‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
‘tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari
|
61aef8397723d3.50813536
22.2. 0 ‘tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari
Ma’muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari, bozor munosabatlariga o'tish zaruriyatini anglashni va tub islohotlarni boshlashni talab etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud vaziyat iqtisodiy islohotlarni o'tkazishga tubdan yangicha yondashuvni sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlami hamda tajribalami hisobga olishni, eng muhimi, mamlakatimiz salohiyatiga ko‘proq tayanishni taqozo etdi. Bunday mas’uliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov tadqiqotlarida nazariy-ilmiy yechimini topdi. Chunonchi, aslini olganda, gap bozor munosabatlariga o‘tishda o‘xshashi bo'lmagan andozamizni ishlab chiqish, o‘z yo‘limizni tanlab olish haqida bormoqda. Bu yo‘l uch tarkibiy qismdan iborat: • ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi; • qat’iy markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga o'tishning eng muhim prinsip- lari; • iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishni barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo‘nalishlari. Keltirilgan tarkibiy qismlar to‘g‘risida respublikamiz ziyolilari, xususan, iqtisodchi-olimlar chuqur tadqiqotlami davom ettirib, bir qator asarlarini chop etishdi. 0 ‘tish davri iqtisodiyotining ko‘pchilik mamlakatlarga xos bo‘lgan umumiy qoidalari va holatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: • mavjud iqtisodiy tizimda yangi tizimga o‘tishdagi beqarorlik, nomutonosiblik va muvozanatsizliklar; • jamiyat iqtisodiy rivojlanish yo‘llarining turli-tuman xarak- terdaligi; • mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda tub islohotlaming zarurligi; • umumiy o‘tish qonuniyatlari mavjudligidan qat’i nazar, har bir mamlakat shart-sharoitlarini hisobga olish zarurligi; • eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlaming nomuvofiqMgi, ba’zi hollarda esa, qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega bo‘lishi; • jamiyat a’zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan qutilishi- ning qiyinchilik bilan kechishi, yangi iqtisodiy munosabatlaiga ehtiyot- korlik bilan yondashishiga qaramay, tashabbuskor, izlanuvchan, tadbirkor va taraqqiyparvar kishilaming tobora ortib borishi kabilar. Tarix tajribasiga ko'ra, madaniylashgan bozor munosabatlariga o‘tish davrining dovomiyligi bozor iqtisodiga o'tishning qanday yo‘li, andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. XX asr nihoyasiga kelib, shakllangan iqtisodiy tafakkur va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi qarashlarda erkin iqtisodiy tartibga solish g‘oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g'oyasi ham inqirozga uchraganligii bayon etilmoqda. Chunki I.Karimov ta’kidlaganidek: «Jahon sivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo'llarini ishlab chiqdi, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti mana shu yo‘lga asos qilib olingan». 0 ‘tish davri ko‘hna Yevropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni tashkil etgan bo‘lsa, mustamlakachilikdan ozod bo‘lgan Osiyo va bosh qa qit’a mamlakatlarida bir necha o‘n yildan iborat bo‘ldi. Masalan, Buyuk Britaniya — 200 yil, Fransiya — 150 yil, Germaniya va AQSH - 50 - 100 yil. Boshlang‘ich shart-sharoitlarga ko‘ra, yondash guruhlash mezo- niga asosan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi I.Karimov tomonidan tahlil etilgan. Bular: 1. Uzoq davom etgan evolutsion taraqqiyotni bosgan rivojlangan mamlakatlardagi aralash iqtisodiyot; 2. An’anaviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga ega) iqtisodiyot asosida shakllanayotgan madaniylashgan bozor munosabatlari; 3. Rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllanayot- gan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat; 4. Sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodi vujudga keltirish bilan qo‘shib olib borishga urinayotgan sotsialistik iqtisodiyotning xitoycha yo‘li. Yuqoridagi yondashuvlar asosidagi tahlillar ko'rsatishicha, bozor munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va tekis kechmagan. Bozor mexanizmlarini ideallashtirish ham katta xato bo‘ladi. Shuning uchun ham, « 0 ‘zbekiston tanlab olgan yo‘l respublika va uning xalqining manfaatiga nihoyatda mos keladigan ijtimoiy jihat dan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqti- soddir», - deb ta’kidlaydi I.Karimov. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti iqtisodiy rivojlanish samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog‘lash maqsadini ko'zlaydi. Mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini batamom shakllanishi uchun zarur bo'lgan vazifalar nechog‘lik tez hal etilishi o‘tish davri davomiyhgini belgilaydi: Birinchi galdagi asosiy vazifa — mulkdor sinflar masalasining tub- dan hal etilishi, boshqacha aytganda, xususiy mulkchilik yetakchi- ligidagi ko‘p ukladU iqtisodiyotning barpo etilishi. 2. Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish. 3. Keng tarmoqU bozor infratuzilmasini (fond va moliya muassasa- lari, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi boshqa muassasalami) rivojlantirish. 4. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ma’muriy cheklovlar orqali boshqa- rishdan iqtisodiy tariflar yo‘h bilan boshqarishga, ya’ni jahonda qabul qilingan ma’rifiy shakllarga o‘tish. 5. Milliy valutani erkin muomaladagi valutaga almashtirish masa- lasini hal etish orqali valuta tizimi va bozorini erkinlashtirish. 6. Xorijiy sarmoyadorlaming 0 ‘zbekiston bozorida faoliyat ko'rsatishi uchun kafolat, imtiyozlar va rag'batlantirishni kuchaytirish. 7. Korxonalaming xo‘jalik favoliyatiga noo'rin aralashuvning cheklab qo'yilishi. 8. Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming o‘z faohyati uchun iqtisodiy va moliyaviy mas’uliyatning oshirilishi. Bankrotlik instituti ahamiyatini oshirish. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning milliy xususiyatlari akademiklar S.S. G ‘ulomov, M.Sharifxo‘jayev, professorlar A.O‘lmasov, N.To'x- liyev, Sh.Shodmonov, A.Razzoqov kabilaming tadqiqotlarida batafsil bayon etilgan. Biroq bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalami bayon etishdagi yon- dashuvlarda ayrim farqlar ham mavjud. Masalan, prof. Razzoqov A.A. bozor munosabatlarining 3 ta shakli mavjudligini qayd etadi. Bular: 1. Yowoyi bozor (dastlabki paytlarda); 2. Ma’muriy-buyruqbozHk bozori (sobiq SSSR va sotsialistik deb atalgan mamlakatlarda); 3. Boshqariladigan bozor (hozirgi deyarli barcha rivojlangan yetakchi mamlakatlarda). Ayni paytda prof. A.O‘lmasov ta’kidlashicha, «Tarixan bozor iqtiso diyotining 2 turi bo'lgan: yowoyi va madaniylashgan bozor iqtiso diyoti». Umuman olganda, barcha tadqiqotlar I.Karimov asarlaridagi ilmiy- nazariy qoidalami chuqurroq va kengroq sharxlash vazifasini hal etganligini ta’kidlash lozim. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling