‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


«Insoniy rivojlanish bo'yicha hisobotlar»

bet120/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

«Insoniy rivojlanish bo'yicha hisobotlar»
(Human Development 
Report) ko‘rinishida chop etilmoqda.
Qisqacha xulosalar
Jahon xo'jaligi, jahon bozori va integratsion jarayonlaming uzoq 
tarixi bor. Ayniqsa, Buyuk ipak yo‘li (m.av.II asrda) davridaaniq na­
moyon bo‘lgan bu jarayon XVI asrda buyuk geografik kashfiyotlar tufayli 
kuchaydi. II Jahon urushidan keyingi davrda esa bu xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar maxsus tashkilotlar orqali amalga oshirilib, hozirgi davmi 
ularsiz tasawur etish mumkin emas. «Benilyuks» (1944), Umumiy 
bozor (1957), Yevropa ittifoqi, OPEK (1960), NAFTA, EKO, Xalqa­
ro valuta fondi, Jahon banki va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bu 
aloqalami ma’lum tartibga solib kelmoqdalar.
A.Smit mehnat taqsimoti ishlab chiqarishda taraqqiyot asosi ekanligini 
isbotlab bergan bo‘lsa, D.Rikardo «bu mehnat taqsimoti faqat ma’lum 
mamlakat doirasidagina emas, balki dunyo miqyosida bo‘lishi kerak» 
degan g'oyani ilgari surdi. Chunki har bir davlat ma’lum sohada nisbiy 
ustunlikka ega bo‘ladi. «Nisbiy ustunlik», «solishtirma chiqimlai» nazariyasi 
xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv zarurligini isbotlab berdi.


Bu borada bir qancha iqtisodiy ta’Iimot, nazariya va konsepsiyalar 
ilgari surildi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘yicha neoklassik (sof ta’Iimot) va 
neokeynschilik nazariyalari keng tarqalgan. «Sof» ta’Iimot tarafdorlari 
fikricha, iqtisodiy aloqalar xalqaro maydonda ham erkin bozor 
tamoyillari asosida rivojlanishini qo‘llaydilar (erkin raqobat, hamma 
uchun bir xil imkoniyat, taklif doimo talabni vujudga keltiradi, savdo 
balansi o‘z-o‘zini tartibga soladi va boshqalar).
Neokeynschilik ta’limoti vakillari bu jarayondagi bozor munosabat- 
lariga davlatning faol ishtirokini ma’qul ko'radilar.
Mustamlaka mamlakatlar bilan xalqaro munosabatlar bo'yicha 
turli nazariyalar mavjud. Ulaming ko'pchiligi metropoliya koloniya- 
lari uchun ijobiy rol o‘ynaganligini himoya qiladi. Bevosita investit­
siyalar nazariyasi mustamlakachilikda ham bo'lib, mustaqil rivojla­
nish yo'liga o'tgan mamlakatlarda iqtisodiyotni qutqarishdagi asosiy 
yo‘l deb hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivoji bilan birga bir qancha muam- 
molar mavjud. Bu, odatda, boy va nisbatan qoloq mamlakatlar o'rtasi- 
dagi munosabatlardir. 70-yillarda yangi xalqaro iqtisodiy tartib qabul 
qilindi. Mavjud muammolami hal etish uchun BMT tomonidan «inso­
niy rivojlanish» konsepsiyasi taklif etilgan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling