‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

bet146/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

Institutsionalizm 
— lotincha «urf-odat», «muassasa», «ko‘rsatma», 
ya’ni ayrim institutlar (oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmasi) 
ijtimoiy taraqqiyotning asosi deb qabul qilgan nazariya. XX asming 
20-30-yillarida AQSHda keng tarqaldi. T.Veblen (1857-1920), 
J.R.Kommons (1862-1945), U.K.Mitchell (1874-1948), J.Gobson 
(1858-1940) va boshqalar bu nazariyaning 20-30-yillardagi vakil- 
laridir, keyingilari esa Klark, Berli, G.Minz (50-yillar), Lou, Myur- 
dal, Gelbreyt, Xeylbroner (60-yillar va hozirgi davr) obyektiv iqtiso­
diy qonunlaming mavjudligini inkor etadilar.
Buyuk depressiya 
— 1929-1933 va hatto 1940-yilgacha AQSH va 
jahondagi yirik iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish 50% kamaygan
ishsizlik 25% oshgan (17 mln.).
Keyns Jon Meynard 
(1883-1946) — ingliz iqtisodchisi, keynschi­
likning asoschisi, 1929-1933 yillarda Buyuk inqirozni tahlil etib, jamoat 
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida 
davlatni kapitalistik iqtisodiyotni boshqarishiga asoslangan nazariyasini 
yaratdi. Milliy daromad, kapital mablag‘, ish bilan bandlik, iste’mol, 
jamg‘arish va boshqa iqtisodiy miqdorlaming tahliliga alohida e’tibor 
berdi. «Boshqariladigan kapitalizm»ning tarafdori bo‘ldi, turli 
yo'nalishlari mavjud. A.Marshallning do‘sti, marksizmning ashaddiy 
dushmani, «aralash iqtisodiyot»ning otasi va «Iqtisodiy jumal»ning 
muharriri. Asosiy asari «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy 
nazariyasi» (1936).Multi plikator formulasini taklif etgan, investitsiya­
laming o‘sishi, bandlik va daromadlaming o'sishi o'rtasidagi nisbatni 
ko'rsatgan, masalan, AQSH uchun o‘sha davrda bu ko'rsatkich 2,5 
bo'lgan, ya’ni investitsiya qilingan 1 dollar 2.5 dollar daromad keltiigan.
Likvidlik 
— moddiy ne’matlar va boshqa resurslaming tez pulga 
aylana olish qobilyati; korxonani o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lay 
olish qobiliyati balansning aktiv punktlarini pulga aylantirish.



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling