Ko‘pincha, buyruqlaming bir xil ketma-ketligini bajarishga
to‘ g‘ri keladi. Bunda buyruq faylidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Buyruq fayl (Batch He) — bu OT buyruqlari ketma-ketligidan
iborat fayldir. Bu ketma-ketlik buyruqlarini klaviatuia orqali alohida
kiritish zarur emas. Buning uchun buyruq fayl nomini ko‘rsatish
kifoya. Buyruq fayl bat kengaytirgichga ega bo'ladi. Buyruq fayli
bajarilishi uchun uning nomini kiritib, «Enter» bosiladi. Buyruq
fayli matnli bo‘lib, uning har bir satriga MS DOS ning buyrug‘i
joylashadi. Buyruq faylida ishlashi mumkin bo‘lgan buyruqlar
ro‘yxati MS DOS da keltiriladi.
Masalan, AUTOEXEC.BAT maxsus buyruq fayli MS DOS
yuklanishida ishlatiladi.
6.3. Fayl va kataloglar ustida amallar
Magnit disklarda ma’lumotlar fayllardasaqlanadi. Fayl diskning
ma’lum nom bilan ataluvchi sohasi bo‘lib, unda ma lum ma’lumot
saqlanadi. Masalan, dastur va hujjat matnlari, bajarilishi mumkin
bo‘lgan dastur va hokazolar. Fayllar ikki xil bo‘ladi: matnli, ikkilik
tizimidagi.
Matnli fayllar foydalanuvchi o‘qishi uchun mo‘ljallangan. Har
bir fayl nom va kengaytgichga ega. Nom 1 dan 8 tagacha, ken-
gaytgich 1 dan 3 tagacha belgiga ega bo‘lishi mumkin. Nom va
kengaytgich nuqta bilan ajratiladi.
Masalan:
command.com
autoexec.bat
34
letter, txt
nom kengaytgich
Kengaytgich bo‘lishi shart emas. Ammo kengaytgich, qoidaga
ko‘ra, faylning mazmunini tasvirlaydi.
Ko‘pchilik dasturlar kengaytgichni o‘matadi va kengaytgichga
qarab faylning qaysi dastur hosil qilganligini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |