Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti
Download 485.48 Kb. Pdf ko'rish
|
ingliz va ozbek tillarida qoshma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XORIJIY TILLAR FAKULTETI (5141400-ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi) Ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti kafedrasi
- Ilmiy rahbari: Matkarimova.A ANDIJON – 2014
- XULOSA………………………………………………….52-54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLARRO’YHATI…………..……………………………….......55-56
1
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ZAXIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY TILLAR FAKULTETI (5141400-ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi) Ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti kafedrasi BITIRUV MALAKAVIY ISHI MURODOVA DILNOZA (404-guruh bitiruvchisi) Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda o’qitish muammolari
2
KIRISH……………………………………3-10 Birinchi bob. Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplarnazariyasi. 1.1. Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar nazariyasi……………………………………………11-21 1.2. Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplarhajmi masalasi………………………………………………22-27
masalalari. 2.1. Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili…………………………………………………..28-31 2.2. Ingliz tilida qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjimasi masalalari………………………………………………32-37 Uchinchi bob. Ingliz tilida qo’shma gaplar hajmi mavzusini o’zbek maktablarida o’qitish muammolari 3.1. Ingliz tilida qo’shma gaplar hajmi mavzusini o’zbek maktablarida o’qitish bo’yicha metodik tavsiyalar………38-44 3.2. Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi va ularni mustahkamlash bo’yicha mashqlar tizimi…………………45-51 XULOSA………………………………………………….52-54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLARRO’YHATI…………..……………………………….......55-56 3
O’zbekiston mustaqillika erishgandan buyon ko’plab yutuqlarga erishildi va davlatimiz har tomonlama yuksaldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu o’tgan yillar davomida ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatlardan ulkan rivojlanishga muvaffaq bo’lindi. Boshqa sohalar bilan birqatorda ta’lim tizimini yuksaltirish uchun ko’plab ishlar amalga oshirildi. Shulardan krill yozuvidan lotin yozuviga o’tildi va eski o’n bir yillik ta’lim tizimidan yangi to’qqiz yillik maktab va uch yillik o’rta ta’lim yo’lga qo’yildi.Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’grisida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori shu paytgacha ta’lim yo’lida qilingan ishlarni davomi sifatida juda katta ahamiyatga ega bo’ldi desak also mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu qarorda ta’kidlanganidek, mamlakatda O’zbekiston Respublikasining ―Ta’lim to’g’risida‖gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarini o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg’un kamol topgan, o’qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizim yaratildi. Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillari o’qituvchilari tayyorlandi, umumta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo’yicha multimedia darsliklari, boshlangich sinflarda ingliz tilini o’rganish elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko’proq lingafon kabinetlari jihozlandi. Shu bilan birga, chet tillari o’rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko’rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o’quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg’or axborot va media- texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to’liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslubda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o’rganishni tashkil qilish, shuningdek, o’qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutahassislar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda uning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida: Qarorga muvofiq, quyidagilar 2013/2014 o’quv yilidan boshlab Respublikaning barcha hududida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o’rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi; Oliy o’quv 4
yurtlarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo’yicha o’qitish chet tillarda olib boriladi; umumiy o’rta, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’qituvchilari va o’quvchilarini chet tillar bo’yicha darsliklar va o’quv-uslubiy komplekslar bilan ta’minlash, ularni belgilangan muddatlarga rioya etilgan holda qayta nashr etish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg’armasining aylanma mablag’i hisobidan bepul amalga oshiriladi. Chet tillarini o’rganishni yanada rivojlantirish bo’yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash 2-ilovaga muvofiq tartibda tashkil qilindi, O’zbekiston Davlat Jahon tillar universiteti uning ishchi organi etib belgilandi. Muvofiqlashtiruvchi kengash manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda hamda yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda: 2013 yilning 1-martigacha bo’lgan muddatda har bir ta’lim bosqichida chet tillarini bilish darajasining aniq mezonlarini nazarda tutuvchi yangi ta’lim standartlari tasdiqlanishi ta’minlansin; 2013 yilning 1-mayigacha bo’lgan muddatda umumta’lim maktablarining birinchi sinfidan boshlab chet tillar ta’limini uzuliksiz joriy etilishini, shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarida uning davomiyligini nazarda tutuvchi umumta’lim maktablari, o’rta maxsus kasb- hunar va oliy o’quv yurtlarining yangi o’quv rejalari va dasturlari ta’minlanishi tasdiqlansin. Ta’lim standartlari, o’quv dasturlari va rejalari, darsliklarni ishlab chiqish, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etish uchun yetakchi xorijiy o’quv markazlarini, chet tillar bo’yicha xalqaro ekspertlar va mutaxassislarni jalb etsin; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda chet tillarni o’qitish tizimini tubdan qayta ko’rib chiqilishi va kuchaytirilishini, o’quv yakunlari bo’yicha umume’tirof etilgan testlar topshirilishi ta’minlanishligi aytildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil qilinsin, Markaz hodimlarining soni 12 kishiga ko’paytirilsin va vazifani quyidagilardan iborat etib belgilaniladigan bo’ldi: Xalqaro e’tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy etish; o’rganuvchilarni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlashni to’lov asosida test o’tkazish va namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishni tashkil etish, o’rganuvchilarni mustaqil ravishda chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash uchun testga tayyorlanishga zarur ma’lumotlarni tayyorlash va internetga joylashtirish. Markazning budjetdan tashqari daromadlari hisobidan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markazga to’lov asosida mustaqil ekspertlarni va imtihon oluvchilarni jalb etish huquqi berildi. Shunday tartib o’rnatilishi ko’zda tutildiki, unga muvofiq: umumta’lim maktablari, o’rta maxsus kasb-hunar o’quv muassasalarida chet tillar o’qituvchilariga zarur ehtiyoji bo’lgan uzoq 5
tumanlar va qishloq aholi punktlarida yashayotgan aholi ichidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyanomalari asosida chet tillar o’qituvchilari ixtisosligiga oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabulni amalga oshirishga ruhsat etiladi; maqsadli qabul asosida oliy ta’lim muassasasiga o’qishga qabul qilingan shaxslar, o’qishni bitirgandan so’ng, o’zlari yashaydigan joylarda joylashgan va mahalliy davlat hokimyati organlari tavsiyanomalarida ko’rsatilgan ta’lim muassasalarida 5 yildan kam bo’lmagan muddatda olingan mutaxassisliklari bo’yicha ishlab berishlari shart. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining chet tillar o’qituvchilari va muallimlariga qonun hujjatlari bilan belgilangan rag’batlantiruvchi to’lovlar va q’shimchalarni hisoblashda, ularning lavozim maoshlari tarkibiga kiritilgan holda qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida ularning ta’rif stavkalariga 30 foiz va boshqa ta’lim muassasalariga 15 foiz stavkalari miqdoridagi har oydagi qo’shimchalar qo’shib berishni belgilash to’g’risidagi taklifi qabul qilindi va bu aytish mumkinki tilga bo’lgan e’tiborning yuqori darajasidir. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi uch oy muddatda, moliyalash manbalari Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg’armalar, xorijiy kreditlar va xalqaro grantlar, shuningdek, homiylar va xayriyachilar mablag’lari ko’zda tutilgan holda, 2013-2016 yillarda ta’lim muassasalari xorijiy tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-komunikatsiya va o’qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlashning jadallashtirilgan dasturini ishlab chiqsin hamda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda uni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiriladigan bo’ldi va bular shuni anglatadiki, tilga yurtimizda davlat siyosati darajasida e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekomunikatsiya texnologiyalari qo’mitasi, O’zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O’zbekiston Milliy axborot agentligi, bolalar va yoshlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini inobatga olgan holda, quyidagilar ta’minlansin: Televideniya, shu jumladan mahalliy telekanallar orqali bolalar va o’smirlarni xorijiy tillarga o’rgatish bo’yicha ko’rsatuvlar tayyorlash hamda ularni translyatsiya qilish, boshqa xalqlarning tarihi va madaniyati, jahon ilmi va tehnikasiga bag’ishlangan ilmiy-ommabop, xorijiy - badiiy hamda multiplikatsiyaviy filmlarni o’zbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam ko’rsatib borishni amalga oshirish; ―ZiyoNet‖ tarmog’i orqali ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini sezilarli orttirish, uning resurs markazini multimedia resurslari, shaxsiy kompyuterlar va mobil uskunalar uchun ilovalar bilan boyitish, shuningdek, ingliz tilida o’quv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan 6
gazetalar va jurnallarni chop etish, ularni maxsus ruknlar hamda ilovalarni tashkil qilinishi, aytish mumkinki, juda katta yangilik bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgarish va qo’shimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar, shuningdek, idoraviy me’yoriy hujjatlarga tegishli o’zgarishlar kiritilsin. Chet tillarini nafaqat uzluksiz ta`limning barcha bosqichlarida, bog`cha, maktab, akademik litsey, kasb – hunar kollejlari, oliy ta`lim muassasalarida, balki xalq xo`jaligining barcha sohalarida mehnat qilayotgan turli yosh, turli kasb egalari ham o`rganishi davlat ahamiyatiga molik masala darajasiga ko`tarildi. Shu kunning talabi dunyo hamjamiyati bilan muntazam aloqada bo`lishdir. Chunki dunyo fani, texnikasi, iqtisodiyotida erishilayotgan muvaffaqqiyatlar nafaqat bir mamlakat yoki xalq, balki butun dunyo xalqlarining ilmiy va texnikaviy mulkiga aylanib qolmoqda. Bugun ana shulardan boxabar bo`lish, mamlakat porloq kelajagi, xalq manfaatlari, taraqqiyoti yo`lida unumli foydalanish O`zbekiston rivojiga rivoj qo`shadi, uning salohiyatini oshiradi. Buning uchun, albatta, muloqot zarur. U esa til vositasida amalga oshadi. Bu borada tarjima ishlari alohida ahamiyat kasb etadi, tildan – tilga tarjima jarayonini amalga oshirish uchun tarjimon mutaxassislardan alohida tayyorgarlikni talab etadi. Avvalom bor, tarjimon, muloqot yoki tarjima bilan shug`ullanuvchi ma`lum kasb egasi asl va tarjima tillari strukturasiga oid zarur bilimlarga ega bo`lish zarur. Bundan tashqari tarjimon u yoki bu mamlakat, xalq tarixi, urf – odatlari, qadriyatlari yoki xalq xo`jaligining ma`lum sohasiga oid bilimlarga ham ega bo`lishi kerak deb o`ylaymiz. Hozirda tarjimon mutaxassislar tayyorlash asosan O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, O`zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kabi ta`lim muassasalarida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari tarjimonlik ko`nikma va malakalari bo`lg`usi chet tillari bo`yicha pedagoglarda ham topshirishga e`tibor berilmoqda. Chet tillari bo`yicha O`qituvchilar tayyorlash ta`lim yo`nalishlari o`quv rejalariga ―Tarjima nazariyasi va amaliyoti‖, ―Izchil va sinxron tarjima‖ fanlarining kiritilishi ham bejiz emas. Bitiruv malakaviy ish mavzusi: ―Ingliz va O’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda o’qitish muammolari‖ , u ingliz va o`zbek tillarida birdek tarqalgan qo’shma gaplar haqida bo’lib, tarjima va o’qitish masalalarini tadbiq etishga bag`ishlanadi. Bitiruv malakaviy ishning dozarbligi. Izlanishning mavzusi qo’shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda o’qitish muammolari bo’lib, bu mavzu ikki til doirasida ham keng yoritilgan. Biroq qo’shma gaplar hajmining Ingliz va O’zbek tilida qiyoslab 7
o’rganilmaganligi va tarjimadagi ayrim qiyinchiliklarning mavjudligi qo’shma gaplarning mana shu jihatlariga e’tibor berishimizni talab etadi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi ingliz tilida mavjud qo’shma gaplarniva ularning hajmini qiyosiy o’rganish, izlanish jarayonida mavjud qiyinchiliklarni, o’xshash va noo’xshash jihatlarini, muammoli joylarni topishdan va ularni o’qitish bo’yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. BMIning maqsadlaridan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi:
ingliz va o`zbek tillarida qo’shma gaplar bo`yicha turli nazariyalarni o`rganish va tahlil etish;
qo’shma gaplarga oid tasnif va tavsiflarni qiyosiy o`rganish;
qo’shma gaplarni hosil qilishda ishtirok etuvchi vositalarning tillararo o`xshash va no`xshash jihatlarini aniqlash; barchaqo’shma gap turlarini tillararo farqli jihatlarni til o`qitish jarayonida hisobga olish, tarjima va o`qitishning samarali texnologiyalarini, uslubiy tavsiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish. Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Izlanishning predmeti ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmining qiyosiy tahlili hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishning ob`ekti. Izlanishning ob’ekti bo’lib ingliz va o’zbek tillaridagi qo’shma gaplar hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishning metodlari. Izlanish davomida transformatsion, qiyosiy, oppositive, distributive, statistik kabi metodlardan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishning materiali sifatida Grammatik adabiyotlardan, darsliklardan va turli qo’llanmalardandan foydalanib, mavzuga doir misollar olindi. Bu misollar keng qamrovli misollar va materiallar sifatida xizmat qildi, kerakli ma’lumot bilan ta’minladi. Bitiruv malakaviy ishning metodologik asosi. Izlanish nazariy
va umumiy
metodologik asosini
O`zbekiston Respubliksi I.A.Karimovning asarlari, ―Ta`lim to`g`risida‖ gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ orqali belgilangan vazifalar hamda fan va texnikani rivojlantirishga doir me`yoriy hujjatlar tashkill etadi. Shuningdek, ishda .S.Barxudarov, I.I.Meshchaninov, M.Y.Blokh, K.N.Kachalova, V.l.Kaushanskaya, G’Abdurahmonov, O`.Q. Yusupov, G` M. Hoshimov kabi olimlarimiz tomonidan bildirilgan ilmiy mushohadalar, lingvistik qarashlarga asoslanildi. Bitiruv malakaviy ishning yangiligi shu bilan belgilanganki, Ingliz va O’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmining qiyosiy tahlili u darajada chuqur va rejimga solib o’rganilmagan. Biz bu ishda kerakli vositalarni bir tizimga solishga harakat qildik. 8
Izlanishning ilmiyahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishda ingliz va o’zbek tillaridagi qo’shma gap turlarining xususiyatlari tipologik jihatdan tahlil qilindi. Ayni paytda qo’shma gaplarning struktural, semantik, funksional va kommunikativ-pragmatik jihatlari o’rganildi. Shuningdek, ushbu mavzuning qiyosiy tipologik tomondan tadqiq qilinishi mazkur izlanishning nazariy ahamiyatini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishning amaliyahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishning ahamiyati shundaki, qo’shma gaplarni lingvistik metodlar asosida tahlil qilish natijalaridan o'quvchilarga nazariy va amaliy grammatika fanlarini o’qitishda, qiyosiy tipologiya kabi fanlarda, o'quv va metodik qo'llanmalar, darsliklar yaratishda samarali foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchbob,
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismi mavzuning dolzarbligi, amaliy va nazariy ahamiyati, vazifalari, metodologik asosi, ishning yangiligi, ob’ekti, materiali va predmetini o’z ichiga oladi. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar nazariyasi haqida umumiy ma’lumot berildi. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida Ingliz va O’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi masalasi hamda o’xshash va noo’xshash jihatlari, hamda tarjima jarayonidagi qiyinchiliklar ko’rib chiqildi. Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida qo’shma gaplarni o’zbek maktablarida o’qitish yuzasidan metodik tavsiyalar va mustahkamlash uchun mashqlar tizimidan na’munalar berildi. Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida ishni yozish davomida olingan bilim va ko’nikmalar haqida, hamda kiritilgan yangilik haqida qisqacha fikrlar bayon qilindi. Bitiruv malakaviy ishining adabiyotlar ro’yxati ishni yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan to’ldirildi.
Birinchi bob.Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar nazariyasi. 1.1 Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar nazariyasi
9
Til insonlar orasidagi aloqa vositasi bo’lib, u yordamida kishilar o’z fikrini, maqsad, his- hayajonlarini ifodalaydilar, muloqot va munosabatga kirishadilar. Fikr turlicha ifodalanadi: sodda yoki qo’shma gaplar, murakkab qo’shma gaplar orqali, darak, so’roq, buyruq, undov gaplar vositasi bilan ikki yoki bir sostavli gaplar yordamida,to’liq yohud to’liqsiz gaplar orqali ifodalinishi mumkin. Bu shakllarning turi fikrning hususiyatiga ma’lum maqsadga ko’ra belgilanadi. Ammo gap qanday shaklda bo’lmasin unda kishining ma’lum maqsadi ifodalanadi. Bundan xatto undov yoki so’roq gaplar ham mustasno emas.Binobarin til ham o’z navbatida fikrga, ongga ta’sir etadi, uni shakllantiradi, kengaytiradi, chuqurlashtiradi. Fikr, ong va til o’zaro aloqada shakllanadi, namoyon bo’ladi, taraqqiy etadi. Shulardan kelib chiqib til birliklarining asosi bo’lgan gap haqida o’z fikrlarimizni bayon etmoqchimiz.
Gap haqida gapirar ekanmiz, avvalo uning ta’rifiga to’xtashimiz joizdir.Gap nisbiy fikr tugashiga va predikativlikning mavjud bo’lishi hamda u Grammatik jihatdan ma’lum qonun va qoidalar asosida shakllanishi, o’ziga hos ohangga ega bo’lishi shart. Gapning bu hususiyatlari ko’pchilik tillar uchun umumiydir. Ammo bu belgilarning turli tillarda namoyon bo’lishi, ahamiyati, o’rni turlichadir. Har bir gap ma’lum maqsad va fikrni yoki his-hayajonni ifodalaydi, aks holda gap emas, so’z birikmasi bo’lib qoladi. Gap bo’lishi uchun, albatta, egasi bilan shaxsda, sonda moslashgan fe’l bo’lishi shart emas.Ma’lum maqsad fikr ifodalangan, predikativ munosabati mavjud bo’lgan qurilmalar hatto ayrim so’zlar ham gap sanaladi. Spring! Bahor! Birds! Qushlar! Gap Grammatik jihatdan tuzilishiga ko’ra o’ziga xos bir qurilmani tashkil etadi. Ingliz va o’zbek tillarida gaplarni quyidagi guruhlarga ajratamiz. Simple sentence sodda gap Complex sentence ergash gapli qo’shma gap Compound sentence bog’langan qo’shma gap Composite sentence qo’shma gap
Download 485.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling