‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Jahonshumul iqtisodiy muammolar
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1997-yildan BM T Bosh kotibi tinchlik boyicha Nobel mukofoti laureati Kofi Annan)
21.4. Jahonshumul iqtisodiy muammolar.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti to'g'risidagi g'oyalar Hozirgi davrda jahonda 200 dan ortiq davlat mavjud, ulaming soni sobiq SSSRning parchalanishi, Yugoslaviyaning bo'linishi va boshqalar tufayli keskin oshdi. Shundan 188 davlat BMT a’zosidir. Bu tashkilot tuzilganidan buyon (1945-yil 24-oktabr) o'ziga xos yakun yasaldi va quyidagilar e’tirof etildi: BMT a’zolari soni 51 tadan 188 ga o'sdi, dunyo aholisi esa shu davr mobaynida 2.5 milliarddan 6,1 milliardga yetdi (o'sish 3,5 milliard), yalpi milliy mahsulot (yoki xalq boyligi) 7 trillion AQSH dollaridan deyarli 30 trillion dollarga yetdi, ya’ni 4 martadan ko‘proq o‘sdi. 1995-yilning martida Kopengagenda BMT tashabbusi bilan ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘ldi, unda 150 dan ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B. Butros G'oliy ( 1997-yildan BM T Bosh kotibi tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti laureati Kofi Annan) o‘z nutqida so‘nggi yillarda kambag'allar va boylar o'rtasidagi tafovut kuchayib, 1960-yildagi nisbat 13:1 dan hozirgi o‘n yillikda 60:1 ga yetganligini qayd etdi. Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1. Sayyoramizning 1,5 milliard aholisi (27,3 foiz) og'ir iqtisodiy ahvolda kun kechirmoqda. Bunday differensiatsiya xavfli oqibatlarga oUb kelishi mumkin. Bundan tashqari, dunyoda ekologik muammo kuchayib bormoqda. Sog'liqni saqlash (SPID va boshqa yuqumli kasalliklar), narkobiznes masalalari tobora avj olmoqda. 0 ‘zaro iqtisodiy, ayniqsa, savdo munosabatlarining nafi hammaga ayon bo‘lishiga qaramay, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar, odatda, garmoniya asosida emas, balki qaram a-qarshiliklar asosida rivojlanmoqda. Boy va kambag'al mamlakatlar o'rtasida savdodan tushadigan daromadlami taqsimlashda kelishmovchiliklar kuchayib bormoqda. Lekin keyingi davrda olib borilgan to‘g‘ri iqtisodiy siyosat tufayli ilgari qoloq bo'lgan davlatlaming ayrimlari rivojlanish, taraqqiyot yo'liga kirib oldilar. Ulaming soni tobora oshib bormoqda. Ulaming ayrimlari Lotin Amerikasida (Braziliya, Argentina, Meksika), ko'pi janubi- sharqiy Osiyodadir («to‘rt ajdaho» - Koreya Respublikasi, Tayvan, Syangan va Singapur). Malayziya, Tailand, Vyetnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlar bular qatoriga kelib qo'shilmoqda. Bu davlatlarga xos bo‘lgan xususiyat shuki, bozor munosabatlari keng qo'llanilmoqda, sanoat (indus- triya)ning rivojiga alohida e’tibor berilmoqda, xorijiy investitsiyalar (qo'shma korxonalar juda ko‘p) ko‘p ishlatilmoqda va oqibatda iqtisodiyotning o'sish sur’atlari yuqori (5-10, hatto 14-15 foiz). Xitoy Xalq Respublikasi ham 1979-yildagi iqtisodiy islohotlar tufayli ta raqqiyot yo'liga kirdi (ayniqsa, ochiq iqtisodiy hududlarda o‘sish katta). Shular tufayli bu sohada iqtisodiy ta’limotlarda ham o'ziga xos yo'nalishlar yuzaga keldi. Hozirgi davr iqtisodiyotchilari U.Rostou, R.Emerson, P.Samuelson va boshqalar kolonializmning ijobiy tomonlarini, uning qoloq mamlakatlarga «taraqqiyot» oUb boiganligini bo‘rttirib ko'rsatishga intilmoqdalar. Go‘yoki mustamlakalar ilg‘or mamlakatlar yordamida o‘z mustaqilligini ta’minlashga erishganlar. Bu tuzum ilg'or va qoloq mamlakatlarga birdek naf keltirgan deb hisoblaniladi. R.Emerson fikricha, kolonializm Sharq xalqlari uchun taraqqiyot yo'lidan borishga imkoniyat yaratdi. Ayrim iqtisodchilar kolonializmning salbiy tomonlarini inkor etmagan holda, uni XIX asr oxiri va XX asrdagi kapitalistik mamlakatlar «deformatsiya»ga uchradi, mustamlaka davlatlarining do‘stiga aylandi, demoqdalar. «Yaxshi kolonializm» iqtisodiy rivojlanishni rag‘bat- lantiradi, bu davlatlaming o‘z-o‘zini boshqarishini ta’minlaydi. G ‘arbda «noiloj rivojlanish», «tashqi turtki» nazariyalari keng tarqal- gan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ulaming ahvoli og‘ir ho‘ladi. Ochlik-yalang‘ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg'ar- malar paydo bo'lishiga to'siqdir va kapital qo'yilmalar ham past darajada saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o'sishiga yo‘l bermaydi va kambag‘allik hamda nochorlikni keltirib chiqaradi (Ilojsizlik rivojlanishi). Bu og‘ir ahvoldan chiqishning birdan-bir yo‘li - tashqi «turtki yo‘li» hisoblanadi. Minimum kapital qo'yilmalaming asosan tashqi investitsiyalar hisobiga asta-sekin o‘sishdga, rivojiga erishiladi. Kapital qo'yilmalar miqdori ma’lum kritik darajadan yuqori bo'lishi kerak, shu bilan turg‘unlik holatidan chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy investorlar uchun qulay «iqlim»ni yuzaga keltiradi. G'arbdagi ko‘p iqtisodchilar bu mamlakatlarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o'tkazishni ham taklif etmoqdalar. Mustamlaka mamlakatlari bilan metropoliya o'rtasidagi munosabatlar hech vaqt tenglik asosida bo‘lmagan, noekvivalent almashuv yo‘li bilan qo'shimcha boylik orttirish imkoni bo'lgan. Ilgari mustamlaka bo'lgan qaram davlatlar mustaqillikka erishgandan keyin ham awalgi metropoliyaga ko‘p vaqt davomida ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib qolaverdi. Yana bir eng dolzarb masala bu - demografiya muammosidir. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1945-2000-уШаг davomida jahonda aholi soni 2,5 milliarddan 5.5 milliardga yetdi. I.Fisher, R.Dombush, R.Shmalenzilaming ta’kidlashicha, kamba- g‘al mamlakatlar masalasi kambag'al Janub bilan boy Shimol o'rtasidagi muammolar sifatida tobora kuchayib bormoqda. Janub mamlakatlari o‘z qiyinchiliklarini jahon iqtisodiyotidagi mavjud awalgi tartibdan deb bilmoqdalar. Bu tartib go‘yoki ularga qarshi qaratilgandir. 1974-yilda BMT Bosh Assambleyasi yangi xalqaro iqtisodiy tartib joriy etishni qo'llab-quwatlovchi rezolutsiyani qabul qildi (NIEO). Qabul qilingan yangi tartib uch qoidaga asoslanadi: 1. Xalqaro aloqalar ma’lum tartibga solib turiladi va bu turli davlatlar tomonidan siyosiy yo‘l bilan amalga oshiriladi. 2. Ishlab chiqarilgan tovarlaming davlatlararo taqsimotida rivojlanayotgan mamlakatlar manfaati ham hisobga olinishi shart va shuni ta’minlaydigan yo‘llar yaratilishi kerak. 3. Barcha iqtisodiy munosabatlar tizimi demokratiya asosida olib borilishi zarur, har bir davlat o‘z ichki tuzumidan qat’i nazar, shu munosabatlarda qatnashishga haqlidir. Keyingi davrda BMT tomonidan «Insoniy rivojlanish konsepsiyasi» ilgari surildi. Iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi daromadning ko'payishi va insoniy farovonlikning yaxshilanishi orasidagi aloqani aniqlashda muhim xizmatni ado etadi. Mamlakatning insoniy rivojlanish darajasi qanday baholanadi? Bu muammoning zamonaviy yechimlariga bir oz to‘xtalamiz. Mamla katning rivojlanganlik darajasini baholashning yaqingacha yagona usuli jon boshiga YaMM bo‘lganligi sababli, mukammalroq ijtimoiy-iqti sodiy ko‘rsatkichni kashf qilish davr talabi edi. Izlanishlar natijasida insoniy rivojlanish indeks (IRI) ko'rsatkichi kashf etildi. IRI inson rivojlanish darajasini ko'rsatuvchi uch asos - umrboqiylik, ta’lim va yashash darajalaridan iborat integral ko‘rsatkichdir. Uzoq umr ko‘rish kutilayotgan hayot davomiyligi orqali o'lchanadi. Ta’lim darajasi ko‘rsatkichning 2/3 qismini tashkil etuvchi katta yoshlilar savodxonligi va 1/3 qismini hosil qiluvchi ta’limning o‘rtacha davomiyligi ko‘rsat- kichlari orqali ifodalanadi. Yashash hayotning mahalliy qiymati (sotib olish pariteti yoki PPP «purchasing power parity») ga nisbatan to‘g‘rilangan jonboshiga real yalpi ichki mahsulot (YalM) orqali baholanadi. Nimaga faqat uch ko‘rsatkich? - degan savol tug'ilishi tabiiy. Inson hayotining hamma jabhalarini aks ettirish a’lo bo‘lar edi. Ammo ma’lumotlaming to‘liq emasligi bir oz cheklanishlar tug‘diradi va bu ma’lumotlarga ega bo‘linganda, balki ulami ham hisobga olish ayni muddao bo‘lar edi. Ammo ko'proq ko'rsatkichlami qo‘shish har doim ham yaxshiroq natijalarga olib kelavermaydi. Ulaming ba’zi birlari ishlatilayotgan ko'rsatkichlar bilan korrelatsiya qilingan bo'lishi mumkin. Bolalar o‘limi darajasi, masalan, kutilayotgan hayot davo- miyligida o‘z aksini topgan. 0 ‘zgaruvchilaming ko‘proq sonini qo'shish umumiy manzarani xiralashtiradi va asosiy yo'nalishlardan chalg‘itadi. Insoniy rivojlanish tushunchasi so‘nggi yillarda barqaror rivojlanish g‘oyasi bilan to‘ldirildi. Buning ma’nosi shuki, hozirgi avlodning insoniy rivojlanish jarayoni kelajak avlod insoniy rivojlanishi hisobiga ro‘y bermasligi darkor. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi dastlab atrof- muhitni muhofaza qilish harakati tomonidan kiritildi, bu harakat namoyandalari rivojlanish tushunchasi «avlodlar o;rtasidagi muno sabatlar» kabi g'oyani ham o‘z ichiga olishini himoya qilmoqdalar. Tabiiy resurslaming kamayib borishi kelajak avlodlar rivojlanishi muam- molarini keltirib chiqarishi mumkin. «Barqaror rivojlanish» konsep- siyalari atrof-muhit va tabiiy resurslar doirasidagina qo‘llanilishi mumkin bo‘lmay, balki insoniy imkoniyatlar, «insoniy kapital»ga qo‘- yiladigan investitsiyalarga ham tegishlidir. Insoniy rivojlanish konsepsiyasi BMT Taraqqiyot Dasturi (FNDP) tomonidan izchil targ'ib qUinib kelmoqda. Bu sohadagi izlanishlar yillik Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling