Zbek va ingliz tilidagi sifatdoshlarning strukturaviy funksional xususiyatlari
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
o-zbek-va-ingliz-tilidagi-sifatdoshlarning-strukturaviyfunksional-xususiyatlari
sevgan, o’z ishiga ko’ngil qo’ygan qiz. (I.Rahim);
g) shaxs va narsaning harakat bilan bog’liq belgisini bildirib, gapda sifatlovchi vazifasida keladi, sjaklan o’zgarmaydi: Do’stlik bo’lmagan joyda ishning rivoji ham bo’lmaydi. (S.Zunnunova) d) otlashib kela oladi. Bu vaqtda ot singari kelishik, egalik affikslarini qabul qiladi va shunga mos vazifada keladi: Maqtanganning uyini, kerilganning to’yini ko’r. e) shaxs-son affiksi bilan tuslanib, fe’lning aniqlik mayliga xos zamon shakllarini hosil qiladi. Narigi yoqdagi go’zal favvoralar qurilishi endi boshlangan. (P.Qodirov) Sifatdoshlar ifodalagan zamon nisbiy bo’ladi. Harakatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabatini bevosita ko’rsatmaydi. Uning qaysi zamonga tegishliligi gapning kesimi orqali anglashilgan vaqtga yoki gapning umimiy mazmuni bildirgan vaqtga nisbatan belgilanadi. Sifatdoshning asosan otga bog’lanib, otni aniqlab kelishi, sifatdoshning funksiya va ma’noda sifatga yaqinlashib kelishini shartlagan. O’zbek tilidagi sifatdoshlar o’zlarining leksik ma’nosiga ko’ra, predmetlarning harakat belgilarini ifodalab aniqlab keladi. Sifatlar ham belgi tasavvurini ifodalaydi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021 ISSN 2181-063X 155 http://oac.dsmi-qf.uz Lekin sifatlar ifodalagan belgilar static- “passiv” belgilar bo’lib, sifatdoshlar ifodalagan belgilar aktiv o’zgaruvchan, dinamik belgilardir. Quyida keltirilgan misollardagi sifatdoshlar bilan sifatlarning leksik ma’nosini qiyos qilish: yuradigan bola…, katta shahar. Ingliz tilida sifatdosh fe’lning ham fe’llik, ham sifatlik yoki ravishlik xususiyatiga ega bo’lgan shaklidir. Sifatlik xususiyatiga ko’ra sifatdosh gapda aniqlovchi bo’lib keladi: We visited one of the largest plants producing tractors in our country. Biz mamlakatimizda traktor ishlab chiqaruvchi katta zavodlardan biriga bordik. A broken cup lay on the table. Singan piyola stol ustida yotardi. Sifatdosh ravishlik xususiyatiga ko’ra gapda hol bo’lib keladi: He sat at the table thinking. U stolda o’ychan o’tirar edi. Fe’llik xususiyatiga ega bo’lgan sifatdosh o’zidan keyin to’ldiruvchi olishi mumkin: Signing the letter the manager asked the secretary to send it off at once. Xatni imzolagach, menejer kotibadan uni zudlik bilan jo’natib yuborishni so’radi. Fe’llik xususiyatiga ega bo’lgan sifatdosh ravish bilan aniqlanishi mumkin: Packing his things quickly, he hurried to the station. Narsalarini tezlik bilan joylashtirib, u stansiyaga shoshildi. Present Participle Active (oddiy nisbatdagi hozirgi zamon sifatdoshi) fe’lning negiziga -ing qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi: reading- o’qiyotgan, studying- o’rganayotgan. To’g’ri fe’llarning Past Participle (o’tgan zamon sifatdoshi) shakli fe’lning asosiga -ed qo’shimchasini qo’shish yo’li bilan yasaladi:asked- qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi: asked- so’ralgan, ordered- buyurilgan. Notog’ri fe’llarning o’tgan zamon sifatdoshi shakli fe’lning o’zagida o’zgarish bilan yasaladi: given-berilgan, bought- sotib olingan. Perfect Participle Active (tugallangan sifatdoshning oddiy nisbati) to have fe’lining hozirgi zamon sifatdoshi shaklining having va asosiy fe’lning Past Participle shakli yordamida yasaladi: having written- yozib, having done- qilib. Present Participle Passive (tugallangan sifatdoshning majhul nisbati) to be yordamchi fe’lining Perfect Participle shakli have been va asosiy fe’lning Past Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling