1-mavzu: O‘rta asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada arxivlar Reja


Download 149.5 Kb.
bet6/12
Sana09.04.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1345851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu. O‘rta asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada arxivlar

Kontrreformatsiya – (lot. contra “qarshi” + Reformatio “Reformatsiya”) – XVI–XVII asrlarda Yevropada katoliklarning reformatsiyaga qarshi va Rim-katolik cherkovining mavqeini tiklash maqsadida olib borgan diniy-siyosiy harakati.
Legistlar – (lot. lex – “qonun”) – qirol maslahatchisi lavozimini egallagan huquqshunoslar va qonunshunoslar. Ular Rim huquqini ishlab chiqqanlar va joriy qilganlar.
Magistr offis – (lot. magister officiorum) – Rim imperiyasining so‘nggi davrlarida oliy fuqarolik mansabi. Saroy ma’muriyati uning boshqaruvida bo‘lgan (jumladan, u saroy xizmatchilari jinoyatlarini sud qilish huquqiga ega bo‘lgan). Unga imperiya devonxonasi (kanselyariyasi), maxfiy xizmat va imperatorning shaxsiy qo‘riqchiligi bo‘ysungan. Bundan tashqari, elchilik qabullarini va tarjimonlarni boshqargan.
Manuskript – (lot. manus – “qo‘l” va scribo – “yozaman”) – qadimgi yoki o‘rta asr qo‘lyozmasi, qo‘lyozma o‘rami.
Oldermen – yoki alderman (ingl. alderman – sarkor, oqsoqol, boshliq) – Angliyada munitsipal kengash a’zosi; ayrim joylarda – kichik fuqarolik ishlari bo‘yicha mahalliy munitsipal sudya.
O‘ramlar kapellasi – 1377-yilda Tauer qal’asining Ueykfild minorasida hujjat nusxa (dublikat)larini saqlash uchun ajratilgan maxsus joy, arxiv.
Pragmatik sanktsiya – (lot. Sanctio Pragmatica; nem. Pragmatische Sanktion) – 1549-yilda Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Karl V tomonidan imperiya 17 provintsiyalarini qayta tuzish va ma’muriy bo‘linishni markazlashtirish borasida qabul qilingan qonun; 1713-yil 19-aprelda Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Karl VI tomonidan qabul qilingan taxt merosi to‘g‘risidagi qonun.
Pomestye haqida kapitulyariy” yoki “Shahar kapitulyariysi” – (lot. Capitulare de villis) – taxm. 800-yilda Buyuk Karl tomonidan qirol yer-mulklarini boshqarish to‘g‘risida ishlab chiqilgan farmon. Lotin tilida yozilgan. Farmon o‘sha davrdagi yirik feodal yer egaligi tashkil etilishi, dehqon (krestyanlik)ning asosiy turlari, erkin kishilarni qaramlikka tortish va ekspluatatsiya shakllari haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Ratifikatsiya – (lot. ratus – “tasdiqlangan”, fasio – “qilaman”, ya’ni “tasdiqlayman”) – ahdlashuvchi davlatlarning vakillari tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomani davlatning oliy hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanishi.
Resepsiya – (lot. receptio – qabul qilingan) – boshqalarning tarixiy, ijtimoiy yoki madaniy an’analarini o‘zlashtirish. Rim huquqini resepsiya (o‘zlashtirish, qabul qilish) qilish – Rim huquqi normalarini boshqa davlatlar tomonidan keyingi davrlarda foydalanilishi.
Skriptoriy – (lot. scriptorium “scriptor” so‘zidan – mirza, kotib, ko‘chirib yozuvchi, nusxa ko‘chiruvchi) – asosan, monastirlarda qo‘lyozmalarni ko‘chiradigan ustaxona. Birinchi skriptoriylar VI–VII asrlarda Italiyaning janubida, Fransiya, Irlandiya Ispaniyada paydo bo‘lgan.
Strasburg qasami” – 842-yil 14-fevralda tuzilgan. G‘arbiy franklar qiroli Karl II Yaltiroqbosh (Kalbosh)ning akasi – Sharqiy franklar qiroli Lyudovik II Nemis bilan katta akalari Lotarga qarshi kurashish to‘g‘risidagi shartnoma, qasamyod.
Tauer qal’asi – (ingl. Tower of London) Temza daryosining shimoliy qirg‘og‘ida qurilgan qal’a, Angliyaning eng qadimgi inshootlaridan va B.Britaniyaning asosiy timsollaridan biri.

Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling