Ma`suda abdullayeva Notiqlik - Notiqlik qadimiy davrlardan beri alohida mahorat, san’at sifatida, insondagi maxsus, noyob qobiliyat tarzida talqin etib kelinadi. Shu sababli notiqlikni nutq madaniyatidan farqlash lozim. Notiqlik san’atida tinglovchini, ommani o‘ziga tortishga intilish maqsadi birinchi o‘rinda turadi.
- Notiq nutqi chiroyli, jozibali bo‘lishi shart. Chiroylilikka erishish uchun nutqning mazmuniga, mantiqiy kuchiga, jumlalar jimjimadorligiga e’tibor beriladi. Notiqlik nutqi har qanday monologik og‘zaki nutq emas, balki tinglovchilarni ma’lum harakatga chorlovchi yoki ularda qandaydir g‘oyalar, tasavvurlar tizimini uyg‘otishga qaratilgan maxsus vazifa bajaruvchi nutqdir. Nutq madaniyati va notiqlik tushunchalari orasida o‘xshashlik va farqli tomonlar mavjud:
Notiqlik turlari Akademik notiqlik - Akademik notiqlik o‘zining akademizmi, ya’ni ilmiyligi bilan, yuksak talabchanligi bilan xarakterlanadi. Akademik notiqlikning eng muhim xususiyati ilmiy dalillarning kuchliligi va uning muayyan fan tarmog‘ining mohiyatini yechishga bag‘ishlanganligidir. Biror fanga xos bo‘tgan barcha asos va qonuniyatlar to‘la ilmiy tarzda yoritib beriladi.
Akademik notiqlik turlari - U bir necha ko‘rinishga ega:
- O `quv yurtlari ma`ruzalari
- Ilmiy ma`ruza
- Ilmiy axbarot
O `quv yurtlari ma`ruzalari - O‘quv yurtlari ma’ruzalari o‘z aniqligi, ilmiy muntazamligi, faktlarga asoslanganligi va muayyan predmet qonuniyatlarini yoritib berishga bag‘ishlanganligi bilan xarakterlanadi.
Ilmiy ma`ruza - Ilmiy ma’ruza – muayyan sohada qilinayotgan ishlar, ilmiy tajribalar haqidagi xulosalar yoki qilinajak ishlar haqidagi rejalar: dastlabki tug‘ilgan g‘oyalar, gipotezalar bayonidan iborat. Ilmiy ma’ruza tinglovchilar auditoriyasi tor bo‘ladi. Ilmiy ma’ruza - siyosiy sharhga monand bo‘lib, agar siyosiy sharhda e’tibor siyosiy-ijtimoiy hodisalarga jalb etilsa, ilmiy ma’ruzada e’tibor muayyan ilmiy yutuqlarga, ixtirolar bayoni hamda xulosasiga qaratiladi.
Ilmiy axbarot - Ilmiy axborot – akademik notiqtikning bu ko‘rinishi avval qilinayotgan ishlar haqida muayyan darajadagi mutaxassis, javobgar va rahbar shaxslarni xabardor qilishni ko‘zda tutadi
Do'stlaringiz bilan baham: |