shuning uchun u ba’zan
o y n a li in te ife y s
deb ataladi. Grafik muhit
tushunchasi grafik interfeys tushunchasiga toTiq mos keladi.
Bu interfeysning farqli xususiyatlari oson eslab qolinadigan
grafik obyektlar — dasturlar, qurilmalar, harakatlarvahokazolarga
bog‘langan belgilardir.
5.1-rasm . Ish stoli, oynalar va Windows operatsion
tizim ining klassik stildagi belgilari.
23
Foydalanuvchi kerakli belgini ko‘rsatsa, OT u bilan bog‘liq
harakatni bajaradi.
Biz Win NT/2000/XP OT laming grafik muhitini ko‘rib
chiqamiz. Shuni ta’kidlash lozimM, umuman, turli OT laming
interfeysi bix-biridan farq qiladi, ammo bu farqlar unchalik katta
emas (5.1-rasm).
5.1. Obyekt tushunchasi
Win O T obyektli yondashuv metodologiyasiga asoslanadi,
shunga mos tarzda borliq va uning ixtiyoriy qismi bir-biri bilan
o‘zaro aloqada bo‘lgan obyektlar majmuasidir. Obyektlarga aniq
xossalar va harakatlar xosdir. Turli obyektlar xossalari va harakatlari
turlichadir.
Win OT va uning grafik interfeysi, xususan, obyektli yondashuv
prinsiplari asosida qurilgan.
5.2. Grafik interfeysning asosiy elementlari
Win OT foydalanuvchi interfeysi asosiy elementlari quyida-
gilardir: ish stoli, oynalar, belgilar (znachki), yorliqlar, klavishlar,
panellar, menyu, papkalar, ilovalarva hujjatlar. Interfeys obyekt -
lariga shu bilan birga kompyuteming ixtiyoriy apparat va dasturiy
resurslari ham kiradi. Kompyuter ham, umuman, obyekt hisob-
lanadi. Quyida ko‘rsatilgan asosiy interfeys obyektlarining xusu-
siyatlari va harakatlari ko'rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |