Tarix fakulteti ism familiya
Download 79.22 Kb.
|
Amir Temur
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: KIRISH
- II-BOB DAVLAT RAHBARI AMIR TEMURNING SHAXSIYATI VA UNING O’ZBEKISTIN TARIXCHILIGIDA TUTGAN O’RNI
- XULOSA
- Mavzuning dolzarbligi
- Kurs ishi mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI ISM FAMILIYA Amir Temur davlatining boshqaruv tartiblari KURS ISHI QABUL QILDI: dots. A.A.ABDULLAYEV TOSHKENT-2023 Mundarija REJA: KIRISH………………………………………………………..3 I-BOB AMIR TEMUR NING SIYOSIY MAYDONGA KIRIB KELISHI, VUJUDGA KELISH TARIXI VA UNING SIYOSIY TIZIMI Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi……….5 Amir Temur davlatining vujudga kelishi va harbiy yurishlari…. Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi…………..…..12-14 II-BOB DAVLAT RAHBARI AMIR TEMURNING SHAXSIYATI VA UNING O’ZBEKISTIN TARIXCHILIGIDA TUTGAN O’RNI “Temur tuzuklari.” Amir Temur shaxsi va uning buyukligi… Amir Temur davrida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotning O’zbekiston tarixidagi o’rni…….………………….. XULOSA ………………………………………….36 FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………………………………………..39 Kirish Amir Temur bizning buyuk bobokalonimiz hisoblanadi.U ham xuddi ajdodlarimiz Muqanna,Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Tarobiy, Temur Maliklar kabi vatan ozodligi, yurt tinchligi uchun mo’g’ullarga qarshi kurashib, jasoratlar ko’rsatdi va mo’g’ullarni butunlay yurtimizdan quvib yubordi. Amir Temur o’zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan, davlatchiligimiz shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan Temuriylar davlatiga asos soldi va dunyoning o’sha vaqtdagi eng qudratli davlatlaridan biriga aylantira oldi. Mavzuning dolzarbligi: Amir Temur vatanimiz tarixida, o’zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat ko’rsatgan shaxs.Amir Temur jahon tarixida buyuk davlat arbobi, mashhur sarkarda sifatida e’tirof topgan yorqin siymodir.Afsuski, Amir Temur nomi sobiq mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida qoralanib, avlodlar nazaridan chetga surilib kelinadi.Istiqlol tufayli o’z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy haqiqatni qaror toptirish barobarida Amir Temur bobomizning nomini, nuroniy qiyofasini tiklash baxtiga muyassar bo’ldik. «Kabinetimda ozgina bo‘sh vaqtim bo‘lsa, kitob o‘qishga harakat qilaman. Savol tug‘iladi, biz nima uchun Amir Temur bobomizning mudofaa merosini ilmiy asoslar bilan o‘rganmaymiz? Sohibqironning To‘xtamishxon bilan jangini o‘qib chiqdim. Buyuk sarkardamiz qanday g‘alaba qozongani menga juda qiziq edi. To‘xtamish ham osonlikcha yutqazmagan ekan, bunda Amir Temur bobomizning yuksak harbiy taktika va strategiyasi, dovyurakligi ish bergan. O‘zimga ham yozvoldim, Amir Temur bobomiz jangda 7 ta usulni qo‘llagan ekan.To‘xtamishxon ham oddiy raqib bo‘lmagan, juda katta va mohir qo‘shini bo‘lgan. Bu jang taktikasini o‘rgandim va mutasaddilardan so‘radim: kimdir bizdan mana shu janglardagi strategiyani o‘rganganmi? Yo‘q, o‘rganmagan. Hammasiga topshiriq berdim — biz birinchi navbatda o‘zimizning bobolarimiz tarixini o‘rganishimiz kerak. Afsuski biz ko‘p yillar boshqalar tarixini, bizga aloqasi bo‘lmagan janglarni o‘rgandik.1 Amir Temurning Vatan, millat oldidagi buyuk xizmatlaridan biri – ajnabiy hukmdorlar tomonidan toptalgan milliy davlatchilik institutini qayta tiklab, qonun va adolat asosida yanada rivojlantirganligidadir.Amir Temurning milliy davlatchilik siyosati deganda uning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi idora tartiblari nazarda tutiladi. Istiqlol yillarida bu xususda juda ko’plab kitoblar, maqolalar yozilgan. Davlat qudratli bo’lmasa, betakror ma’naviy meros ham, obidalar ham, tarixiy yodgorliklar ham bo’lmasdi.O’zbekistonning bugungi mustaqilligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir.U davlat poydevorini qurgan. Davlatning huquqiy asoslarini yaratgan.Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kurs ishi mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Kurs ishi mavzusining adabiyotlar qismida asosan O’zbekiston tarixchilarining Amir Temur biografiyasi, hayoti va ijodi, davlat boshqaruvidagi o’rni haqidagi muhim nashr etilgan adabiyotlar va rasmiy saytlardagi Sohibqiron haqidagi fikr va mulohazalar Sh.M.Mirziyoyev ” Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Amir Temur o’gitlari” Akrom Aminov va Bo’riboy Ahmedov, Ibrohimov A. “Bizkim o’zbeklar : milliy davlatchiligimiz asoslari haqida mulohazalar”, Mirzo Ulug’bek “ To’rt ulus tarixi” – T.: Cho’lpon. 1993, Q.Ergashov. H.Hamidov. “O’zbekiston tarixi adabiyotlari orqali kengroq yoritiladi. Download 79.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling