1-mavzu: O‘rta asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada arxivlar Reja


O‘rta asrlarda Germaniyada arxivlar


Download 149.5 Kb.
bet4/12
Sana09.04.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1345851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu. O‘rta asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada arxivlar

O‘rta asrlarda Germaniyada arxivlar

German qabilalari (asosan, sali franklari)ning dastlabki huquqiy hujjati “Sali haqiqati” (65 bob – “titul”dan iborat) bo‘lib, bu qonunlar to‘plami 507–511-yillarda merovinglar sulolasidan bo‘lgan franklar qiroli Xlodvig I (482–511-yy.) tomonidan tuzilgan. To‘plamda, asosan, huquqbuzarlik uchun jarimalar, sud ishiga oid (prosessual) tartiblar – oilaviy, mulkka oid, majburiy va merosiy, xalqaro munosabatlar masalalariga huquqiy maqom berilgan. Masalan, “Sali haqiqati”ga ko‘ra, elchini o‘ldirganlik uchun katta to‘lov, ya’ni 1800 solid vergeld (o‘lgan inson uchun xun) (oddiy frankni o‘ldirganlik uchun jarima 200 solid vergeld edi, qirol drujinachsini o‘ldirganlik uchun jarima 600 solid vergeld) to‘lanadi, deb belgilab qo‘yilgan.
“Sali haqiqati” merovinglar davrida qator qirollar kapitulyariylari bilan to‘ldirilgan, IX asrda Karl Buyukning qonunchilik islohotlariga asos bo‘lib, qayta ishlangan9.
Buyuk Karl (768–814-yy.) imperiyasining markaziy boshqaruv tizimi uning qarorgohi bo‘lgan Axenda (hozirgi Germaniya hududida) joylashgan edi. Bu yerda uning eng yirik graflari, oliy sudyalari bo‘lgan, arxikansler yoki erskansler (imperiya devonxonasi boshlig‘i), kamerariy (imperiya xazinaboni), konnetabl (otliq va otliq qo‘shin boshlig‘i) va boshqalar joylashgan edi. Tabiiyki, saroydan chiqmagan bu amaldorlar butun imperiyani umumiy boshqaruv tizimiga katta ta’sir ko‘rsata olmas edi. Shuning uchun, Pireney yarim orolidan Bolqongacha, Boltiqdan Italiyagacha bo‘lgan hududlarda markazdagi feodal iyerarxiyaga o‘xshab tashkil etilgan mahalliy ma’muriyat vakillari tayinlangan. Buyuk Karlning boshqaruv tizimiga Rim an’analari katta ta’sir ko‘rsatgan.
Buyuk Karldan kapitulyariy deb atalgan ko‘plab buyruq va farmonlar qolgan. Bugungi kungacha uning 250 ta kapitulyariylari saqlanib qolgan10.
“Verden shartnomasi”siga asosan Franklar imperiyasi Lyudovik I Xudojo‘y (Buyuk Karlning o‘g‘li)ning o‘g‘illari Lotar I, Lyudovik II Nemis va Karl II Yaltiroqbosh (Kalbosh)lar o‘rtasida bo‘lib olingandan keyin, Lyudovik II Nemisga Sharqiy Frank qirolligi (keyinchalik bu hududda hozirgi Germaniya shakllandi) hududlari tegdi.
Muqaddas Rim imperiyasi (962–1806-yy.) tashkil topgandan keyin Germaniyada arxiv ishining o‘ziga xosligi uning siyosiy tarixi, xususan, uzoq vaqt siyosiy tarqoq bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Muqaddas Rim imperiyasi markazlashgan davlat bo‘lmagan. Imperiya markazlashgan boshqaruv apparatiga ham ega bo‘lmagan. Shuning uchun umumimperiya ahamiyatiga ega bo‘lgan katta arxivlar tashkil etishga shart-sharoit bo‘lmagan. Imperatorlarning shaxsiy hujjatlari sulolaviy arxivlar sifatida, ajdodlaridan meros bo‘lib kelayotgan qasr va saroylarda saqlangan.
Imperiyada markazlashgan arxiv tizimi joriy etilmagan bo‘lsa-da, umumdavlat doirasida juda ko‘plab hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, umumdavlat sulhlari (Zemskiy mir) bo‘lib, bu huquqiy hujjatlar o‘sha davr qonunchiligi, davlat boshqaruv tizimi, qirol hokimiyati bilan aholi o‘rtasidagi munosabatlar haqida ma’lumot beradi:
• 1103-yilda Genrix IV (1054–1105-yy.) tomonidan qabul qilingan umumdavlat sulhi;
• 1152-yilda Fridrix I Barbaross (1152–1190-yy.) tomonidan qabul qilingan umumdavlat sulhi;
• 1235-yilda Fridrix II (1197–1216-yy.) tomonidan qabul qilingan umumdavlat sulhi;
• 1495-yilda Maksimilian I (1486–1519-yy.) tomonidan qabul qilingan umumdavlat sulhi11.
Germaniyaning XII asrga oid yana bir muhim hujjati Vorms konkordati hisoblanadi. Shartnoma 1122-yil 23-sentyabrda Rim papasi Kalikst II va Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Genrix V o‘rtasida tuzilgan (1123-yil Birinchi Lateran soborida tasdiqlangan). Unga ko‘ra, papalik bilan imperiya o‘rtasida uzoq davom etgan investitura uchun kurash (XI asrning oxirgi choragi – XII asrning birinchi choragi) to‘xtatildi.
Muqaddas Rim imperiyasi muassasalarining arxivlari turli shaharlar bo‘ylab tarqalgan edi. Ulardan imperator sudi va imperiya kengashi arxivlari muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, bu muassasalarning hujjatlari ham bir joyda to‘planmagan, bir necha shaharlarning arxivlarida saqlangan. Shu tariqa imperiyadan katta arxiv merosi qolmagan. Shu bilan bir vaqtda Germaniya tarkibidagi katta-kichik davlatlarda o‘z arxivlari mavjud bo‘lgan. XVIII asrga kelganda nemis davlatlarida uch turdagi o‘ziga xos arxivlar shaklandi:

  • Sulolaviy arxivlarda yer egaligi va meros huquqi hujjatlari, sulola vakillari va oila-a’zolarining tug‘ilganlik, toj kiyish, nikoh va dafn marosimlari hujjatlari, oilaviy hamda siyosiy yozishmalar, saroy va saroy xizmatchilari ta’minoti, saroy xo‘jaligiga oid hamda shunga o‘xshash hujjatlar jamlangan. Ayrim hollarda barcha hujjatlar hukmdor qarorgohida yoki devonxonasida, ko‘p holatlarda esa alohida qasrlarda tarqoq holda saqlangan.

  • Davlat arxivlarida, ko‘proq tashqi ishlar bilan bog‘liq hujjatlar – boshqa davlatlar bilan shartnomalar, diplomatik yozishmalar va boshqa shunga o‘xshash hujjatlar saqlangan. Bu yerda ko‘pincha davlat qonunchiligiga tegishli materiallar ham saqlangan.

  • Ichki boshqaruv bo‘yicha arxivlarda zemstvo hujjatlari, ya’ni sohalar bo‘yicha davlat boshqaruv hujjatlari: qonunchilik, sud-huquq, moliya va hokazolar saqlangan. Bu materiallar kamdan-kam hollarda bir joyda to‘plangan, asosan, alohida muassasalarning o‘zida saqlangan12.

Birinchi va ikkinchi toifadagi arxivlar mamlakatning ichki va tashqi masalalariga oid bo‘lganligi sababli, ularning saqlanishi va himoya qilinishiga hukmdorlar alohida e’tibor qaratganlar. XVII–XVIII asrlarda imperatorlar arxivlarni tartibga solish va kataloglarini tuzish uchun kutubxona va arxiv ishi bo‘yicha tajribali shaxslarni yollaganlar. Hukmdorlarning topshirig‘iga binoan saroy tarixchilari mazkur materiallar asosida sulolalar tarixini yozganlar. Ichki va mahalliy boshqaruvga oid arxiv hujjatlari esa, qarovsiz, yomon sharoitlarda saqlangan va tarixchilar yoki boshqa soha vakillari tomonidan umuman foydalanilmagan.



Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling