tanlashimiz mumkin bo‘ladi (7.8-iasm).
7.8. Oyna qismlari haqida tusbuncha
Windows oynalarining o‘ng yuqori burchagida joylashgan
М Е Д И belgilardan oynani vaqtincha ishlar paneliga berkitish,
|П| oynani kichraytirish yoki kattalashtirish va X oynani
yopish ishlarini bajaradi.
Bundan tashqari ayrim oynalaming yuqori o‘ng burchagida
I? I belgisibor. Bubelgiayni oyna haqida ma’lumot olish imkonini
beradi. Dasturlamingmenyusitarkibidagi|? |belgisi «sichqoncha»
ko‘rsatkichi bilan bosilsa, ayni dastur haqida turli ma’lumotlar
olish mumkin.
Windows har qanday obyektni oynada ochadi («Windows» —
inglizcha so‘z bo‘lib, «derazalar», «oynalar» ma’nosini anglatadi).
Demak, oyna qismlarini bilib olish juda muhim.
Eng yuqori qatorda oyna nomi joylashgan. Keyin oyna me
nyusi, «Uskunalar paneli» (Панель инструментов, Toolbar),
fayllar ro ‘yxati ko‘rinadi (fayl nomidan chap tarafda fayl tiliga
mos rasm chiqariladi). Eng pastda «Holat qatori» (Строка
состояния, Status bar) mavjud. Holat qatorida foydali ma’lumotlar
(obyektlar soni, hajmi), menyu buyruqlariga mos tushuntirishlar
beriladi. Oynaning yuqori o‘ng burchagida 3 tato‘rtburchak belgi
mavjud: ular oynani «sichqoncha» yordamida kichraytirish, katta-
lashtirish, yopish uchun mo‘ljallangan.
7.9. Menyu yoki ro‘yxatdan kerakli qatorni tanlash
Windows buyruqlari menyularda qayd etiladi. Har bir oyna
o'zining menyusiga ega. Menyu bilan ishlash tartibi barcha oynalar
uchun yagona. Menyuga kirish uchun ko‘rsatkichni kerakli
yozuvga keltirib, «sichqoncha» tugmasi bosiladi. Natijada punktga
mos buyruqlar ro‘yxati hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |