Tarix fakulteti ism familiya
II-BOB DAVLAT RAHBARI AMIR TEMURNING SHAXSIYATI VA UNING O’ZBEKISTIN TARIXCHILIGIDA TUTGAN O’RNI
Download 79.22 Kb.
|
Amir Temur
II-BOB DAVLAT RAHBARI AMIR TEMURNING SHAXSIYATI VA UNING O’ZBEKISTIN TARIXCHILIGIDA TUTGAN O’RNI
2.1 “Temur tuzuklari.” Amir Temur shaxsi va uning buyukligi Rus olimi D.Logofet Temur davridagi tuzumga quyidagicha baho berib: “Yevropada Konstitutsiya haqida tushunchaga ham ega bo‘lishmagan bir davr- da ana shu Temur davlatida Konstitutsion qonunlar majmuasi mavjud bo‘lgan va amal qilgan”, deb yozgan edi. Olim Temur davlatidagi “Konstitutsion qo- nunlar majmuasi” deganda “Temur tuzuklari”ni nazarda tutgan edi. Amir Temur hayoti haqida ko‘plab mualliflar uning hayotlik davridan boshlab kitoblar yozib kelgan. U haqidagi manbalarni birlamchi va ikkilamchi manbalar sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Birlamchi manbalar sifatida uning hayotlik davrida va u bilan zamondosh mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarni keltirish mumkin. Ikkilamchi manbalar esa vafotidan ancha keyin yozilgan kitoblar hisoblanadi.18Sohibqiron Amir Temur tomonidan yozib qoldirilgan “Temur tuzuk- lari”ning bir qo‘lyozma nusxasi Yaman hokimi Ja’far podshoh tomonidan mil- liy kutubxonada saqlangan. Bu asarning fors tiliga tarjimasini Mir Abu Tolib Hasaniy at-Turbatiy amalga oshirgan. Tuzuklaming ana shu nusxasi XIX asr- ning oxirlarida rus tiliga tarjima qilingan va bugungi kungacha yetib kelgan. Asar butun dunyoga mashhur bo‘lib, ko‘p tillarga tarjima qilingan. Uning forscha tarjimasi ingliz mayori, professor Uayt tomonidan 1783-yilda Oks- fordda chop etilgan. Ushbu nashrning forscha matni hech o ‘zgarishsiz Kalkutta va Bombey shaharlarida, 1963-yilda Eronda nashr etilgan. Asar 1787-yilda fransuz sharqshunosi L. Lyangle tomonidan fransuz tiliga ham tarjima qilinib nashr etilgan. “Temur tuzuklari” ikki bo‘lim va 56 banddan iboratdir. Kitobda bo‘limlar maqola nomi bilan atalgan.“Tuzuklar”ning birinchi bo‘limida Temurning davlatni barpo etish va mus- tahkamlash, qo‘shinlarni tashkil etish yuzasidan tuzuklari bayon etilgan. Ikkinchi bo‘limida esa, Amir Temur tomonidan o ‘tkazilgan kengash tafsilotlari va ularda Sohibqironning amalga oshirgan tadbirlari bayon etilgan. Shuningdek, bu bo‘limda Amir Temur nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o ‘ziga xos vasiyat va pand-u nasihatlari ham berilgan.“ .. .Davlat agar din-u oyin asosida qurilmas ekan, to‘ra tuzukka bog‘lanmas ekan, - deb yozadi Amir Temur, - unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xshaydi, uni ko‘rgan kimsa nazarini olib qochadi. Yoxud kas-u nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o ‘xshaydi.Shuning uchun ham o‘z saltanatim binosini dini islom, to‘ra va tuzuk aso- sida mustahkamladim”.Amir Temur yana davom etib: “Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlami mam- lakatdan quvib chiqardim”1, - deb yozadi.Oliyjanob axloqiy fazilatlarni Amir Temur hazratlari ulug‘labgina qolmagan, balki bu fazilatlarning bajarilishini davlat hududida yashayotganfuqarolardan, hatto o‘z oila a’zolari tomonidan ham so‘zsiz bajarilishini talab qilgan.“Temur tuzuklari”da ishlab chiqilgan ayrim tamoyillarga e’tibor qaratamiz: Birinchidan, “men o ‘z saltanatim binosini dini islom va tuzuk asosida mustahkamladim”. Ikkinchidan, hayotda davlat ishlarini boshqarishda odillik, adolat va haqi- qatning ustuvorligini ta’minlash uchun kurashdim. Oddiy xalq manfaatlarini himoya qilish, jabrdiydalarga madadkor bo‘lish, ig‘vogar va tuhmatchilarga ishonmaslikka amal qildim... Adolat va insof bilan tangrining bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim... Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga rahmdillik qildim, sipohlarga in’omlar ulashdim. Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim... Buzuqi va og‘zi shaloq g‘iybatchi odamlarni majlisimga yo‘latmadim, so‘zlariga amal qilmadim. Biror kimsaga tuhmat-u g ‘iybat qilsalar, quloq solmadim. Uchinchidan, davlatni boshqarish, idora qilish ishlarini halol, nasl-nasabli, asil, vijdonli, aql-farosatli, xushmuomalali, sabr-toqatli kishilarga topshirdim. Amir Temur “Davlat arboblari bag‘ri keng, og‘ir, vazmin, odamlarga nisbatan kek saqlamaydigan, kechirimli va g ‘oyatda xushaxloqlilik fazilatlariga ega bo‘lishi kerak”, - deb hisoblar va bu fazilatlami juda-juda qadrlar edi: “Hech kimdan o ‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim”, degandi u. To‘rtinchidan, yuksak insoniy, axloqiy fazilatlarni ulug‘lash, noinsoniy, noaxloqiy va tubanlik ko‘rinishlariga qarshi shafqatsiz kurash. Amir Temur yozadiki, “...hozirgi damgacha o‘tgan sultonlaming qonunlarini va turish-tur- mushlarini donolardan so‘rab-surishtirdim. Har qaysilarining yo‘l-yo‘riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlarini, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi axloqlari, ma’qul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim”. “Temur tuzuklari”dagi pand-u nasihatlar Temuriy shahzodalarga bag‘ ishlab yozilgan bo‘lsa-da, bu tuzuklardagi davlat tutish ishlaridan sharq hukmdorlari, jumladan: Shoh Jahon, Buxoro amiri Abdullahadxon va Qo‘qon xoni Muhammad Alixon davlat ishlarini boshqarishda keng foydalanganlar.Sovetlar davrida Amir Temur va temuriylar davri qisqa qilib tarixda saqlangan bo‘lsa-da, bu davrning buyuk sardori Amir Temur bosqinchi, jallod, kallakesar shaxs sifatida tarixda gavdalantirildi. Bu davr tarixi ham boshqa davrlar tarixi singari bo‘yoqlar bilan bo‘yalib, butunlay boshqacha qiyofaga kiritildi va o ‘zbek xalqi tarixi soxtalashtirildi. Hatto, shu darajaga borib yetildiki, tarixdagi boshqa hukmdorlar qilgan xunrezliklarning ayrimlari Amir Temur nomi bilan bog‘landi. Ular bu buyuk shaxsning xalq, yurt va nihoyat jahon xalqlariga qilgan ulkan xizmatlarini berkitishgacha borib yetishdi.Chunki ular bu xalq bir paytlari o‘z yurtining dunyo miqyosida alohida o ‘ringa ega bo‘lganligini, shu yurt, shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda jahon ahlini lol qoldirganini, xorij davlat hukmdorlarining ko‘pchiligi o ‘zlariga qaratilgan xavfdan xalos bo‘lish uchun bu sarkardadan yordam so‘raganlarini va eng muhimi, bu xalq o ‘z o ‘tmishining buyuk ekanligini bilishlarini hech ham xohlamas edilar.Ular o‘tmishda buyuk qudratli davlat tuzib, dunyoni titratgan, dunyo sivi- lizatsiyasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib, jahonda bir emas, ikki marta uyg‘onish sodir etgan xalq hech qachon kimlarningdir zug‘umi, zulmi ostida yashashni istamasliklarini bilar edilar. Shu bois ham ular Amir Temurni jallod, kallakesar, bosqinchi sifatida gavdalantirib, tarix sahifalarini o‘zgartirgan edilar.O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi boy va qiziqarli tarixni haqqoniy va xolisona qayta tiklash imkoniyatini ham berdi. Biz nafaqat Amir Temur va temuriylar davri tarixini qayta tikladik, balki Amir Temur nomini oqlab, poklab, istiqlolning faxri, g ‘ururi sifatida qabul qildik. O‘zbekiston Prezidentining: “...davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz g ‘ayrat-shijoati, yuksak aql-zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo‘lib qolg‘usidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz”, - deb g ‘urur bilan aytgan so‘zlari ham buyuk Sohibqironning bugungi istiqlol uchun qanchalik qimmatliligini ko‘rsatadi19.Istiqlolning dastlabki yillari AmirTemur tavalludining 660 yilligini nishonlashdan boshlanganligini, 1996-yilni “Amir Temuryili” deb e’lon qilinganligi, bu to‘y nafaqat respublikada, hatto jahon miqyosida, YUNESKOning Parijdagi qarorgohida o ‘tkazilishi ham Amir Temurning buyuk shaxs bo‘lganligini anglatadi. Bu zotning buyuk shaxs bo‘lganligini nafaqat o ‘zbek xalqi, balki jahon ahli ham to‘liq bilishi lozim edi. Amir Temur o‘zining “Tarjimai hol” asarida yozishicha, hayoti davomida quyidagi 12 nasihatga to‘la rioya qilgan va ularni dastumlamal deb bilgan.Buni o ‘lim i oldidan farzandlariga qilgan quyidagi nasihati ham tasdiqlaydi. “O‘g ‘illarim, millatning rohati va saodatini saqlamoq uchun qoldirayotgan nasihat va tuzuklami yaxshi o ‘qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Aks holda o‘zaro nizolar vujudga kelgay, raiyat boshiga tashvish va nadomatlar ortib,mamlakat obodonligi barham topgay...” Yuqorida zikr etilgan 12 nasihat matni quyidagilardan iborat: 1. Bunday sifatlarning eng aw ali deb, men beg‘arazlikni hisobladim. Ham- maga ham men bir xil jiddiy va odil qarardim, hech kimni bir-biridan farq qil- masdim, boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymas edim. 2. Men har doim din aqidalariga qat’iy rioya qilardim va tangri taoloningamri bilan ulug‘langan shaxslarga hurmat bilan qarardim. 3. Men kambag‘allarga ko‘p ehson qildim: har bir mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar yaxshi hal qilishga butun jahdimni sarfladim. 4. Butun harakatimni umumiy foydaga qaratdim. Bunda birovga besabab ozor yetkazmadim va mendan yordam so‘rab kelganlarni ko‘kragidan itar- madim. Qur’ondagi parvardigoming amri bandalar uchun vojibdir, degan ma’nodagi barcha oyatlarni o‘zimga farz bilib, uqib oldim va umr bo‘yi bar- cha yumushlarimda ularga amal qildim. 5. Diniy masalalar bilan bog‘liq ishlarni men kundalik va dunyoviy ishlardan doimo yuqori qo‘yib keldim. 6. Men barcha so‘zlarimda haqiqatgo‘ylikka amal qildim: bu dunyo va u dunyo haqida eshitganlarimdagi haqiqatni yolg‘ondan ajrata bildim... har bir ishda adolat saqlashga va to‘g ‘ri yo‘l tutishga umr bo‘yi harakat qildim. 7. Men hech qachon bajara olmaydigan va’dani bermaganman. Bergan va’damni to‘liq bajarayotib, hech bir kimsaga nohaqlik bilan ziyon yetkazmadim. 8. Men o ‘zimni Ollohning yerdagi eng birinchi itoatkor bandasi, deb bildim va uning yoki payg‘ambarning amrisiz biror ishga qo‘l urmadim. Parvardigorning amrisizyerdayashayotgan xalqlarning birortasiga ziyon yetkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga ham birdek xayriyat qilishga intildim. Men hech qachon birovning mulkiga ega bo‘lishga intilmadim va shuningdek, hech qachon ko‘proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Men hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. 9. Men dinga har doim birdek qaradim. Tangrining amrini va payg‘ambar hadislarida aytganlarini to‘la ado etishga intildim. Men barcha qilmishlarimda shariat yo‘sinlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o‘zimni tiydim. Payg‘ambami va uning maslakdoshlarini o ‘zimning yagona va eng yaxshi do‘stlarim deb bildim. 10. Men islom bayrog‘ini baralla ko‘tardim va iymon tarqatishni o‘z buyukligimning qudrati deb bildim. Men iymon bilan qudrat bir onadan tug‘ilgan deb eshitganman. Shuning uchun mustahkam iymonga tayangan qudrat buyuk bo’ladur. 11.Men doimo sayyidlarga ehtirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e’zozlardim. Bu kishilar, har doim mening majlisimda ishtirok etardilar. Ularning din masalalari yuzasidan aytganlarini men diqqat bilan tinglab olardim va aniq bajarardim. Shuning uchun menga nisbatan xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdor edi. 12.Men o‘zimning ikromiyatim va rahmdilligim tufayli kishilarning eng past tabaqalarining ham, hatto gadoylarning ham rahmatiga sazovor bo‘ldim. Men butun jahdim bilan bu tabaqadagi kishilarning ahvolini osonlashtirishga harakat qildim.Eshitganmanki, podshohlarning shuhrati ularning o ‘z fuqarolariga rahm- dilligidadir20. Eshitganmanki, xudo biror kimsani ulugMash bilan rahmat ato etgan boiadi. Tangrining bunday rahmatiga erishgan kishi esa odil va rahmdil bo’lishi kerak. Men saltanat taxtiga o ‘tirishim bilan shu qoidalarga doimo amal qildim va bu sihatlarni o‘zlashtirib oldim, - deb ta’kidlangan edi ushbu nasihatlarda. Buyuk Sohibqironning boshqa hukmdorlardan farqli jihati shunda ediki, u harbiy yurishlarida ham vayronagarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilgan, hatto o‘z qo‘l ostiga o‘tgan hududlarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan. Urushlar tufayli ishdan chiqqan xalq xo‘jaligini tiklashni, vayronagarchilikka chek qo‘yishni, xalq chekkan aziyatlarni davolashni, garchand u g‘olib kelgan bo‘lsada, o‘zining muqaddas burchi deb tushungan va unga to‘laligicha amal qilgan. Hazrat Sohibqironning “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o ‘n g ‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim”, - degan so‘zlari bejiz aytilmagan, albatta.Amir Temur Xurosonga yurish chog‘ida (1381-yil) Murg‘ob vodiysida to‘xtab, qo‘shinlarga ushbu daryodan ariqlar chiqarishni buyuradi. 21Qazilgan 16 ta ariq shu atrofdagi xalqlarga obi-hayot olib keladi. Rumga yurish oldidan (1401) Qorabog‘da qishlab turgan chog‘ida esa, bir oyga yaqin muddat ichida Aras (Araks) daryosidan suv oladigan ariq qazdiradi. Barlos nomli bu ariq 80 km uzunlikda b o iib , unda kemalar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgan.1403-yilda mo‘g‘ullar istilosi davrida vayron etilgan Boylakon shahrini ham qayta tiklaydi. Hatto urush tufayli vayronaga aylangan, sharqning, islom dunyosining markazlaridan biri Bag‘dod shahrini qayta tiklab, bir yil ichida shahar avvalgi qiyofasiga keltirilgan edi. 0 ‘z harbiy faoliyatida zo‘ravonlik qilish, boshqa mamlakatlarni bosib olish, odamlarga berahmlik bilan ular boshida qamchi o ‘ynatish maqsadini qo‘ygan emas. Uning harbiy siyosati davlatni boshqarishning boshqa sohalari singari asosan adolatga va bunyod- korlikka qaratilgan edi.Ba’zi mamlakatlarda adolat poymol etilgan, hukmdoming xalqqa jabr-zulmi kuchaygan hollar ham Amir Temurni shu mamlakat hukmdorlariga qarshi yurish boshlashiga majbur etgan. Bunday qilish, o‘sha mamlakatlarda adolat o‘rnatib, xalq manfaatiga yo‘l ochishlik uning amal qilgan g ‘oyasi hisoblangan. Bu xususda “Tuzuklar”da quyidagilami o‘qiymiz: “Biror mamlakatda jabr-zulm va fisq-u fasod kuchayib ketarkan, asl podshohlar adolat o‘rnatish, fisq-u fasodni, zulmni yo‘qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim. Tangri taolo shu niyatning sharofati bilan mamlakatni zolimning qo‘lidan tortib olib, odil (podshoh)ga topshiradi”.Amir Temur o ‘z rejalarini amalga oshirish uchun urushlarsiz,qon to‘kishlarsiz harakat tarafdori edi. Besabab biror yurtga qilich ko‘tarib bormagan, imkon qadar munosabatlarni diplomatik yo‘llar bilan hal etishga harakat qilgan. Munosabatlarni tinch yo‘l bilan, diplomatiya usuli bilan hal etishni istamagan raqibga qarshi urush qilishga majbur bo‘lgan. Bu xususda hazrat Sohibqiron hayotidagi harbiy yurishlarining sabablarini quyidagi ayrim misollar orqali ham bilib olish mumkin.Amir Temur Misr hukmdori az-Zohir Sayfiddin Barquq (1390-1399) bilan diplomatik aloqalar o ‘matish borasida bir necha bor yozishmalar qilgan. Mana shunday bir sharoitda Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf (1389 - 1420) Amir Temur tomonidan Arzirun (Turkiyaning shimoli-sharqida joylashgan) shahri yaqinidagi Avnik qal’asiga hukmdor qilib qo‘yilgan Otlamish qovchinni jang- da asir olib, uni Misr sultoni saroyiga jo ‘natib yuboradi. Temur Barquqga uni qaytarish borasida 20 dan ortiq xat yuboradi. Xatlarga qo‘rslik bilan javoblar qaytaribgina qolmay, balki Temuming elchilari jazoga tortiladi. Buning usti- ga Barquq Temur dushmani To‘xtamish bilan ittifoq ham tuzadi. Bu xabarlar Temurni bu davlatga qarshi umsh ochishiga majbur etadi.Amir Temuming Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1 3 8 9 -1 4 0 2 ) bilan to‘qnashuvi ham ana shunday sabablar tufayli sodir bo‘ldi. Iroqi arab hokimi va Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf Amir Temurdan yengilgach, qochib borib, Usmoniylar saroyidan panoh topdilar. Amir Temur va Boyazid o‘rtasida elchilar qatnab, maktublar almashindi. Maktublarda Amir Temur Iroqi arab va Ozarbayjon hukmdorlarini qaroqchilik va yo‘lto‘sarlikda ayblab, ulami tutib berish yoki mamlakatdan badarg‘a etishni Boyaziddan talab qilgan. Boyazid esa bu talabni kamsituv sifatida qabul qilib, Temurga o ‘ta qo‘rs ohangda javob yo’llagan. Bundan tashqari, To‘xtamish bilan ham ittifoq tuzgan. Bu holatlar ikki o‘rtada urushni keltirib chiqargan va 1402-yilda Anqara jangi bilan yakunlangan.Sohibqironning Hindistonga yurishi ham Hind hukmdorlarining mamlakat aholisiga va musulmonlarga nisbatan g‘ayriqonuniy siyosatiga, ulaming talonchiligi va Temur davlatiga xavfini yo‘qotish sababli edi. Bu haqda Sohibqironning Sherozda hukmdor bo‘lib turgan nabirasi Pirmuhammadga yozgan xatidan ham bilish mumkin. Bu xatda ushbu sabab haqida shunday yoziladi:”...Bizning ulug‘ xotiramizga yetkazilgan xabarlarga qaraganda marhum sulton Feruzshoh ...vafot etgach, zarharit ko‘llari Dehli va Islom diyoriga taalluqli boshqa joylami uning farzandlariga bermasdan, g ‘oratgarlik va talon- tarojni o‘zlariga shior qilib, tojirlaming kelishib-ketishi eshiklarini berkitib, qaroqchilikni chunon avj oldiribdilarki, xarobgarchilik qilish imkoni bo‘lgan biror daqiqani bekor o‘tkazmas ekanlar”22 .Amir Temurning buyuk davlat arbobi ekanligi yana shunda ko‘rinadiki, u o‘z saltanatiga qo‘shib olgan mamlakatlarni idora etish uchun tayinlanadigan kishilarga qo‘yiladigan talablar tizimini ham ishlab chiqqan edi. Bunday rahbarlar Sohibqiron talabiga ko‘ra quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishlari lozim bo‘lgan: 1. Oliyjanob tabiatli va ruhiy holatining ko‘tarinkiligi. 2. Nozik aql va ziyraklik. 3. Yuksak malaka hamda xalq va qo‘shinlarga murojaat qila bilish. 4. Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelmoq. Bu qoida va talablar hokimiyatni idora etishda va uni mustahkamlashda muhim o ‘rinni egallagan.Amir Temuming davlat yuritish ishlarini o‘ta pishiqligini uning “Barcha ishlarimning to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirdim”, deb aytgan ibratomuz so‘zlaridan ham bilib olish mumkin.Amir Temur o ‘z hayoti va faoliyati davomida shunday buyuk xizmatlar qildiki, uni dunyo xalqlari bugungacha yodda saqlaydilar. Uning O‘rta Osiyo tarixi va jahon tarixidagi o ‘rni va roli beqiyosdir. Download 79.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling