‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
П b о b. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING
|
61aef8397723d3.50813536
П b о b. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING
YEMIRILISH DAVRIDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V asridan G ‘arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chiqarish usuli bilan almashdi. Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik, qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865-yillardagi fuqarolik urushidan keyin to‘la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan, Turkistondagi qullik davri ham shu davrda, ya’ni o‘lka Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo'li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko‘ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab chiqarish usuli darajasiga yetmadi, feodalizmga o'tildi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik mavjud bo‘lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan, rasman ozod dehqonlami ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari - feodallar yoki davlat dehqonlardan barshchina (ishlab berish), natural (mahsulot) yoki pul obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega edilar. Shunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda ishlab chiqaruvchilar - dehqonlaming hamkorligiga asoslangan. Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan xiyla manfaatdor bo‘lgan, o‘zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo‘jalik mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish kuchlari ancha o‘sdi. Feodalizm shu jihatdan awalgi ibtidoiy jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo bu davrda hali ham qoloq texnika mavjud bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji sekin borgan. G ‘arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi)dan buijua inqiloblari (XVII- XVIII asrlar), aniqrog'i, sanoat to'ntarilishi davrigacha yashadi. Ko‘p- gina mamlakatlarda (masalan, 0 ‘rta Osiyo, jumladan, O'zbekistonda) bu davr undan ham uzoq vaqtni o‘z ichiga oladi (III-XX asrlar). Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli bo‘lib, yerga egalikning qonuniy ekanligini ko‘rsatish, tovar-pul munosabatlari muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga qaratilgan. 0 ‘sha davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda tovar-pul munosabatlari (sudxo‘rlikdan tashqari) qo'llab-quwatlanad, shu bilan birga, feodal jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etiladi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling