‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Bozor munosabatlariga o‘tish bosqichlariga oid
|
61aef8397723d3.50813536
22.4. Bozor munosabatlariga o‘tish bosqichlariga oid
qarashlar tahlili Darhaqiqat, mamlakat taqdirida keskin va muhim o'zgarishlar ro‘y berdi. 0 ‘zHkni anglash boshlandi. Milliy istiqlol g‘oyasi fuqarolar hayo- tiy mezonini tashkil eta boshladi. Iqtisodiy taraqqiyotda jiddiy o‘zgarishlarga erishildi. 1997 yildan boshlab, YalM o‘sish sur’atlarining aholi o‘sish sur’atlaridan ustun kelishi ta ’minlandi va mamlakatda aholi turmush darajasining yaxshilanishi uchun zamin yaratildi. Xalqaro ekspertlar ma’lumotiga ko‘ra, yangi asr boshiga kelib 0 ‘zbekiston ishlab chiqarish hajmiga ko'ra, inqirozga qadar bo‘lgan darajasini, shuningdek, BMT inson taraqqiyoti indeksi (uning tarkibiy qismlari: ahohning savodxonlik darajasi; umr uzunligi; aholi jon boshiga YalM) bo'yicha reytingidagi o‘z maqomini deyarli tiklab oldi. Inson potensial taraqqiyoti indeksi ko'rsatkichlari 1995-yildagi 0,679 dan 1999-yilga kelib 0,706 ga ko'tarildi. Jahon banki yillik hisobotidagi 1999-yil ma’lumotlariga ko‘ra esa, 0 ‘zbekiston Respublikasidagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot qiymati 870 $ ni tashkil etgan. Bu ko'rsatkich Qozog'istonda 1310, Xitoyda 750 $, Qirg‘izistonda 350 $ni, Rossiyada 2300 $ni tashkil etgan. Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra, inson taraqqiyoti zamirida 0 ‘z- bekiston iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy tamoyillar jumlasiga quyi- dagilar kiritilgan: -YalM o'sish sur’atlarining aholi o‘sish sur’atlaridan ustun kelishi, pirovardida esa, turmush darajasi yaxshilanishi uchun zamin yaratildi. -Uzoq muddatli istiqbolda o‘sish omili bo‘lgan asosiy kapitalga sarmoya kiritishning yuqori sur’atlarining ta’minlandi. -Iqtisodiy o'sishning ijobiy sur’atlari sharoitida inflatsiya sur’atlaridan barqarorlashishi natijasida, aholining real daromadlari va turmush darajasi yaxshilandi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishdagi zaif jihatlar turkumiga quyidagilar kiritilgan: 1. 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti tuzilmasi ilgarigiday o‘zining agrar- industrial tabiatini saqlab kelmoqda. 2. YalM tarkibida sanoat mahsuloti 25%dan ozroq qismini hamda jismoniy va ma’naviy eskirgan uskuna va texnologiyalar katta hissani tashkil qiladi. 3. Ishsizlik darajasi tez sur’atlar bilan o‘smayotgan bo‘lsa-da, ancha yuqori bo'lib, iqtisodiyotda qo'llanilmayotgan manbalardagi katta potensialni aks ettiradi. 4. Ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida, ayniqsa, aralash shaklda moliyalash tizimini boshqarish qismidagi institutsional o‘zgarishlar tugallanmagan. Shuningdek, islohotlar tajribasini umumlashtirishda turlicha yondashuvlar shakllanmoqda. Ulardan biri bozor munosabatlariga o‘tishning ijtimoiy muammolarini hal etilishi 3 bosqichga taqsimlanadi: 1-bosqich (1991-1994); 2-bosqich (1994-1997); 3-bosqich (1997-2005). Birinchi bosqichning maqsadi ahoU turmush darajasining keskin pasayishi va ishsizlikning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo'ldi. Bu bosqichda davlat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’mol bozorini himoya qilish uchun iste’mol mollarini me’yoriy tarqatish tizimi, talon va kuponlar joriy etildi. Kam ta’minlanganlar uchun imtiyozlar saqlandi. Ikkinchi bosqichning maqsadi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy o'sishni barqarorlashtirish, inflatsiyani jilovlash bo‘ldi. Natijada mulkdorlar sinfi shakllandi. Xorijiy omillarga bog‘liq bo'lgan o‘zak tarmoqlarini mustahkamlash choralari ko'rildi. Milliy valuta inflatsiyasini maqbul darajada jilovlash imkoni yaratildi. Uchinchi bosqichning maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlami sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko'tarishga qaratildi. Iqtisodiyotda miqdor va sifat siljishlari, kichik biznes va tadbirkorlik uchun huquqli sharoitlar yaratildi, ishsizlikning yashirin va turg'un holatlarini bartaraf etishga oid choralar ko‘rildi. AhoU daromadlarining yangi turlari - mulkdan va tadbirkorlikdan ham shakllana boshladi. AhoU kam ta’minlangan qatlamlar qashshoqlashuvi kamaytirildi. Boqimandalik chekindi. Mehnat va tadbirkorlik faolligi ortdi. Iqtisodiyotning negizini turli xildagi mulk tashkil etishi, mulkchilik munosabatlaridagi islohotlar chuqurlashuvi ham to'rt bosqichda guruhlantirishga imkon yaratdi. Bunda 1990-91-yillar tayyorlov bos- qichi deb belgilandi. 1-bosqich - 1992-1994 yillar; 2-bosqich 1994-1996 yillar; 3-bosqich - 1996-1998 yillar; 4-bosqich - 1999 yildan hozirgacha. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling