Ўзбек мусиқаси тарихи 5-mavzu. Arab xalifaligi davrida musiqa madaniyati
Download 32.57 Kb.
|
5-mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Internet Web sayt materiallari
Ixvanus-safo va xullan-ul vafo
(Soflik birodarlari va vafo do’stlari) X asrda xalifalikning siyosiy va madaniy markazlarida turli diniy oqimlar va ilmiy doiralar orasidagi g’oyaviy ziddiyatlar nihoyatda keskinlashib, ushbu qurash natijasida ruhoniylar sinfi rasmiy davlat maqomiga erishadilar. oqibatda ratsionalistik yo’nalishga mansub ko’pgina olimlar o’zlarining ilmiy faoliyatini maxfiy ravishda davom ettiradilar. «Soflik birodarlari» deya nom olgan yashirin ilmiy tashkilot xalifalikning turli shaharlarida istiqomat qiluvchi 50 dan ortiq ilm fidoyilarini o’zida birlashtirgan. Ular o’zlarining asarlarini bir-birlariga xat orqali yashirin tarzda yetkazishgan. Ushbu maktublar keyinchalik jamlanib, juda katta hajimdagi yaxlit qomus shakliga keltirilgan. «Majmu’ ar-rasaid» (Maktublar to’plami) deb nom olgan mazkur qomusiing 5-risolasi “Fil musiqa” (Musiqa haqida) deb ataladi. qisqacha muqadima bo’limida musiqaning kelib chiqishi, tovushlarning turlari, hayvoniy va g’ayrihayvoniy musiqaning estetik mohiyati masalalari mubohasa etiladi. “Soflik birodarlari”ning g’oyalari qadimgi yunon musiqiy estetikasini tasavvufning Samo’ ta’limoti bilan bog’lab turuvchi muhim xalqa hisoblanadi (Javhar ar-Ruhoniy tushunchasi). SHuningdek, “Soflik birodarlari” qadimgi yunon “Falaklar uyg’unligi” nazariyasini yanada takomillashtirib, osmon jismlarining 4 falagi, Ud sozining 4 tori, insonning 4 mijozi, 4 unsuri va tabiatning 4 elementi (havo, suv, olov, tuproq) orasidagi o’zaro mutanosiblik mavjudligini ilk bor e’tirof etishgan. “Soflik birodalari” shuningdek, yunon musiqiy estetikasi va tasavvuf falsafasini o’zaro muvofiqlashtirishga intilishgan. Nazorat savollari 1. Manbalardan olgan ma’lumotlaringizga asoslanib, “Islom va musiqa” muammosini yoritishga harakat qiling. 2. “Ixvanus safo va hullanul vafo” nomli tashkilot faoliyati xususida so’zlab bering. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ўзбекистон тарихи. Т., 1997 Джумаев А. Ислам и музыка // Музыкальная академия, М., 1992, №3 Музыкальная эстетика стран Востока. М., 1967 Навоий А. Маҳбуб ул-қулуб. Т., 1970 Бертельс Е. Суфизм и суфийская литература. М., 1965 Джумаев А. Туркестанский старец Ходжа Ахмад Яссави и мусульманские духовные песнопения //Музыкальная академия. 1997, №1 Internet Web sayt materiallari http://library.konservatoriya.uz/ http://ziyonet.uz/ https://www.youtube.com/channel/UCn9bOO5qQe1t8ze3NB6iGtA Download 32.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling