‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Asosiy tushuncha va iboralar
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ш b о b. 0 ‘RTA OSIYODAGI DASTLABKI VA TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO‘LGAN IQTISODIY G‘OYALAR 3.1. «Buyuk ipak yo‘li»mng Markaziy Osiyoda iqtisodiy
Asosiy tushuncha va iboralar
Islom, ribo‘, Ibn Xaldun, «Kitob-ul-ibar», «Русская правда», «Домострой», «beg‘araz sovg‘a», «Utopiya», «Oftob shahri», ilk xayoliy sotsializm, «qo‘ylar odamlami yeb qo‘ydi». Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Feodal yer egaligi davri qachon boshlangan va uning rivojlanish bosqichlari qaysi? Bu davrda bosh iqtisodiy g‘oya nimadan iborat bo‘lgan? 2. Islom dinida qanday iqtisodiy g‘oyalar qo‘llab-quwatlangan va qaysilari inkor etiladi, nega? Ribo‘ nima? 3. Islom aqidalari bo‘yicha savdo foydasining eng yuqori foizi qancha? 4. Ibn Xoldunning bosh iqtisodiy asari qaysi va u qachon yozilgan? Asardagi asosiy iqtisodiy g‘oyalami ta’riflab bering. 5. G‘arbiy Yevropada feodalizm davridagi iqtisodiy g'oyalaming asosiy yo‘nalishlarini aytib bering. 6. Foma Akvinskiyning iqtisodiy ta’limotida qaysi masalalaiga asosiy e’tibor berilgan? 7. Rossiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g‘oyalaming asosini nima tashkil etadi? 8. Xayoliy (utopik) sotsializmning asoschilari kim? Xususiy mulk va pulga bo'lgan munosabat hamda yangi jamiyatning asosiy aqidalari qanday? 9. «Qo‘ylar odamni yeb qo‘ydi» iborasining mazmuni nima, bu ibora qachon va kim tomonidan aytilgan? Ш b о b. 0 ‘RTA OSIYODAGI DASTLABKI VA TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO‘LGAN IQTISODIY G‘OYALAR 3.1. «Buyuk ipak yo‘li»mng Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o‘rni Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li — Buyuk ipak yo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan, ipakeksport qilinganligi sababli «Ipak yo'li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo‘l m.av. II asrdan to milo- diy XV asrgacha, suv yo'llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda 0 ‘rta Yer dengizi mamlakatlari o‘itasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalaming rivojida muhim rol o‘ynagan. Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg‘oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo‘l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib,biri shimoli-g‘arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo‘nalgan. Karvon yo‘lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo‘lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887- yil ushbu yo‘nalishga ilkbor «Buyuk ipakyo‘li» degan nisbat beradi va bu ibora muomalaga kiritiladi. Shimoliy yo‘l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg'ar, Dovon (Farg‘ona vodiysi)ga borgan. U yerdan So‘g‘dning markazi Samarqand va Maig‘iyona (Marv)ga yo‘nalgan. Ipakyo'li Faig'ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo‘lingan. Janubiy qismi 0 ‘zgandan 0 ‘sh, Quva, Maig‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o‘tib, Doqvohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, Qamchiq tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi hisoblangan. Bu yo‘l mohiyat-e’tibori bilan Shaiq va G'arbni turli jabhalaida bog‘lovchi yo‘ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyatva boshqalar). Shu karvon yo‘l orqaU Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gazla- malar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmat- baho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg‘ona )dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo'lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mus- taqillikka erishuvi tufayli, bu yo‘lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg‘iziston, 0 ‘zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy den- gizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan Yev- ropa (Parij, Rotterdam)ga yetkazuvchi yo‘l loyihasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. 0 ‘rta Osiyoning Buyuk ipak yo‘li o‘mi va eksport potensialiga e’tibomi qaratsak, Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi 0 ‘zbekiston hududiga qiziqish awaldan ma’lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo‘lgan. Tarixiy va hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o‘mi, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo‘yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar hammani qiziqtiigan. Kitob yozish (hattotlar), miniatura san’ati yuqori darajada bo‘lgan. Shu sababli kitob savdo-sotig‘i yetakchi o‘rinni egallagan. Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo'lganligi ma’lum. Otlar xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, trans port vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o‘ynash, kabilarga nihoyatda qadrlangan va otlar eksportda yetakchi o‘rin egaUagan. Qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirish va ipdan olinadigan mah sulot asosiy o'rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog‘dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda yetishtirishni o‘rganishgan. Vatanimiz hududida qorako‘1 ten beradigan qo‘ylar parvarishi muhimdir. Ulaming terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling