, kesim) Ushbu gapda gap komponentlari soni qisqargan, ingliz tilidagi ega o’zbek tilida tushib qolgan, lekin kesimdan anglashiladi, ya’ni “jahlim chiqdi”, “tark etdim” kesim tarkibidagi –im shaxs- son qo’shimchasi orqali egani aniqlab olishimiz mumkin. He went, but immediately returned with a letter. [ ] (subject, predicate, conjunction, adv.mod., predicate, complement) U ketdi, lekin tez orada xat bilan qaytdi. (ega, kesim, bog’lovchi, hol, to’ldiruvchi, kesim) Ushbu qo’shma gap tarkibi o’zgarishlarsiz, to’g’ridan to’g’ri tarjima qilinyapti. Gap komponentlari har ikkala tilda ham bir hil. Ergash gapli qo’shma gaplar(Composite sentences). One night, as soon as I finished my work on the ship, I went to get some fruit from the barrel [ ] `Bir kuni tunda kemadagi ishlarimni yakunlashim bilanoq bochkadan biroz meva olishga ketdi[ ] Payt ergash gapli qo’shma gap o’zbek tiliga kengaygan birikmali sodda gap tarzida tarjima qilinyapti. When I got on the coach, the driver had not taken his seat, and I saw him talking to the landlady [ ] Avtobusga chiqqanimda haydovchining hali o’z joyini egallamaganini, mehmonxona egasi bilan gaplashayotganini ko’rdim. [ ] Bu aralash turdagi qo’shma gap, ya’ni bir qismi ergash gapli qo’shma gap, bir qismi esa bog’langan qo’shma gap. O’zbek tiliga tarjima qilinganda esa, kengaygan birikmali sodda gapga aylanyapti. He mumbled out that the money had been sent in a letter, and that was all he knew. 23
U pullar xat bilan jo’natilganligini va boshqa hech narsa bilmasligini aytib ming’irladi (B.Stoker. Dracula145-b) Bu qo’shma gap o’zbek tilida to’ldiruvchi uyushgan sodda gap shakliga ega. Our demand is that taxes shouldn’t be risen up and the government should do something about it. Talabimiz shuki, soliqlar ko’tarilmasin va hukumat bunga qarshi nimadir qilishi kerak. The to be settled on now is whether anything can be done to save him or whether everything is up to him. Hozir hal qilishimiz kerak bo’lgan narsa shuki, uni qutqarish uchun biror narsa qilinadimi yo’qmi yoki hamma narsa uning o’ziga bog’liq The trouble was that he get mixed, and he never told truth. Muammo shunda ediki, u hamma ishga aralashaverardi va hech qachon haqiqatni gapirmas edi. That was what he could neither write nor read, and he came to school rarely. Muammo shunda ediki, u na yoza olardi na o’qiy olardi, va maktabga ham kam kelardi.
Ko’rib turganingizdek ingliz tilida uyushgan kesim ergash gaplar o’zbek tiliga uyushgan ergash gaplar yordamida, shuningdek, teng bog’lovchilar (ayruv, zidlov) yordamida tarjima qilinishi mumkin ekan.
Tarjima jarayonida ingliz tillaridagi uyushgan kesim ergash gaplarning strukturasi buzulmay, uyushgan kesim ergash shaklida o’zbek tiliga tarjima qilinishi mumkin ekan.
2.2. Ingliz tilida qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjimasi masalalari.
Tarjima—bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi sanaladi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim ko’rinishi. Asliyat va qayta tiklangan matn hususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga ko’ra tafsir, tadbil, sharh kabi ko’rinishlarga ham ega bo’lishi mumkin.Tarjima qadimiy davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasida o’zaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu og’zaki turi hozirda ham saqlangan. Tarjimaning xillari: 1.Bir tildan ikkinchisiga qardosh yoki qardosh bo’lmagan tilga tarjima qilish. 2.Adabiy tildan uning biron shevasiga va biron shevadan adabiy tilga yohud bir tilning shevasidan boshqa adabiy tilga tarjima qilish.
24
3. Qadimiy davr tilidan o’sha tilning hozirgi zamonaviy holatiga tarjima qilish (masalan, qadimgi o’zbek tilidan hozirgi o’zbekchaga tabdil etish) Asl nusxada ifodalangan fikr bo’lak tilda ham xuddi aslidagiday to’la, aniq va ta’sirchan bo’lishi lozim. Bundan tashqari tarjima o’sha asr o’girilgan tilning me’yoriga mos, muvofiq bo’lishi lozim.Tarjimaning bosh xossasi uning boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayon, so’z san’ati ekanligidir. Zamonlar osha tarjimaga bo’lgan talablar yangilana boradi, ammo uning ijodiy xarakteri, qayta yaratish sa’nati ekanligi o’zgarmaydi.Tarjimani qo’llash va uningtaraqqiyoti har bir xalqning ma’rifiy darajasiga bog’liq va o’z navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali ta’sir etadi. ―Tarjima‖ termini bir tildagi matnni ikkinchi tilga o’girish jarayonining, shuningdek tayyor tarjima asarini anglatadi. Hozirgi davrda har bir taraqqiy etgan xalqda jahondagi yuzlab xalqlar tilidan o’z ona tiliga ilm- fan va madaniyatning o’nlab sohalariga oid materiallarini tarjima qilinadi. Tarjima nusxa ko’chirish emas, tarjimaning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, tarjimada iz qoldiradi. Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asliyat matnni til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqe’likni muallif darajasida puxta bilishi shart.Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida tarjimachilikning ta’siri katta bo’ladi. Zero tarjima adabiyot tarihi bilan tengdosh.
O’zbek tarjimashunosligi ham qadimiydir. O’zbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm sifatida o’tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. O’zbek tarjimashunosligida asosan adabiy yo’nalishi taraqqiy etgan. Tarjimaning insoniy jihatlari keyinroq o’zbek tiliga ko’pgina xorijiy tillardan bevosita o’girishga yo’l ochilgandan so’ng rivojlana boshladi.
Tarjima xoh u yozma bo’lsin, xoh og’zaki bo’lsin, u millatlar va xalqlar o’rtasidagi muhim aloqa vositasi hisoblanadi. Har qanday tarjimaning asosiy vazifasi asl tilda so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bildirilgan komunikativ maqsadni o’zga tarjima tilida to’la va aniq ifoda etilishidan iborat. Tarjimaning aniq va mukammal bo’lishida tilning grammatik qurulishi, unga muofiq til birliklarning mavjud ekanligi yoki emasligi, tilning ob’ektiv borliqni ifoda eta olish imkoniyatlarining miqyosi bir xil ekanligi yohud bir xil emasligi kabi omillar qatorida tarjimaning mahorati katta ahamiyat kasb etadi.
Shu ma’noda, tarjimon nafaqat asliyat tarjima tillarning Grammatik qurilishi, leksik boyligini, balki o’sha tillarda gapiruvchi xalqlar tarihi, urf-odatlari, an’anasi haqida bilimlarga ega bo’lishi lozim.Til birliklarining funksional jihatlari haqida ham mukammal bilimlarga ega bo’lishi kerak.
Tarjima jarayonining oson yoki qarindosh yoki qarindosh emasligi, tipologik jihatdan bir yoki boshqa –boshqa til tizimlariga mansubligi ham katta ro’l o’ynaydi. 25
Analitik qurulishga ega bo’lgan, ingliz, fransuz, ispan kabi tillarning grammatikasi va Grammatik qurulishi o’xshash tomonlarining ko’pligi tarjima jarayonini osonlashtirsa, agglyutinativ tillarga mansub hozirgi zamon o’zbek tilida va analitik qurilishga ega bo’lgan hozirgi zamon ingliz tili asosida amalga oshiriladigan tarjimalarda bu jarayon qiyinroq kechishi mumkin. Hozirgi kunda tarjima jarayonining miqyosi ancha kengaydi. Leksik tarjimon o’z faoliyatida barcha sohalarni qamrab olish imkoniyatiga ega emas. Shu bois, tarjima to’laqonli, aniq va tabiiy chiqishida ixtisoslashuvning ahamiyati beqiyos ekan. Bu borada tarjimon ko’zda tutilgan malakaviy amaliyot borasida ham ancha-muncha islohotlarni amalga oshirish lozim deb o’ylayman. Amliyot jarayonining 3 bosqichga bo’linishi maqsadga muofiq bo’ladi:
monologik, diologik nutqlarga nisbatan sodda tuzulishiga ega matnlar, ertak va hikoyalarni og’zaki va yozma tarjima qilish ko’nikmalari va malakalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi.
munozaralarni o’girish malakalari singdiriladi.
uchrashuvlarda tarjimonlik qilish qatorida tarjimonning talaba tanlagan sohasi bo’yicha ixtisoslashuvga yo’naltirish maqsadga muofiq.
Shu bosqichlar sirasiga (ikkinchi bosqichga) grammatik materiallarni tarjima qilishni ham kiritishimiz mumkin.Ingliz tilida quyidagi qo’shma gaplar o’zbek tiliga o’zbek tilidagi kesim ergash gaplar vositasida tarjima qilinadi:
Ingliz tilidagi kesim ergash gapli qo’shma gapni o’zbek tiliga tarjima qilishda bosh gap bilan ergash gapni bog’lashga kishilik va so’roq olmoshlari ishlatiladi. Bunda kishilik yoki so’roq olmoshlarning barchasi emas, balki ayrimlari: Shu, (shuki, shundaki), kim kabi turlarini qo’llash mumkin. Lekin ingliz tilida bosh gap tarkibida keluvchi to be bog’lama fe’li uni kesim ergash gap tarkibidagi ishlatiluvchi teng bog’lovchilar va so’roq olmoshlari esa ikkala bo’lakni bog’lovchilar hisoblanadi. Va o’zbek tiliga yuqorida aytib o’tganimizdek so’roq va kishilik olmoshlari yordamida (shu, shuki, shundaki, kim) tarjima qilinadi. Ergash gapli qo’shma gaplarni tarjima qilganimizda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishini quyidagi misollar orqali ko’rib chiqamiz. One night, as soon as I finished my work on the ship, I went to get some fruit from the barrel [ ] `Bir kuni tunda kemadagi ishlarimni yakunlashim bilanoq bochkadan biroz meva olishga ketdim 26
Payt ergash gapli qo’shma gap o’zbek tiliga kengaygan birikmali sodda gap tarzida tarjima qilinyapti. Misollar:
1.The trouble is that I have lost his address. Muammo shundaki, uning manzilini yo’qotib qo’ydik. 2.The question is whether they will be able to help us. Masala ular bizga yordam bera oladilarmi yo’qmi shunda. 3.The weather is what it was yesterday. Havo kechagidek. 4.My dear boy, the difference between you and me is that you give too easily. O’g’lim, sen bilan mening o’rtamdagi farq shundaki sen juda ham oson taslim bo’lasan. 5.Our attitude simply is that facts are facts. Bizning munosabatimizning soddaligi shundaki, fakt bu fakt. 6.The thing to be settled on new is whether anything can be done to save him. Hozir hal qilishimiz kerak bo’lgan narsa uni qutqarish uchun biron bir narsa qilinadimi yo’qmi.
7.It seems as if all these years I have been living under false pretences. O’tib borayotgan bu yillar menga huddi yolg’on qarama-qarshiliklar ostida yashayotganday tuyilyapti. 8.I felt as if death had laid a land onme. Men o’lim menga huddi soya solayotgandek his etdim. 9.But this time, just about sunset, was always what I loved best. Aynishu payt, quyosh botish payti, men eng yoqtirgan payt edi. 10.The question was how the matter to be kept quiet. Masala muammoni qanday qilib tinch yo’l bilan hal qilmoqda edi. 11.That was why you were not one bit frightened. Masala sizni nima uchun biroz bo’lsada qo’rqmaganligizda. 12.The problem was that whether they had come to us. Muammo ularning biznikiga kelishi yoki kelmasligida edi. 13.The cause of his coming to us is that he has never been here for along time. Uning biznikiga kelishining sababi shundaki, u ancha vaqtdan beri bu yerda bo’lmagan edi. 14.The new information is that he never drops the study . Yangi xabar shuki, u hech qachon o’qishni tashlamaydigan bo’ldi. 27
Biz yuqorida bir nechta misollar yordamida, ingliz tilidagi qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjima qilish masalalarini ko’rib chiqdik. Ko’rinadiki, ingliz tilidan tarjima qilingan qo’shma gaplar o’zbek tilida sodda yoyiq gaplarga ham aylanishi mumkin. Ya’ni ergsh gap hususiyatini yo’qotishi mumkin ekan.
Shuningdek, ingliz tilida kesim ergash gaplar vergul bilan ajratilmaydi, o’zbek tilida esa kesim ergash gap bosh gapdan albatta vergul bilan ajratiladi. Bu holat ularning o’zaro farqli jihati hisoblanadi.Quyda ingliz tilida mavjud qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjima qilish usullarini ko’rib o’tamiz. Ko’rib turganingizdek ingliz tilida kesim ergash gaplar o’zbek tiliga ergash gaplar yordamida, shuningdek, teng bog’lovchilar (ayruv, zidlov) yordamida tarjima qilinishi mumkin ekan.
Tarjima jarayonida ingliz tillaridagi kesim ergash gaplarning strukturasi buzulmay, kesim ergash gap shaklida o’zbek tiliga tarjima qilinishi mumkin ekan. Bu hol bog’langan qo’shma gaplarda quyidagicha: My mother and I went to the village, but the people there did not want to help us. [ ] Oyim va men qishloqqa bordik, lekin u yerdagi odamlar bizga yordam berishni xohlashmadi. In twenty – four hours he was attacked by a fever, and died three days afterwards. [ ] U yigirma to’rt soat davomida istimaladiva uch kundan so’ng vafot etdi. Bu qo’shma gap tarkibidagi ―was attacked by a fever‖ birikmasi o’zbek tilida ―istimaladi‖ so’ziga to’g’ri kelyapti, va ingliz tilidagi ―object‖ tushib qolyapti. Ingliz tilidagi qo’shma gapning birinchi qismi biroz qisqardi I was so angry, I left the house immediately [ ] Jahlim chiqdi, xonani darhol tark etdim. Ushbu gapda gap komponentlari soni qisqargan, ingliz tilidagi ega o’zbek tilida tushib qolgan, lekin kesimdan anglashiladi, ya’ni ―jahlim chiqdi‖, ―tark etdim‖ kesim tarkibidagi –im shaxs- son qo’shimchasi orqali egani aniqlab olishimiz mumkin. He went, but immediately returned with a letter. [ ] U ketdi, lekin tez orada xat bilan qaytdi. Ushbu qo’shma gap tarkibi o’zgarishlarsiz, to’g’ridan to’g’ri tarjima qilinyapti. Gap komponentlari har ikkala tilda ham bir hil.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling