indikatorlari
• П У С К
tugmasi
7.1-rasm . Windows XP ning ko‘rinishi.
• Мои документы (Mening hujjatlarim) — foydalanuvchining
amaliy dasturlarda ishlangan hujjatlari jamlanadi;
• Проводник (Boshlovchi) — fayl va kataloglar ustida amallar,
fayllarni izlash va ishga tushirish kabi vazifalami bajarishga mo‘l-
jallangan;
• Портфель — internet tizimida foydalanish uchun tarüangan
hujjatlar saqlanadi;
• Корзина — keraksiz dasturlar, fayllar va kataloglar uzil-kesil
yo'qotilishi oldidanvaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan dastur.
Ayni vaqtda kompyuteringizda Windows ning inglizcha yoki
ruscha versiyasi o‘matilgan bo‘lishi mumkin. Kompyuteringizda
Windows ning inglizcha versiyasi o‘matilgan bo‘lsa, tizim va
tatbiqiy dasturlar yorliqlari inglizcha tavsifda berilgan bo‘ladi.
Ish stoliga yangi papka yoki yorliqlami qo‘shish uchun
«sichqoncha»ning o‘ng tugmasi biror bo‘sh joyda bosiladi va hosil
bo‘lgan ikkilamchi muloqot oynasidan kerakli bo‘limi tanlab olinib,
ish stolida tizim ko‘rgazmasi bo‘yicha yangi yorliq yoki papka
hosil qilinadi. So‘ngra ulaiga zaruriy dasturlar majmuasini joylash-
tirish va nom berish orqali foydalanishimiz mumkin.
42