Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti
Ingliz tilida sodda gaplar o’zbek tilidagi sodda gaplar tizimiga mos keladi
Download 485.48 Kb. Pdf ko'rish
|
ingliz va ozbek tillarida qoshma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari
Ingliz tilida sodda gaplar o’zbek tilidagi sodda gaplar tizimiga mos keladi. She works. I write a letter. U ishlaydi. Men hat yozaman. Biz hozirgi paytdagi qo’shma gaplarni o’rganib ularni qiyoslashga harakat qilamiz. Tilshunoslikda bu turdagi gaplar ko’pchilik olimlar tomonidan o’rganib kelinayotgan hodisalardan biridir. 10
Qo’shma gaplar va ularga ta’riflar ko’plab olimlar tomonidan ancha yillardan beri talqin qilib kelinayotgan bo’lsada, hozirgi kunda ham bu masala muhokamali mavzulardan biri bo’lib qolmoqda. XIX asrning o’rtalarida gaplar tuzilishiga ko’ra tasniflangan va ular murakkab gaplarni tashkil etgan bo’laklar ―Clause‖ lar ega va kesimdan iborat ekanligini ko’rsatganlar. Bu masala bilan HUZ, FRUZ kabi olimlar ham shug’ullanganlar. Bizga ma’lumki, bizgacha qo’shma gaplar har ikki tilda ham mukammal o’rganilgan. Qo’shma gaplarni ko’plab olimlar o’rganib, bog’langan qo’shma gaplar, ergash gapli qo’shma gaplar, bog’lovchisiz qo’shma gaplar kabi turlarga ajratganlar. Rus olimi Kaushanskaya bog’langan qo’shma gapni quyidagicha ta’riflagan:‖ A Compound sentence is a sentence which consists of two or more clauses coordinated each other.‖ Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo’lgan gaplar gaplar qo’shma gaplar deyiladi. Sodda gaplarda monopredikativ munosabat mavjud bo’lsa, qo’shma gaplarda esa polipredikativ munosabatlar mavjud. Ya’ni G.G. Pocheptsovning ta’kidlashicha, ―Sodda gaplarda monopredikativlik, qo’shma gap tarkibida esa polipredikativlik xususiyatlari namoyon bo’ladi‖. Qo’shma gap qismlarining ikki xil birikish usullari mavjud: A) Parataksis (parataxis) B) Gipotaksis (hypotaxis) Parataksis – grekcha so’z bo’lib,bog’lanish,qator tizish degan ma’noni ifodalaydi. Bunday qurilmalar qismlari orasida turli mazmun munosabatlarining ifodalanishida shu qismlar tarkibidagi gap bo’laklarining ma’nosi va o’rinlashishi, ularning semantik va grammatik o’zaro munosabati , ayrim leksik tarkibidagi gap bo’laklarining ma’nosi va o’rinlashishi, ularning semantik va grammatik o’zaro munosabati, ayrim leksik elementlarning qo’llanilishi, gaplarning intonatsiyasi kabi omillar asosiy rol o’ynaydi. Kecha o’zining qora pardasini yig’ishtira boshladi va ufq oqara boshladi The door of Henry’s lunch-room opened and three men came in. Gipotaksis so’zi ham grekcha bo’lib, gaplarning o’zaro ergashtiruvchi vositalar yordamida tobelashishini anglatadi. Ergash gap bosh gap izohlaydigan va mazmunan unga tobe bo’lgan qismdir. Ergash gap turli tobelashtiruvchi vositalar yordami bilan bosh gapga bog’lanadi. Yaproqlar shunday tovlanadiki, ko’zni quvontiradi. I have come to you, because I knew from reading your accounts that you are Mr. Sherlock Holmes’s most Intimate acquaintance. 11
Ingliz tilida qo’shma gaplar atamasi ilk bor Poutsma tomonidan bog’langan (compound) va ergash gapli qo’shma gaplarning (composite) har ikkalasi uchun ham qo’llanilgan va buning natijasida sodda (simple), bog’langan (compound) va ergash gapli (composite) qo’shma gaplar klassifikatsiyasi vujudga kelgan. Bu klassifikatsiya ingliz grammatikasida XIX asrning o’rtalarida paydo bo’ldi. Lekin an’anaviy til vakillari boshidanoq bu tasnifda bog’langan qo’shma gapga berilgan ta’rifning to’g’ri emasligini anglab yetishgan. Ularning fikricha bog’langan qo’shma gaplar sintaktik jihatdan mustaqil bo’lgan, teng bog’langan gaplardan tashkil topadi. Bizga ma’lumki, hozirda bog’langan qo’shma gap yaxlit sintaktik butunlikdir.
Ingliz tili qo’shma gaplarini tasniflashda barcha tilshunoslarning qarashlari mavjud. Jumladan,N. A. Kobrina, E. A. Korneyevalar qo’shma gaplarning quyidagi turlari mavjudligini ko’rsatadilar. 1. The Compound Sentences 2. Linked Independent Sentences 3. The Complex Sentence. 4. Structural Patterns of the Complex Sentence. 5. The Complex Sentence with Substantive Clauses. 6. The Complex Sentence with a Subject Clause. 7. The Complex Sentence with a Predicative Clause. 8. The Complex Sentence with an Object Clause. 9. The Complex Sentence with a Complement Clause. 10. The Complex Sentence with an Attribute Clause. 11. The Complex Sentence with an Adverbial Clause. 12. Cases of Structural Arrangements Intermediate between Coordination and Subordination. 13. Inserted Clauses Modelled on the Pattern of Subordinate Clauses.
G.Svit qo’shma gaplarni bog’langan va ergash gapli qo’shma gap turlarini farqlaydi. U sodda gaplar ikki xil bo’ladi deb hisoblaydi.
A) independent (hokim) B) dependent (tobe) When I came back, I found no one at home When I came back - dependent, I found no one at home - independent
Kaushanskaya ta’kidlaydiki, bir va undan ortiq tobe gap, hamda bosh gapdan tashkil topgan gaplar ergash gapli qo’shma gaplar deyiladi. U ergash gapli qo’shma gaplarning quyidagi turlarini farqlagan. The complex sentence with subject clauses.
12
The complex sentence with predicative clauses. The complex sentence with Object clauses. The complex sentence with attributive clauses. The complex sentence with attributive relative clauses. The complex sentence with attributive appositive clauses. The complex sentence with adverbial clauses. a) adverbial clause of time b) adverbial clause of place c) adverbial clause of cause d) adverbial clause of purpose e) adverbial clause of condition f) adverbial clause of concession g) adverbial clause of manner h) adverbial clause of comparison. Har ikkala tilda ham yana shunday gaplar borki, ularning tarkibida ham teng, ham tobe munosabat mavjuddir. Bu gaplarni G’.M. Hoshimov The Mixed Sentences (aralash qo’shma gaplar) deb atagan bo’lsa, Kaushanskaya The compound- complex sentence (bog’langan ergash gapli qo’shma gaplar) deb ataydi.
caught already but there was just one other thing which had to be thought about Hamroyev: ―Ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mazmunan, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo`shma gap deyiladi‖,- deya ta’kidlagan.
Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo’shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi (ya’ni grammatik asos) qatnashadi. Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lovchi vositalar quyidagi guruhlarga bo’linishi mumkin: 1) bog’lovchilar (teng va ergashtiruvchi bog’lovchilar); 2) bog’lovchi vazifasidagi vositalar (yuklamalar, bo’lsa, esa, deb so’zlari, nisbiy so’zlar, ko’makchili qurilmalar, fe’l shakllari); 3) ohang. Mazmun munosabati va bog`lovchi vositalarining qo`llanishiga ko`ra qo`shma gaplar 3xil bo`ladi:
13
1) bog`langan qo`shma gaplar; 2) ergash gapli qo`shma gaplar; 3) bog`lovchisiz qo`shma gaplar. Bog`langan qo`shma gaplar va ularning turlari. Teng munosabatdagi sodda gaplarning o`zaro teng bog`lovchilar yoki shu bog`lovchilar vazifasidagi vositalar yordamida bog`lanishidan tuzilgan qo`shma gap bog`langan qo`shma gap deyiladi: Kechasi qalin qor yog`di, lekin havo sovimadi. Tarkibidagi sodda gaplarning o`zaro mazmun munosabatiga ko`ra bog`langan qo`shma gaplar quyidagi turlarga bo`linadi:
Bunday qo`shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o`zaro va, hamda bog`lovchilari, ham, -u(-yu), - da yuklamalari yordamida bog`lanib, payt, sabab–natija munosabatlarini ifodalaydi, shuning uchun ikkinchi qism oldidan ―natijada‖ so’zini keltirish mumkin: Mashg`ulotlar tugadi va hamma o`z uyiga tarqaldi. (Mashg’ulotlar tugadi, natijada hamma o’z uyiga tarqaldi) Odam qo`li tegdi-yu, tashlandiq yerlar obod bo`ldi. (Odam qo’li tegdi, natijada tashlandiq yerlar obod bo’ldi.) Qattiq izg`irin ko`tarildi-da, hech kim uydan chiqmay qo`ydi. 2. Zidlov munosabatli bog`langan qo`shma gaplar: Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o`zaro ammo, lekin, biroq, bog`lovchilari, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog`lanadi:
Bunday gaplardagi sodda gaplar o`zaro ayiruv bog`lovchilari (goh…goh, yo…yo, yoki….yoki, ba`zan…ba`zan, dam…dam, yoxud…yoxud) yordamida bog`lanadi. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar voqea – hodisalarning galma – gal bo’lishini yoki ulardan biri bo’lishini ifodalaydi:
Bunday gaplar qismlari o`zaro na inkor yuklamasi yordamida bog`lanadi va orasiga vergul qo`yiladi:
14
Bunday qo’shma gaplar qismlari o’rtasida zidlash yoki qiyoslash munosabatlari ifodalanadi. Bo’lsa, esa so’zlari qiyoslanuvchi so’zdan keyin keladi: Ertoyev qo’llarini siltab va’z aytmoqda, ular esa, ichki bir tug’yondan qaltirab, cho’yan haykalday qotib turishardi. (O.Y.) Ergash gapli qo`shma gaplar va ularning turlari Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosida, ya`ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo`shma gap ergash gapli qo`shma gapdeyiladi.
Ergash gapli qo’shma gaplar bosh gap va ergash gapdan tashkil topadi. Boshqa gapni o’ziga tobe qilib kelgan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uni izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Ukam kelsa, mashg’ulotni boshlaymiz. Bu gapda Ukam kelsa gapi ergash gap, mashg’ulotni boshlaymiz gapi esabosh gap. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo’lagini izohlaydi. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: Biz, hamma yig’ilgach, yo’lga tushamiz. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida kelgan. Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go’yo(ki), kabi ergashtiruvchi bog’lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko’makchilar, turli vazifadagi ko’rsatish olmoshlari, kim, -u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o’sha, qayerda – u yerda kabi bir–biriga ishora ma’nosini bildiradigan so’roq olmoshlari va ko’rsatish olmoshlari yordamida bog’lanadi. Ergashgan qo`shma gaplar quyidagi turlarga bo`linadi: 1.Ergashtiruvchi bog`lovchili ergash gapli qo`shma gaplar qismlari o`zaro sabab, maqsad, qiyoslash-chog`ishtiruv bog`lovchilari orqali bog`langanda, bu bog`lovchilar bosh gapdan keyin kelgan ergash gap boshida keladi: Gulsum opa hammadan ko`ra bu odamning mana shunday kishi ko`nglini ovlamoqchi bo`lishidan qo`rqardi, chunki buning tagida hamisha bir yomon gap, bir sovuq xabar yotardi. (U.Nazarov. CHayon yili,7-b) 2.Ko`makchili qurilmalar vositasida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplar qismlari bosh gap tarkibida keladigan shuning uchun, shu sababli, shu bois, shu tufayli kabi qurilmalari orqali bog`lanadi:
tarkibida keladigan deb so`zi orqali bog`lanadi: 15
4. Shart mayli vositasida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplar qismlari ergash gap kesimi tarkibida keladigan –sa, qo`shimchasi yordamida bog`lanadi: Bola o`qisa, foydasi o`ziga, keyin ota-onasiga tegadi. 5. Ko`rsatish olmoshi vositasida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplarqismlari bosh gap tarkibida keladigan ko`rsatish olmoshi va–ki yuklamasi orqali bog`lanadi: Alam qiladigan yeri shuki, bu qo`rg`onni ko`z oldimizda tiklashdi. 6. Nisbiy so`zli ergash gapli qo’shma gaplar qismlari bosh va ergash gaplar tarkibida ―savol- javob‖ juftligini hosil qilib, bir-biriga nisbatan qo`llanuvchi qaysi-o`sha, kim-u, nima –o`sha , qanday- shunday, qayerda- shu yerda, qancha –shuncha, qanday-shunday kabi nisbiy so`zlar va –sa qo`shimchasi yordamida bog`lanadi: Kimki boshqalar taqdiriga o`z taqdiridek, boshqalar shodligi va qayg`usiga o`z shodligi va qayg`usidek qarar ekan, u chinakam insondir. Kesim ergash gapli qo`shma gaplar Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gapga ko`rsatish olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi:
Ega ergash gapli qo`shma gaplar Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gaplar bosh gapga nisbiy so`zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida keluvchi –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi.
Hol ergash gapli qo`shma gaplar
Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti, payti, holati, miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gaplar deyiladi. To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gaplar Bosh gap tarkibida to`ldiruvchi vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga to`ldiruvchi ergash gaplar deyiladi.Bilinki, jim turib salomat
Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gaplar Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap deyiladi. 16
Bog`lovchisiz qo`shma gaplar va ularning turlari Maxsus bog`lovchi vositalarsiz asosan ohang yordamida birikkan sodda gaplardan tuzilgan qo`shma gaplar bog`lovchisiz qo`shma gaplar deyiladi. Bunday qo`shma gap qismlari ohangdan tashqari ayrim so`zlarning takrorlanishi, gap qurilishi umumiy bo`laklar vositasida birikadi. Kech kirdi,tevarak-atrofga qorong`ulik tusha boshladi. Bog`lovchisiz qo`shma gaplar quyidagi turlarga bo`linadi: 1. Bog`langan qo`shma gapga sinonim bo`lgan bog`lovchisiz qo`shma gap: Tig` yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi.
Qor yog`di-don yog`di.
keldim: garnizon yanchidi.
Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilari quyidagicha bo`ladi:
1. Agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea- hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo`yiladi: Arava hijirlab borar, aravakash esa xirgoyisini bir zumga ham to`xtatmas edi
2. Agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari o`zaro mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo`lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo`yiladi: Yomg`ir chelakdan quyganday sharillab yog`ardi; uning xayoli uzoq yoshlik paytlarida kezar edi. 3. Bog`lovchisiz qo`shma gapning ikkkinchi qismi birinchi qismning sababini bildirsa, izohlasa, to`ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo`yiladi:
17
4.Agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari o`zaro zidlik yoki o`xshashlik munosabatiga kirishgan bo`lsa, ular orasiga tire qo`yiladi: Qor yog`di- don yog`di. Yoshim yetmish ikkida-o`zim yigitman. Yuqoridagi olingan ma’lumotlarga asoslanib, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, har ikki tilda ham qo’shma gaplar tuzilish jihatdan yetarlicha yoritilgan.
Qo’shma gaplar nazariyasida shuningdek, professor G’.M. Hoshimov tomonidan yaratilgan ―taksemik nazariya‖ ham mavjud bo’lib, bu nazariya asosan mavjud qo’shma gaplarning tuzilish jihatidan hajmi masalasi tadqiq qilingan Professor G’.M. Hoshimovning olib brogan ilmiy tadqiqoti o’zi tomonidan yaratilgan taksemik birliklar nazariyasiga bag’ishlangan bo’lib, u zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri – qo’shma gaplar tipologik va umumiy sintaksisi nazariy asoslarini yaratishga hamda ― Turli tizimdagi tillarda qo’shma gap tipologiyasi‖ mavzusiga bag’ishlangan. U qo’shma gaplarning ko’pchilik olimlar tomonidan hanuzgacha e’tiborga olinmay kelinayotgan so’z kabi yaxlit belgilik xususiyatiga jiddiy ahamiyat berib , shu asosda tadqiq etilayotgan birliklarga yondashishni qat’iy tamoyil qilib qo’ygan, natijada ularning bir qator munozarali jihatlariga jumladan, qo’shma gaplarning struktural – semantik tasnifi va tavsifi, ularning umumsintaktik maqomini tashkil etuvchi komponentlarning lisoniy tabiati, bog’lovchi vositalar turlariga o’zgacha yondoshib tegishli xulosa va yechimlarga kelgan. Uning tadqiqoti shuni ko’rsatadiki, sintaksis va uning birliklari bo’lgan monotaksema va politaksemalar har qanday til uchun universal daraja hisoblanadi. Taksema (taxeme) so’zida ko’pgina lingvistik birliklarni mujassamlashtirgan sintaktik birlik bo’lib, eng kamida bitta ega va bitta kesimdan iborat bo’ladi. Monotaksema (monotaxeme) bir ega- kesimlik shaklidan iborat bo’lgan gap – sodda gap bo’lsa, politaksema (polytaxeme) esa bir necha ega kesimlik shaklidan iborat bo’lgan gap – qo’shma gapdir. Politaksema o’z navbatida kollotaksema (collotaxeme), parataksema (parataxeme), gipotaksema (hypotaxeme), gipertaksema (hypertaxeme), supertaksema (supertaxeme), ultrotaksema (ultrataxeme), arxitaksema (architaxeme), sinkrotaksema (syncrotaxeme) larga bo’linadi. Quyida yuqoridagilarga batafsil to’xtalamiz.
18
Yuragida qanday dardi bor – mana bu menga sir. (Oybek,‖Qutlug’ qon‖,89-b)
teng bog’lovchilar yoki bog’lovchilarsiz bog’langan gaplar bo’ladi.
bo’ladi. Unda turli ergashtiruvchi bog’lovchilar ishtirok etadi.
Men shuni bilamanki, siz undan qo’rqasiz. Gipertaksema (hypertaxeme) – tarkibida uchta sodda gap mavjud bo’ladi. Ular bog’lovchili yoki bog’lovchisiz, tobe yoki hokim gap bo’lishi mumkin.
Download 485.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling