Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va
ko'nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqini o'stirish funksiyasi. Nazorat
natijasida talabalarda o'z bilim, iqtidor va ko'nikmalarini yanada takomillashtirish
ehtiyoji uyg'onadi.
Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xususiyatlari shakl-lantiriladi va,
eng asosiysi, rivojlantiriladi. Rivojlanish-aqliy va jis-moniy faoliyatning birligida
ko'proq namoyon boiadi.
Nazorat jarayonida talabalar o'z bilimlarini mustahkamlay-di. O'quv materiali
yanada chuqur o'zlashtiriladi, hodisalar o'rtasida yangi bog'lanishlar o'rnatiladi, shu
bilan aqliy faoliyat yanada tako-millashadi.
Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik
ijobiy xislatlari shakllanib bormog'i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |