‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy g‘oyalarga qisqacha
|
61aef8397723d3.50813536
2.2. G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy g‘oyalarga qisqacha
xarakteristika G ‘arbiy Yevropada feodalizm jamiyati uch bosqichni bosib o‘tdi: ilk feodalizm (V-X asrlar), rivojlangan feodalizm (X-XV asrlar) va feodalizmning yemirilish davri (XVI-XVIII asrlar). Dastlabki davrda dehqonchilik xo'jalikning asosi edi, aholi o'rtasida keskin tabaqalanish ham mavjud emas edi. Yuzaga kelgan buyuk Frank davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, feodalizm munosabatlari shakllanishi (quldorlik formasiya shaklida tarkib topmadi - «Sali haqiqati», 481-614) qonunlar to‘plamida aks etgan. Bunda eski jamoa munosabatlari himoya qilinadi (umumiy mulkchilik), ammo ayrim xo'jaliklaming mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik ham qo'llab- quwatlanadi, sinfiy ajralish asta-sekin namoyon bo‘la boshlaydi. Olimlar feodalizmdan oldingi Frank qishlog'ining o ‘ziga xos bo‘lganligini qayd qilib, erkin Frank dehqoni Rim koloni (qul) bilan yangi krepostnoy o‘rtasidagi figura ekanligini, ya’ni krepostnoylik munosabatlari endigina shakllana boshlaganligini qayd etgan edi. «Sali haqiqati» sinfiy differensiatsiyani ko‘rsatdi. Natural xo‘jalik va dehqonlaming krepostnoylik ekspluatatsiyasiga oid dastlabki « Villalar to'g'risidagi kapitulyariy» pomestyelar to‘g‘ri- sidagi qonun bo'lib (IX asr boshi), unda feodal yer egaligi va krepost noylik himoya etiladi. Unda endi jamoa, jamoa mulki to‘g‘risida gap yo‘q. Bu hujjatda votchinaning yagona egasi va votchina aholisining majburiyatlari to‘g‘risida gapiriladi. Krepostnoylikning yuzaga kelish masalasi ko‘p olimlami qiziqtiradi. Yega monopoliya egaligi va dehqonlami majbur qilish apparatining paydo bo‘lishi hal qiluvchi rol o‘ynagan. Natural xo‘jalik yetakchi bo‘lsa ham, tovar ishlab chiqarish ham mavjud edi. Shaharlarda hunarmandchilik sexlari, savdo rastalari doimo ishlab turgan. Ishlab chiqarish almashuv va sotish uchun amalga oshirilgan. Sex nizomlarida ishlab chiqarishni uyushtirish, xalfa yollash, o'quvchilar olish tizimlari belgilangan edi. Master-usta bo‘lish uchun ancha yuqori mulk senzi qo‘yilgan. Umuman, uy hunarmandchiligiga nisbatan sex ancha ustunlikka ega edi, awalo, keng mehnat taqsimoti boigan (bu ishning tez va sifatli bajarilishiga oUb kelgan), raqobat bor edi. Klassik o'rta asr davridagi iqtisodiy g‘oyalar kanonik, ya’ni qonuniy doktrinalar asosida rivoj topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar katta faoliyat ko‘rsatdilar. XII asming o‘rtalarida boloniyalik rohib Grosian Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling