Tarix fakulteti ism familiya
Download 79.22 Kb.
|
Amir Temur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi mavzusining vazifalari
- Kurs ishining hajmi
Kurs ishining obyekti: Amir Temur davlati davridagi boshqaruv tizimi va bu siyosiy boshqaruvdan kelib chiqqan holda xalqning siyosiy, madaniy, ijtimoiy axvoli haqidagi ma’lumotlar
Kurs ishi mavzusining predmeti: Sohibqiron Amir Temurning siyosiy tizimga kirib kelishini “Amir Temur tuzuklari” manbasi asosida tahlil qilish va O’zbekiston tarixchiligidagi ahamiyatining o’rganilishi Kurs ishi mavzusining vazifalari: Amir Temur boshqaruvigacha bo’lgan davr holati va unga Amir Temur kirib kelish shart sharoitlari haqida qisqacha tavsif Siyosiy maqomga ega bo’lgan davlat boshqaruvchisining keyingi qadamlari va olib brogan yurishlari haqida yoritib borish Urush olib borilayotgan bir paytda elchilar, chet el vakillari, davlat rahbarlari bilan olib borilgan aloqalar tahlili Amir Temurning dastlabki shaxs sifatida rivojlanish tarixini olimlarimiz mashhur va ishonchli kitoblari asosida ma’lumotlar berish Davlat boshqaruv tizimidagi siyosatning aholiga ta’siri va O’zbekiston tarixchiligida buning o’rni haqida tahlil qilish va m’lumotlar berish Kurs ishining hajmi. Kurs ishi kirish, 2ta bob, 5 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, Kurs ishi umumiy 47 betni tashkil etadi. I-BOB AMIR TEMUR NING SIYOSIY MAYDONGA KIRIB KELISHI, VUJUDGA KELISH TARIXI VA UNING SIYOSIY TIZIMI Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi Mo‘g ‘ullar hukmronligi davrida xalq azob chekdi, xo‘rlandi, talandi. Chig‘atoy xonlari bilan mahalliy aholi, zodagonlar o‘rtasida ziddiyat tobora keskinlashdi. Bu ziddiyatlar natijasida Chig‘atoy ulusi bo‘linib ketdi va bu bo‘lingan davlatlar o‘rtasida o‘zaro kurash avj olib, mo‘g ‘ul xonlarining Movarounnahrga hujumlari ko‘paydi. Bunday vaziyat mamlakatdan, xalq orasidan kuchli, bilimli, irodali, vatanparvar, elparvar bir shaxsning chiqishini, bu shaxs yurtni ozod etib, uni birlashtirib, xalqni taraqqiyot sari yetaklovchilik rolini bajarishini taqozo etayotgan edi. XX asming 60-yillari oxirida 0 ‘zbekistonning taniqli faylasuf olimi Ibrohim Mo‘minov “Amir Temuming O‘rta Osiyo tarixida tutgan o’rni” nomli risola yozib, Temurning shu yurtga va xalq uchun qilgan xizmatlariga yuksak baho bergan edi. Buning uchun o‘sha davrdagi hukmron hukumat muallif- ning keyingi hayotiga ham,chop etilgan risolaning tarqalishiga ham ma’lum to‘siqlar qo‘ygani rost2. “Chig‘atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklaming vahshiyona ezishi, mo‘g ‘ul xonlari, Oltin 0 ‘rda beklarining Movarounnahrdagi to‘xtovsiz bosqinchilik yurishlaridan azob chekkan, xonavayron bo‘lgan, 150 yil mobaynida chet el hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda, uning lashkarboshiligida ravshan ko‘rinadi”, deb yozgan edi Ibrohim Mo‘minov.3 Amir Temur 1336-yil 9-aprelda (hijriy 736, sha’bon oyining 25-kunida) Keshga qarashli Xo‘ja Ilg‘or (hozirgi Yakkabog‘ tumani markazidan 2-3 km uzoqlikda, Toshkent-Kitob poyezdi o‘tadigan temir yo‘lyaqinida) qishlog‘ida barlos beklaridan Amir Tarag‘ay ibn Barqal oilasida dunyoga keldi. Onasi Takina Mohbegim - Buxoro shariat qonunlari sharhlovchisining qizi bo‘lgan.Amir Temur shaxsiyati shakllanishi va kamolot darajasiga yetib borishida uning otasi Tarag‘ay Bahodir, birinchi ustozlari va ma’naviy murshidlari asosiy rol o ‘ynaganlar. Manbalarda ta’kidlanishicha, uning birinchi o‘qituvchisi Mulla Alibek va undan keyingi birinchi ustozi Shayx Shamsiddinlar bo‘lgan. Temur ulardan boshlang‘ich ilm, ayni holda harbiy fanlar va taktikalarni o‘rganish bilan shug‘ullanib, o ‘z oliy iste’dodi bilan o‘qituvchi va ustozini hayratda qoldirgan hamda “Qur’oni Karim”ni hifz etgan. Kunlardan bir kun Temurning birinchi ustozi Shayx Shamsiddin Tarag‘ay Bahodir (Temurning otasi) bilan bir guruh shahar olim va ruhoniylarini chaqirib, ular huzurida Temurdan imtihon oladi. Temur barcha savollarga javob qaytarib, uchta suradan so‘ralgan oyatlami yoddan “Tajvid” (Qur’on oyatlarini to‘g‘ri o‘qish qoidalari)ga muvofiq o‘qib hammani qoyil qoldiradi. Ana shu manbalarga ko‘ra, ular Temurga “Hofiz ul-Qur’on” nomini beradi va ustozi uni iste’dodlariga teng keladigan boshqa bir ustozga topshirishni tavsiya etadi.Bu tavsiyadan so‘ng Tarag‘ay Bahodir o ‘g ‘li Temurni mashhur mudarris Abdulla Qutb madrasasiga yuboradi. U mudarris orif va olim kishi b o’lib , sha- har a’yonlarining farzandlari undan dars olar edi. Temur bu yerda fiqh va huquq ilmini chuqur egallab, asosiy fanlar boshlangich usullarini o‘zlashtirib oladi. Mudarris Abdulla Qutb maktub bilan Temumi Samarqandga mashhur so‘fi va orif Shamsiddin Kulolga taqdim etadi. Kulol uning ilmi va iste’dodidan xabar topib, o ‘z q o iin i Temur boshiga qo‘yib, yuziga diqqat bilan qarab majlis ahliga “Men ushbu yigitning manglayida ulug‘ nur ko‘raman. U boshqa hech kim yetishmagan yuksak maqomga yetib boradi. Sizlar o ‘zlaringiz uning olamgirligi va yetti iqlim podshohi boiganining guvohi boiursizlar”, deb bashorat qilgan ekan4.Yosh Temur zamonasining barcha fanlariga qiziqib, o‘z murshidi rahbarligida turli tariqatlar taiim oti bilan oshno bo’ ma’naviyat ummoniga sho‘ng‘iydi. Qur’on oyatlarining tub mohiyatiga yetib borishga urinadi. 5Unda oyatlarni avvaldan oxiriga qarab va oxiridan aw aiiga qarab o‘qish ajoyib malakasi borligi ko‘rinadi. U mashhur orif Shayx Mahmud Shabistariyning “Gulshani roz” nomli kitobini qunt bilan o ‘qib, uning irfoniy g‘oyalaridan g‘oyat ta’sirlanadi. Hokimiyatga erishib, Ozarbayjonni tasarruf qilgach, Mahmud Shabistariy vatani - Shabistar aholisini ardoqlab, ularning har biriga besh misqoldan, hammasi bo‘lib 18500 (o‘n sakkiz ming besh yuz) misqol oltin bag‘ishlaydi.Amir Temur yoshligidanoq harbiy o‘yinlarni yaxshi ko‘rgan. Bunga o‘zining tengqurlarini ham jalb qilgan. 16-17 yoshligida qilichbozlik, nayzabozlik va, ayniqsa, ov bilan astoydil qiziqadi. 20 yoshida chavandozlik bilan shug‘ullangan va tengqurlarini ikki guruhga b o iib , jang mashqlarini bajargan, ularga mahorat bilan rahbarlik qilgan. Amir Temur jiddiy fikrlashga odatlangan edi. Bu haqda u shunday eslaydi: “Men 10 yoshimda o‘zimda favqulodda hukmronlik va ulug’lik alomatlarini his qildim. O‘z oldimga keluvchi har bir kishini sezilarli darajada g ‘urur va layoqat bilan qabul qildim”6 Bundan tashqari, u Movarounnahr feodallarining o ‘zaro urushlarida qatnashib, asta-sekin atrofiga yaxshi qurollangan otliq askarlardan kichik lashkar to‘play boshlagan. Mamlakatda hali Chig‘atoy avlodlari hukmronligi davom etayotgan XIV asrning 60-yillarida u siyosat maydoniga kirib keldi. 1346-yili Chig‘atoy xoni Qozonxon amir Qozog‘on tomonidan oidiriladi, 1358-yilda amir Qozog‘on ham oidiriladi, natijada ulus 10 ga yaqin bekliklarga bo’linib ketadi. Xorazmda so‘fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloyirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayyidlar hukmronligi boshlanadi va ularning beklari o‘rtasida o‘zaro urush, janjallar ko‘payib boradi. Buning ustiga yurtdagi ahvol mana shunday bir paytda mo‘g ‘ullar Movarounnahrdagi mavqelarini qayta tiklashga harakat boshlagan edi. 1360-yilda Tugluq Temur (Chig‘atoy nabirasi, Duvoxonning o‘g‘li, Eminxo‘janing farzandi) ning, 1365-yilda Tugiuq Temur o ‘g ii Ilyosxo‘janing Movarounnahrga katta qo‘shin bilan yurishlari bunga misol boladi. Mana shunday yurishlarda Amir Temur vaziyatga qarab ish tutgan.1362-yilda Amir Temur hayotida bir voqea ro‘y berib, Seyistonda bo‘lg an jangda uning tanasiga bir umrlik jarohat muhrlandi. Amir Temur aynan shu jangda o ‘ng qoiining tirsagidan va o ‘ng oyogiga kamon o ‘qi tegishidan qattiq jarohatlandi. U Tugluq Temur xizmatiga kirib, zimdan o ‘z maqsadlari izmidan borgan b o isa, Ilyosxo‘ja bilan ochiq jang maydonida uchrashgan. Tugluq Temur Amir Temurning sadoqatli xizmatlarini baholab, uni Movarounnahr boshqaruvchisi qilib qo‘ygan bo‘lsa, Ilyosxo‘ja uni butunlay yo‘q qilishni maqsad qilgan edi. Shu bois, Amir Temur Ilyosxo‘ja kuchlariga qarshi kurash boshlaydi. Balxda turib Termiz va uning atroflarida mo‘g ‘ullarning talonchilik qilayotganini eshitgach, yiqqan qo‘shini dushman qo‘shinidan10 barobar kam bo‘lishiga qaramay, Ilyosxo‘ja yuborgan qo‘shinga qarshi urush ochadi. Bu urush 1363-yilda Jayhun daryosining chap sohilidagi Qunduz shahri yonida bo‘lib o‘tadi. Bu jangda Amir Temur kam qo‘shin bilan dushman qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratib, o‘zining buyuk sarkardalik mahoratini ko‘rsatadi.7 Download 79.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling