II. 0 ‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan m aqsad - mutaxassislarga yozuv tarixining nazariy
masalalari to‘g‘risida ma’Iumot berish. Asrlar mobaynida jamlangan yozma
obidalar, yozuv tizimlarining paydo boMishi, yozuvlar taraqqiyoti, ulaming
o ‘ziga xosliklari, harf va tovush munosabatlari to‘g‘risida atroflicha ma’Iumot
berishdir.
Fanning vazifasi - mutaxassislarga Markaziy Osiyo xalqlari qo‘llagan
qadimiy yozuvlami o‘rgatishdan iborat.
“Yozuv tarixi va kalligrafiya” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- eng qadimgi yozuvlar, ulaming turlari, xususan, Markaziy Osiyoda
qoMlanilgan yozuvlar
haqida tasawurga ega bo‘lishi;
-
yozuv tizimlarining paydo bo‘lishi, qadimgi yozuvlaming nazariy
asoslarini
bilishi va ulardan foydalana olishi
;
- ko‘k turk yozuvi va uning genezisi, bu haqda olimlar o‘rtasidagi turli
nazariy qarashlardan xabardor bo‘lmog‘i, ularga o‘z munosabatini bildirmog‘i;
- qadimgi uyg‘ur yozuvi, uning qo‘llanilish tarixi, yozma yodgorliklari,
uning o‘zbek matnshunoslik tarixidagi o‘mini baholay olmog‘i;
- arab xatining turkiy tillarga joriy etiluvi, arab alifbosi asosidagi turkiy
yozuvning imlo prinsiplari to‘g‘risida atroflicha tasaw urga ega bo‘lmog‘i,
yozuv nazariyasi to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarga ega boMishi;
- o‘rta asrlarda keng iste’molda boMgan arab yozuvining xat turlari,
ularning qoMlanish prinsiplari to‘g’risida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish
kerak.
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘uIotlari)
1-mavzu. “Yozuv tarixi va kalligrafiya” fanining mazmuni, predmeti va
metodi
Kirish. “Yozuv tarixi va kalligrafiya” fanining maqsad va vazifalari. Yozuv
va uning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida tutgan o‘mi. Yozuvning
yozma adabiy til me’yorlarini qolipga tushirishdagi ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |