1-mavzu: O‘rta asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada arxivlar Reja


Download 149.5 Kb.
bet1/12
Sana09.04.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1345851
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu. O‘rta asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada arxivlar


1-mavzu: O‘rta asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada arxivlar


Reja:

  1. O‘rta asrlar arxivlari shakllanish va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari

  2. O‘rta asrlarda Fransiyada arxivlar

  3. O‘rta asrlarda Angliyada arxivlar

  4. O‘rta asrlarda Germaniyada arxivlar



Tayanch iboralar: benedikt, unifikatsiya, retseptsiya, xartiya, skriptoriy, kartulyariy, paradigm, Buyuk (Katta) yong‘in, Vestminster, Vinchester, “Dahshatli sud kitobi”, kapella, klirik, manuskript, oldermen, Tauer qal’asi, “Shaxmat taxtasi palatasi”, “Erkinlikning buyuk xartiyasi”, o‘ramlar kapellasi, Verden shartnomasi, vergeld, Vorm konkordati, gerold, glossator, “Gratsian dekreti”, legistr, “Pomestye haqida kapitulyariy”, “Sali haqiqati”, “Strasburg qasami”



  1. O‘rta asrlari shakllanish va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari

Yevropada o‘rta asrlar davlatchiligining boshlanishi G‘arbiy Rim imperiyasi va qulchilikning qulashi bilan bog‘liq. Rim imperiyasining qulashi natijasida Yevropada bir qancha varvar davlatlari tashkil topdi.
O‘rta asrlar uzoq davom etganligi sababli Yevropa davlatlarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti turli transformatsiyalarga uchragan. Shuning uchun tarixshunoslikda o‘rta asrlar quyidagicha davrlarga bo‘lib (bu davrlashtirish, ko‘proq, Yevropaga mos keladi) o‘rganilgan:

  • Ilk o‘rta asrlar (V asr oxiri – XI asr o‘rtalari);

  • Yuqori yoki Klassik o‘rta asrlar (XI asr o‘rtalari – XIV oxiri);

  • So‘ngi o‘rta asrlar yoki Ilk Yangi davr (XIV – XVI asrlar)1.

Ilk o‘rta asrlarda Yevropadagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar:

  • Xalqlarning buyuk ko‘chishi (IV – VII asrlar);

  • Rim imperiyasining qulashi (476-yil);

  • Varvar qirolliklarining tashkil topishi.

Ilk o‘rta asrlarda arxiv ishining murakkab jihatlari:
• urushlar natijasida doimo chegaralar o‘zgarib turar, davlatlar qanchalik tez tashkil topgan bo‘lsa, shunchalik tez qular edi;
• Buyuk Karl yoki Sharqiy slavyanlar tuzgan Kiyev Rusi kabi davlatlar ham kuchli iqtisodiy bazaga va mustahkam harbiy-ma’muriy boshqaruvga ega emas edi;
• Feodal tabaqalanish, o‘ziga xos bo‘ysunish tartibi, vassalning sen’or oldidagi majburiyatlari, syuzeren va vassal o‘rtasidagi munosabatlar qat’iy ravishda o‘rnatib qo‘yilgan bo‘lsa-da, har bir yirik feodal deyarli mustaqil siyosat olib borgan, mustaqil ravishda urush e’lon qilish huquqiga ham ega bo‘lgan.
IV asrning oxiriga kelib G‘arbiy Rim imperiyasi hududlarini german qabilalari birin-ketin bosib ola boshladi. Imperiya bu davrda ichki inqiroz va yemirilish holatida edi. Sharqiy Rim imperiyasi esa varvarlarni katta harbiy kuch hisobiga zo‘rg‘a to‘xtatib turar edi. V asrning boshida vestgotlar Sharqiy Rim imperiyasining Bolqon viloyatlarini talon-taroj qildilar va Italiyani vayronaga aylantirib, Ispaniya hamda janubi-g‘arbiy Galliyada o‘z qirolligiga asos soldilar. Vandallar, svevlar, burgundlar, franklar imperiya viloyatlarini birin-ketin bosib oldilar. Xitoyning shimoliy chegaralaridan ko‘chib kelgan xunnlar IV – V asrlarda Volgadan Reyngacha bo‘lgan hududlarda o‘zlarining qudratli davlatini barpo etdilar. Bu davlatlarda ma’muriy-boshqaruv tizimi, ish yuritish tartibi to‘liq shakllanmagan bo‘lsa-da, bir qancha siyosiy, huquqiy, moliyaviy hujjatlar vujudga kelgan. Shunday hujjatlardan biri germanlarning “Sali haqiqati” nomli qonunlar to‘plamidir.
Ilk oʻrta asr arxivlari feodal munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida shakllangan. Oʻsha davrda shakllanib borayotgan arxiv turlari feodal jamiyatining iqtisodiyoti va davlat tuzilishining bosqichma-bosqich rivojlanib borishi bilan bogʻliq boʻlgan. Arxivning asosiy turlari, asosan, feodallar, dunyoviy va diniy (cherkov va monastir) arxivlaridan iborat boʻlgan. Yirik monastirlar, yepiskopliklar va feodallar qasrlari qoshida arxivlar tashkil etilgan. Ularning dastlabki namunalari tanazzulga uchragan Rim imperiyasi xarobalarida shakllangan varvar qirolliklari arxivlari edi. Bu qirolliklarda dastlabki davlat hokimiyatining tashkil etilishi, hujjatshunoslik va ish yuritish qabila (harbiy otryadlar) boshliqlarining hamda ularning yordamchilari og‘zaki buyrug‘i asosida amalga oshirilgan. Bosib olingan hududlar va u yerdagi aholini ekspluatatsiya qilishni tashkil etish, kuchayib borayotgan feodal zodagonlarining huquqlari va mulkini himoya qilish yangi davlat tashkiloti, davlat apparati hamda yozma ish yuritish zaruratini vujudga keltirdi. Bu holat oʻrta asr Yevropasida arxivlarning tashkil etilishi va rivojlanishiga turtki berdi.
O‘rta asrlarda tez-tez ro‘y bergan yong‘inlar, o‘zaro urushlar natijasida ko‘plab arxivlar zarar ko‘rar yoki yo‘q bo‘lib ketar edi. Shu boisdan, V – IX asrlarga oid dunyoviy arxivlar bizgacha deyarli yetib kelmadi. U davrdan ko‘proq iodatxonalar va monastir arxivlari saqlanib qolgan. Ular orasida Montekassino va Farfa-Bobbiyo (Italiya), Parij va Sen-Jermen (Fransiya), Fulda va Sen-Gallen (Germaniya) monastirlari arxivlari eng yirik arxivlar hisoblanar edi.
G‘arbda ilk o‘rta asrlarda eng yirik arxiv Papa arxivi edi. Bu arxiv IV asrda vujudga kelib, keyinchalik Vatikan arxivi degan nom oldi. Vatikan arxivida faqat cherkov hujjatlari emas, balki butun G‘arbiy Yevropa tarixiga oid hujjatlarning yirik majmuasi to‘plangan2.
X–XII asrlarda Yevropada shahar arxivlari paydo bo‘ldi. Bu arxivlarda qirollarning shaharlarga taqdim etgan yorliqlari, shahar statutlari, sud qarorlari, moliyaviy hisobotlar va boshqa hujjatlar saqlanar edi. Savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida notarial arxivlar ham vujudga keldi.
Qirol hokimiyatining kuchayishi va markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi tufayli qirollar arxivlarining ahamiyati oshib bordi. Masalan, Fransiyaning birlashtirilishi oqibatida qirol arxivi – Xartiyalar xazinasi tarkibiga viloyatlar va ayrim yirik feodallar arxivlari qo‘shib olindi. Ispaniyada XV asrning oxirida markazlashgan davlat tashkil topganidan so‘ng Simankas qasrida umumdavlat ahamiyatiga molik qirol arxivi tashkil etildi.
Angliyada XIV asrda 3 ta qirol arxivi mavjud edi: Vestminster saroyida, Tauer saroyining minoralaridan birida va O‘ramlar kapellasida.




  1. Download 149.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling