‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
T.Kampanella Neapol (Italiya) mehnatkashlarining qashshoqligini
ko‘igan. U o‘zining «Oftob shahri» (1602-yilda yozilgan, 1623-yilda chop etilgan) kitobida zolimlaming shohona hayotini tanqid qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak jamiyat to‘g‘risidagi o‘z tasawurini ham beradi, ular T.Moiga o‘xshash: ijtimoiy mulkchilik mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur, mashina mehnati tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug‘ullanish shait qilib qo'yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiy arbob bo‘lgan, keyinchalik esa (1582) rohib bo‘lgan. Ispaniya bosqinchUariga qarshi isyon uyushtiigani uchun qamoq- qa olingan, 27 yil qamoqda yotib, falsafa, falakiyot, siyosat, tibbiyotga oid o‘nlab asarlar yozgan. Uning «Oftob shahri» asari dengizchining hikoyasi shaklida berilgan. Yangi jamiyatda olim kohinlar tabaqasi tomo nidan boshqariluvchi ideal jamoa bo'ladi, xususiy mulk va oila bo‘lmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, fan va maorif taraqqiy etadi (Galileyni himoya qilgan) degan. Faylasuflaming bergan bahosiga ko‘ra, bu olimlaming jamiyati «xomaki ishlangan» «qo'pol kommunizm»d\r. Ular asosan, hunarmand chilik va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xususiyatiga ega. Ammo shunisiga e’tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta’min- langan, bilimli davlat arbobi bo'lganlar, kommunistik jamiyat g'oyasi K.Marks va F.Engelslaminggina g'oyasi emasligini ham eslatib o'tish zarur. Xayoliy sotsializm to‘g‘risidagi dastlabki g‘oyalar Osiyoda Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (870-950, 2- muallim), Germa-niyada Tomas Myunser (1420-1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan. Injil va Qur’oni Karimda ham uning elementlari bor. Markaziy Osiyodagi sarbadorlar (boshini dorga tikkanlar) davlati ham shu tamoyillaiga asoslangan (Samarqandda Abu Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Xurdaki Buxoriy va boshqalar). Keyinchalik Abdurahmon Jomiy va A.Navoiy, Xurdaki Buxoriy asarlarida ham bunday g‘oyalar bo‘lgan. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling