Zbekison-finlandiya pedagogika instituti amaliy matematika va fizika fakulteti


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana12.11.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1769092
  1   2   3   4
Bog'liq
shoxrux MB mustaqil ish



O’ZBEKISON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI AMALIY 
MATEMATIKA VA FIZIKA FAKULTETI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI 
302-guruh talabasi 
FAXRIDINOV SHOXRUXNING 
MA’LUMOTLAR BAZASI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI 
Tekshirdi: Abdullayev A. 
Bajardi: Faxriddinov Sh. 
 
 
 


Mavzu: “ Turistik firma” predmet sohasi uchun ma’lumotlar bazasini 
loyihalash.
Reja
1. Tanlangan predmet sohani tahlil qilish . 
2. Konseptual (infologik) loyihalash. 
3. Datalogik loyihalash. 
4. Fizik loyihalash. 
5. Ma’lumotlar bazasini ilovasini loyihalash va ishlab chiqish . 
6. Ma’lumotlar bazasini ishini boshqarish. 
Xulosa 
 
Ishning maqsadi : tanlangan predmet soha uchun ma’lumotlar bazasini loyihalash



Ma'lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari 
Ma'lumotlar bazasini loyihalash axborotlarni abstraktsiyalashning bir 
darajasidan boshqasiga o'tish, ya'ni predmet soha axborot strukturasining tabiiy til 
(yozma) tavsifidan muayyan model terminlarida formallashtirilgan tavsifiga ketma-
ket o'tish hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasini loyihalash jarayonining quyidagi 
bosqichlarini ajratish mumkin: 
1) predmet sohani tizimli tahlil qilish; 
2) infologik loyihalash; 
3) ma'lumotlar bazasi boshqarish tizimini (MBBT) tanlash; 
4) mantiqiy loyihalash
5) fizik loyihalash. 
Har bir bosqichlarni batafsil ko'rib chiqamiz. 
1. Predmet sohani tizimli tahlil qilish 
Bu bosqichda quyidagilar amalga oshirilishi lozim: 
– ma’lumotlar bazasi va avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqishning 
dolzarbligini asoslash; 
– predmet soha va asosiy cheklovlarni batafsil tavsiflash; 
- ushbu predmet soha asosiy obyektlari, ularning xossalari va o‘zaro aloqalarini 
aniqlash; 
– tizimdan foydalanuvchilar ko‘lami va ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini 
aniqlash; 
- tizimning hujjat almashinuvini tadqiq etish; 
- avtomatlashtirilgan muhitda hal qilinadigan vazifalar ko‘lamini aniqlash va 
hokazo. 
Masalan: “Turistik firma”
uchun
ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish talab 
etilgan bo‘lsin. Tizim tahlil quyidagicha bo'lishi mumkin: 
Turistik firmadan mijozlar ko’p foydalanishadi.Mijozlar o’zlariga to’g’ri kelgan 
xodimga bog’lanib buyurtma beradi.Buyurtma asosida xodimlar qulay marshrut va 
bilet tanlaydi.
Buyutmalar, mijozlar va xodimlar joylashuvi haqidagi axborotlarni 
yuritish samaradorligini ta’minlash uchun zamonaviy ma’lumotlar bazasiga 


asoslangan avtomatlashtirilgan tizim zarur hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasi va 
ma'lumotlar bazasi bilan ishlashning avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanish 
mijozlarga xizmat ko'rsatish va xodimlarning buyurtmalari haqidagi ma'lumotlarni 
tizimlashtirish, shuningdek, boshqa ko'pgina vazifalarni bajarish vaqtini sezilarli 
darajada qisqartirish imkonini beradi. 
Mijozningning toifasini, uning yashash joyini va ish joyini aniqlash uchun 
mijozlar haqidagi axborotlar to'liq va etarli bo'lishi kerak. Mijozlarning bir xil 
familiyalilar bo'lishi mumkinligi sababli har bir mijoz noyob abonent raqamiga ega 
bo'lishi zarur. 
Turistik firma bilan ishlashdagi cheklovlar quyidagilardan iborat: 
1) Mijozlarning yoshi 17 dan katta; 
2) har bir mijozning ish yoki uy telefoni yoki uyali telefoni bo'lishi kerak va 
hokazo. 
Bunday cheklovlar ko'p ham bo'lishi mumkin; ma'lumotlar bazasi ishlab 
chiqilayotgan turistik firmaga bog‘liq ravishda ular turli tuman yoki umuman 
bo'lmasligi mumkin. 
Ushbu tizimning asosiy obyektlarini va ularning xossalarini aniqlaymiz. 
1.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling