Zaxiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va ularning ozbek tilidagi muqobillari qiyosiy tahlili hamda linguodidaktika muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izlanishning vazifalari
- Izlanishning ob’yekti.
- Izlanishning metodologik asoslari.
- Izlanish uchun materiallar.
- Izlanishning tahlil metodlari.
Izlanishning maqsadi. ingliz tilidagi shaklan faqat birlikda turuvchi otlarni
aniqlash va ularning o’zbek tilidagi muqobillarining qiyosiy tasnifi va tavsifini 5
ishlab chiqish va ularni maktab, litsey va kollejlarda o`qitish bo`yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish. Izlanishning vazifalari qilib quyidagilarni ko`rsatish mumkin: Birinchidan, qiyoslanayotgan tillarda ot so`z turkumining o`ziga xos jihatlarini, ularning grammatik kategoriyalarini, qo’llanilishini aniqlash; Ikkinchidan, ingliz va o`zbek tillarida shaklan faqat birlikda turuvchi otlarning struktural xususiyatlarini qiyoslash. Uchinchidan, ingliz tilidagi shaklan faqat birlikda turuvchi otlarni o`zbek tiliga qanday tarjima qilish bo`yicha izlanishlarni amalga oshirish; Izlanishning ob’yekti. Ingliz tilidagi shaklan faqat birlikda turuchi otlarni o`zbek tilidagi ifoda vositalarini va muqobillarini topish. Izlanishning predmeti . Ushbu bitiruv malakaviy ish ingliz va o`zbek tillarida shaklan faqat birlikda turuvchi otlarning xususiyatlarini tipologik nuqtai nazardan o`rganishni taqazo etadi. Izlanishning metodologik asoslari. Ushbu mavzuni turli xil tizimdagi tillarda o`rganish ko`pchilik olimlarning diqqat e`tiborini tortgan. Bu soha bo`yicha ko`plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Masalan: V.A.Kaushanskaya, K.N.Kachalova, J.Bo`ronov, O`.Hoshimov, G`.Dadaboyeva va boshqalarni misol qilib ko`rsatish mumkin.
Yuqorida ko’rsatilgan olimlardan tashqari, yurtimizda yetishib chiqqan, qiyosiy tipologiya faniga katta hissa qo’shgan olimlarimiz: Abdurazzaqov (1973), Abduazizov (1980), J. Bo’ronov(1983), M.Umarxo’jayev (1983), G’.M.Hoshimov (1981), S. Raximov (1981), O’.Yusupov (1983)larning ilmiy fikrlaridan keng foydalanildi. Izlanish uchun materiallar. Izlanish uchun materiallar ingliz va o`zbek tillaridagi ilmiy va badiiy adabiyotlardan, elektron lug’atlardan, shuningdek, hozirgi paytda o`quv jarayonida foydalanilayotgan internet ma`lumotlaridan ham keng foydalanildi.
6
Izlanishning tahlil metodlari. Izlanishning metodlari etib asosan qiyosiy va tipologik metod, bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi hamda stilistik metodlar tanlandi. Izlanishning ham amaliy, ham nazariy qiymati. Izlanishning natijalari, asosan o`zbek tili va xorijiy tillarning qiyosiy tipologiya kurslarini o`qitishda, umumiy tilshunoslikda, nazariy va amaliy tarjimada, ingliz tilini o`qitish darslarida qo`llanilishi mumkin. Izlanishning tuzilishi. Izlanish asosan kirish, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Izlanishning umumiy mazmuni. Ishning kirish qismida mamlakatimizda mustaqillikdan so`ng ta`lim jarayoniga bo`lgan munosabat, bu sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar, prezidentimiz I.A.Karimovning ta`lim sohasiga doir qabul qilgan qarorlariga to`xtalib o`tamiz. Birinchi bobda ingliz va o`zbek tillarida so`z turkumlari haqidagi olimlarning turli fikr-qarashlari yoritiladi. Otlarning o`ziga xos xususiyatlari grammatik kategoriyalarining ifoda vositalariga ham to`xtalamiz. Badiiy adabiyotlardan olingan misollar bilan izohlab berishga harakat qilamiz. Ikkinchi bobda ushbu tillardagi ot so`z turkumining struktural turlarining qiyosiy tahliliga va tarjima muammolariga to`xtalamiz. Misollar bilan izohlab berishga, tushuntirishga harakat qilamiz. Uchinchi bobda ingliz tilidagi shaklan faqat birlikda turuvchi otlarni o`zbek tiliga tarjima qilish, o`qitishga doir masalalar hamda metodik tavsiyalar aks ettiriladi. Beriladigan ma`lumotlar misollar orqali izohlab beriladi. Xulosada izlanish bo`yicha qilingan ishlarning natijalari yoritiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatida izlanishni yoritishda qo`llanilgan ilmiy va badiiy adabiyotlar ro`yxati beriladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling